Shukrona

Hazrati Umar oldlariga keltirilgan hech bir taomdan qusur qidirmasdilar. Ba’zan yeydigan narsalari qullar ham burun jiyitadigan taom bo‘lardi. Bundan xizmatkorlari Aslamning ham jahli chiqardi. Hazrati Umardek qahri qattiq inson loaqal bir marotaba qizishib: “Yo‘qoting buni dasturxondan! Yeydigan  narsa keltiring”, deyishlari kerak edi.
Bir kuni Aslam: “Bugun amirul mo‘mininni gapirishga majbur qilaman”, deb, o‘shanga yarasha ish qildi: qul bo‘laturib, o‘zi ham xushlamaydigan taom — qotgan non va nordon sut keltirib, Hazrati Umarning oldlariga qo‘ydi. Aslam hech bo‘lmasa: “Buni o‘zingga ilinsam yermiding?” degan gapni eshitishdan umidvor edi. Hech bo‘lmaganda shunday desinlar… Yo‘q, Hazrati Umar har doimgidek dasturxondagilarni indamay yedilar va Allohga hamdu sanolar aytdilar. O’sha paytda Hazrati Umarning aytgan gaplari Aslamning quloqlarida muhrlanib qoldi: “Oh naqadar yaxshi ne’mat! Bugun shuni ham topolmagan qancha odamlar bor!”

One thought on “Shukrona

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *