Kundalik tuting
Azizlar, shu yozgan mulohazalaringizni alohida kattaroq daftar tutib, yozib ham qo’yyapsizlarmi? Agar bu ishni boshlamagan bo’lsangiz, hoziroq boshlang. Bitta kundalik tuting. Rastalarda 365 sahifalik “Ежедневник”lar sotiladi. Shundan birini oling-da, qaysi kuni yozgan bo’lsangiz, “11.08.2010. Bugun…” deya daftarga ham tushirib qo’ying. O’zingizga yoqqan iboralarni ham yozing. Bundan topadigan foydalaringiz: 1. Internetga har doim ham kira olmasligingiz mumkin. Kundalik doim yoningizda bo’ladi. Давоми …