Eski kundaliklar

Kecha eski kundaliklarimni varaqlay boshladim.
Ularni yana qayta o’qiyapman-u, ba’zan kuyinaman, ba’zan suyunaman.
Inson o’z tarixini, o’tmishini hech bo’lmasa haftasiga bir marta o’ylab, shundan fikr qilsa ancha-mucha yangi muammolariga javob toparkan.
Eng yaxshi chora – sabr va duo!
Yaxshi niyatning o’zi ham ezgulikka olib borar ekan. Siz niyat qilavering. Unga erisha olaman-mi? yo’qmi degan savol sizni qiynamasin. Duo qiling, Allohdan so’rang. Harakat qiling. Albatta murodingizga erishasiz.
Faqatgina niyatni samimiy qilish kerak. Unga albatta erishaman deyish kerak!

22.03.2006.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *