nihol

Yunus Emroga tatabbu’ – 4-she’r

Qiyna meni, o’ldir mani, Bag’rim qona to’ldir mani, Armonlarim so’ldir mani Kel, ko’r, mani ishq nayladi. Dunyolarni kezib-kezib, Barchasidan bezib-bezib, Yurak-bag’rim ezib-ezib, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Ko’ngil daryo, vale toshman, G’amdan egik, g’arib boshman, Sani ishqing-la dilxushman, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Shomu sahar sani izlab, Goh o’kirib, gohi bo’zlab, Visolingdan umid ko’zlab, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Armoningdan Давоми …