Tabiat tarovati va qo’rqinchi

Yumush bilan ikki kun avval Toshkent shahriga bordim. Qamchiq dovonidan o’tarkanman, atrof oppoq qor, yuqorida yana qor yog’ardi. Toshkent viloyatiga kirish bilan qor yomg’irga aylandi. Toshkent shahriga yaqinlashishimiz bilan esa, yomg’irdan ham darak yo’q. Oftob charaqlab, nurlarini sochmoqda. Bu avvalo kishilarning kiyinishida ham namoyon bo’libdi. 25 C havo haroratida yengsiz futbolkada yurganlarni, hatto (ajabo!) shortik kiyganlarni ham ko’rdim. Kechga yaqin yomg’ir yog’di.

Ertalab turganimda esa hamma yoq oppoq qorga burkangan edi. Asta derazadan qaradim. Kechagina shortikda yurgan shahar xalqi bugun shapka va paltolarda edi. Yana oftob chiqdi. Oftob nurlari qorning zarrin parchalariga tushib, ajib go’zallik kashf etdi. Ertalabdan juda go’zal havo va juda go’zal manzalarni kutib oldim:

Ko’rmagan odam dastlab anglay olmasligi mumkin. Nahot qarag’ay, chinorlar ham gullasa? Yo’q, ular gullamadi. Qor ularga gul soldi. Lekin gullagan o’rik, bodomlar ham yana ustlariga oppoq libos kiydilar.

Qorning kayfiyatidan ko’nglim ko’tarilib, onamga telefon qildim. U yoqdan tovush yaxshi eshitilmas, aloqa ham uzilib-uzilib qolardi. Hol so’rashdan so’ng onam so’radilar:
– Toshkentda ham bo’ron bo’ldimi?
– Yo’q, bo’ron bo’lmadi. Qor yo’gdi. Hammyoq oppoq qor. Shunaqangi chiroyliki…
– Bizda esa kechasi bilan bo’ron bo’ldi. Qo’shnilarning shiferlari uchdi. Shahardagi reklama shitlarining ko’pi qulab tushdi. Yuz yillik chinorlar qo’porilib, odamlarning uyini bosib qoldi… Elektr simlari uzilib, energiya, suv o’chgan. Uyali aloqa antennalari ham shikastlangani uchun aloqa yaxshi emas…
– Ehaa. Yo’q, Toshkentda faqat qor yog’di…
Marg’ilon sari qadam bosarkanman, haqiqatan ham dahshatli shamol bo’lganining asoratlarini ko’rdim. Onamdan hol-ahvol so’radim. Kechasi bilan bo’ronning vahimasiga hech kim uxlolmaganini, o’sha kecha osmon tuindlashib, yana bir bor qiyomatni eslatganini aytdilar.

Goh tarovat berib quvontirgan, goh qo’rqinch berib qo’rqitgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *