Xitoy maqollari
– Daraxt qanchalik yuksak bo’lsa bo’lsin, baribir yaproqlari yana yerga to’kiladi.
– Boshqalarga ta’na qilgandek o’zingga ta’na qil, o’zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir.
– Muvaffaqiyatsizlik insonga ko’p narsalar o’rgatadi.
– Bir onlik g’azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan.
– Tog’larga chiqmagan, uzoqlarni ko’rolmas.
– Biron narsa sotib olsang quloq bilan emas, ko’z bilan ish tut.
Nemis maqollari
– Yiqilmoq ayb emas, yiqilib qolmoq ayb.
– Ko’zlar o’zlariga, quloqlar boshqalarga ishonadilar.
– Qadah ichiga dengizga g’arq bo’lganlardan ko’p kishi g’arq bo’ladi.
Amerika maqollari
– Oltin olov bilan, ayol oltin bilan, erkak ayol bilan imtihon qilinadi.
– Birlashish boshlanishdir, birlikka erishish taraqqiyotdir, birlikda ishlash muvaffaqiyatdir.
– Jasur odamning boqishi qo’rqoqning qilichidan ko’proq dushmanni titratadi.
– Qiyinchilik seni qiynaguncha, sen qiyinchilikni qiyna.
Arab maqollari
– Aybiga iqror bo’lganni avf et.
– Yigit urushda, do’st dardda, komil inson g’azabi kelganda ma’lum bo’ladi.
Alban maqoli
– Qarz berarkansan, yo pulni, yo do’stni yo’qotasan.
Avstraliya maqoli
– Ishq bilan aksirish hech qachon yashirilmaydi.
Belgiya maqoli
– Haqiqiy sevgi ayriliqda unutilmas.
Boliviya maqoli
– Sevish kamon chalish kabidir, bilmagan yomon kuylar chiqaradi.
Bolgar maqollari
– Ko’kdagi yulduzlarni emas, yerdagi suruvlarni ko’proq sana.
– Kular yuz oltin kalitga o’xshaydi.
Daniya maqollari
– Kichik baliq o’lgunga qadar katta baliq bo’lishni umid qiladi.
– Kar er bilan ko’r xotin baxtli juft bo’ladi.
– Va’dalar mamlakatida inson ochlikdan o’ladi.
Fransuz maqollari
– Fursati kelmaguncha iste’dodlar oz ishga yaraydi.
– Har aqlsizga hayron bo’lish bilan boshqa bir aqlsiz maydonga chiqadi.
– Ideallar yulduzlar kabidir, ularni tutib bo’lmaydi, ammo qorong’i kechalarda yo’limizga ular rahbarlik qiladilar.
– Otalar tabiat yaratgan bankirlardir.
– Toza vijdon kabi yumshoq yostiq yo’qdir.
Hind maqollari
– Boshqalardan ustun bo’lishimiz muhim emas. Asl muhim bo’lgan narsa, kechagi holimizdan ustunligimizdir.
– Do’stingini tez-tez ziyorat eting, chunki ustida yurilmagan yo’llar tikan va butalar bilan qoplanadi.
– Quvvatiga ishonib zaiflarni xor qilganning quvvati boshiga balo bo’ladi.
Gollandiya maqollari
– Bir marta uylanish vazifa, ikkinchi marta uylanish ko’ngil ochish, uchinchisi azobdir.
– Bir umr eshakka minishdan bir yil otga minish yaxshidir.
– Yotoqqa yotish bilan muammolar kiyimda qoladi.
Irlandiya maqoli
– Odam eng ko’p sevgilishini, eng yaxshi shaklda oilasini, eng uzun muddat onasini sevadi.
Ingliz maqollari
– O’ylamasdan gapirish, nishonga olmay o’q otishga o’xshaydi.
– Telbalar aqllilarning yetti yilda javob berolmagan savollarini bir kunda so’raydilar.
– Shuhrat qobiliyatning soyasidir.
Ispan maqoli
– It bilan yotgan burga bilan uyg’onadi.
Shotland maqoli
– Insonlar yashab qaridik deydilar, holbuki yashamasdan qariydilar.
Shved maqollari
– Yoshning go’zal yuzi bor, qarining go’zal ruhi bor.
– Eski sevgi zanglamaydi.
Italyan maqollari
– Tinglashdan aql, gapirishdan pushaymonlik tug’iladi.
– Buyuk dardlar sassizdir.
Yamayka maqoli
– Kichik foydalar boylik keltiradi.
Yapon maqollari
– Birinchi rafiqani senga xudo, ikkinchisini insonlar, uchinchisini shayton jo’natadi.
– Ko’r bir tilanchi ham gullarning hidini sezadi.
– Uch marta ko’chish bir yangiga badaldir.
Kanada maqoli
– Aprel yomg’ri may gulini ochirar.
Keniya maqoli
– Bir yolg’on qanchalik tezkor bo’lsa bo’lsin, haqiqat uni ortda qoldiradi.
Kolumbiya maqoli
– Eski ishqlar yonib, so’ngan ko’mir kabi tez g’oyat tez olov oladi.
Kongo maqoli
– Ayol soya kabidir. O’zini ta’qib etgandan qochadi, undan ketganning orqasidan chopadi.
Venger maqoli
– Tutqunlik tugagan joyda baxtiyorlik boshlanadi.
Misr maqoli
– Ishqning dardi uzum kabi totlidir.
Mo’g’ul maqoli
– Insonni tashi bilan kutib olinadi, ichi bilan kuzatiladi.
Niger maqollari
– Kichik g’amlar gapiradilar, katta dardlar tilsizdir.
– Uyingda halovatda bo’lishni istasang, oilangni butun qil.
Peru maqoli
– Erkak yoshini yashirib, ayol esa yashirmay qo’ygan paytda qarishni boshlaydi.
Rumin maqoli
– Kimdir sizni bir marta aldasa ayb unda. Ikkinchi marta aldansangiz, ayb sizdadir.
Rus maqollari
– Insonni kiyimiga qarab kutib oladilar, bilimiga qarab hurmat qiladilar.
– Tulki tushida tovuq ko’rarkan.
Chili maqoli
– Go’zallik tabiatning ayollarga bergan ilk hadiyasi, ayni paytda qaytarib olgan ilk narsasidir.
Tayland maqoli
– Uylanish bir qal’a kabidir. Tashqaridagilar unga kirish uchun, ichkaridagilar undan chiqish uchun urinadilar.
Tibet maqoli
– Qanchalik oz yuksakda uchsang, tushganingda shu qadar oz ranjiysan.
Venesuela maqollari
– Ayollar kulgilari kelganda kuladilar, lekin istagan paytda yig’lay oladilar.
– Baxt hammaning hayotida bir marta bo’ladi.
Yugoslav maqoli
– Bir shaklda tug’ilib, ming bir shaklda o’lamiz.
Yunon maqollari
– Och qolmagan inson nonning qadrini bilmas.
– Jahannamga olib boradigan yo’lda yurish osondir.
– Birovning haqi yeyilsa ham, hazm bo’lmaydi.
– Hamir qilishni hohlamagan besh kun un elarmish.
– Oq soch aqlning emas, qarilikning ishorasidir.
AbdulAziz tarjima qildi.