Kecha taksida ketayotsam taksichi aytib qoldi:
“Biz tomonlarda qishda gaz biroz tanqis bo’ladi. Aslida gaz hammaga yetadi. Lekin ba’zi betavfiqlar gaz yo’liga motor o’rnatib, gazni so’rib olishadi. Masalan, agar qo’shningiz shunday motorchik o’rnatsa, siznikida gaz yonmaydi. Ba’zida elektr o’chib qolganda gazimiz yona boshlaydi.
Bir kuni shunday bo’ldi. Elektr o’chishi bilan gaz yondi. Uyimizga biroz issiq kirdi. 3 yoshli o’g’lim xuddi olovni ko’rgan hindulardek gazning yonishini tomosha qilib o’tirgan edi, birdan elektr yonib, gazimiz ham so’rilib, kirib keta boshladi. Shunda o’g’lim deyapti:
– Jon, gazjon, kirib ketmagiin, ayam hech bo’lmasa, menga tuxum qovurib bersiiin. Jon, gaaaz, kirib ketmaaaa…”