Bolajonlar nutqi. 6-qism

Bolalar judayam tadbirkor bo’lishadi…

Sherzodbek degan o’rtog’imning qizi endi tili chiqdi. Endigina dada, buvi, aya deya oladi. Bir kuni o’rtog’im va uning onasi o’tirib, qizaloqqa bir tomondan “dada” deng deb o’rtog’im qaytaribdi, “buvi” deng deb buvisi qaytaribdi. Qizaloq esa ikkalalarini ham hafa qilmay: “dabuvi!” debdi Kulgu

* * *

Bir tanishimning judayam sho’x o’g’li maktabga chiqibdi. O’qituvchi harflab “T-O’-T-I, hammasini qo’shsa nima bo’ladi?” desa, haligi bolakay kitobdagi rasmga qarab, “papugay! bo’ladi” debdi. Kulgu

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *