Hammani sansiraydigan o’sha jiyanim yana bir so’zni o’rganib olibdi. Ko’ngliga nima yoqmasa, shuni gapiradigan bo’libdi.
Bir kuni unga muzqaymoq olib berdim. Uni yeb bo’lganidan so’ng, yana olib ber, deya harhasha qildi. Havo biroz sovuq bo’lgani uchun, shamollab qolmasin deb, haliroq olib berishni aytsam, u asta men tomon burildi-da:
– Man sandan hapaman, – dedi.
* * *
Kecha avtobusda 4 yashar Mohinurxon bilan gaplashib ketdim. Avvaliga uyalib, yuzini to’sib oldi. Keyin chiqishib ketdik.
U bilan suhbatdan:
– Kotta bo’sen kim bo’lasan?
– Kelin bo’laman!
– Qachon kelin bo’lasan?
– Yozda kelin bo’laman.
– Kelin ko’ylegin bormi?
– Bor, oppoq!
– Yana nimang bor?
– Tufligim bor…