Dardi bedavo

Aziz Nesinning “Dardi bedavo”, “Dengiz oyoq ostida” va “Chegara ustidagi uy” hikoyalarini o’qib chiqdim.
Mashhur turk adibi Aziz Nesinni bilmagan adabiyot muxlisi bo’lmasa kerak. O’z umri davomida 110 dan ortiq kitob yozgan Nesinning birqancha asarlari o’zbek tiliga ham tarjima qilingan. Ayniqsa, uning achchiq kulgiga boy hajviy hikoyalari kitobxonlarga juda ma’qul keladi. Quyidagi hikoyalar ham mana shunday jamiyat muammolari kulgi asosida haqqoniy yoritigan asarlardandir.

“Dardi bedavo” muallif tilidan hikoya qilinadi. Judayam xasis va qurumsoq bo’lgan tog’amning shuncha puli borligini kasal bo’lganda bildim, deya boshlanadi hikoya. Bosh qahramonning qorni buralib og’rib, rosa dard chekadi. Uni shaharning mana man degan doktorlariga ko’rsatishadi. Ulardan biri bu oshqozon dardi ekanligini, uni tezda operatsiya qilib davolasa bo’lmasligini aytadi va ishga kirishadi. Oshqozonni ochgan esa top-toza me’daga ko’zi tushib hayron bo’ladi. Pulni harom qilmaslik uchun baribir nimadir qilish kerak. Dono doktor bemor oshqozonidan me’daning yarminini kesib tashlaydi. Operatsiyadan keyin qahramonimizning qorin og’rig’i bosilmaydi.
Shu usulda boshqa doktorlar ham uning dardiga davo topmoqchi bo’ladilar, biri ikkinchisini nodonlikda ayblab, bemorga turli xil tashxis qo’yishadi. Shunday qilib, “qotil” doktorlar qo’lida bemor ikkinchi buyragidan, ichagining ba’zi qismlaridan, ko’richagidan, tomoqdagi bodomchasidan, gormon bezlaridan, oyoq qadoqlaridan, hatto barcha tishlaridan judo bo’ladi…
Bemorning holatini muallif judayam kulgili qilib tasvirlaydi:
“Badanidagi barcha ichki a’zolar amaliyot qilingandi. Ikkita bo’lgan a’zosidan bittasi qolgan, ba’zilari qisqargan, ortiqchalari kesib tashlangandi. Hadeb kesib tikaverganlari uchun tog’amning badani baliqchilarning to’riga o’xshab ketgandi. Amaliyot paytida jarrohlik asbobnlarini ishlatishga ham ehtiyoj qolmagandi. Doktorlar tikilgan joylarni tortsalar, bas, tog’amning qorni dasturxonday ochilib qolardi. Ba’zida qattiqroq yo’talsa ham tikilgan joylari ochilib ketadi…”
Turkiyada ko’rsatmagan vrachlari qolmagach, Parijga borishga majbur bo’lishadi. U yerni bilmaganliklari uchun duch kelgan bir vrach huzuriga kirishadi. Vrachga hamma narsani tushuntirishgandan keyin, dardga darmon topiladi. Vrach:
– Barcha qilingan amaliyotlar behuda ekan. Endi kamarni qisib bog’lamang, undan ko’ra yelkadan o’tkaziladigan kamar taqing…

“Dengiz oyoq ostida” va “Chegara ustidagi uy” hikoyalarida Turkiyadagi uy-joy, ijara bilan bog’liq muammolar kulgili tarzda ochib berilgan.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *