Bugun bir hadis-rivoyatni eslab qoldim.
Bir g’azotda payg’ambarimiz SAV sahobalardan g;’azot uchun mol, mablag’ so’radilar. Ko’pchilik keltirdi. Kimdir mablag’ininh 1/4ini, kimdir yarmini… Abu Bakr RA bor mul-mulklarining hammasini Alloh yo’lida olib chiqdilar.
Shunda rasululloh SAV:
– Oilangiz, yashashlariga biron narsa qoldirmadingizmi?
– Men ularga dunyodagi eng yaxshi narsani qoldirdim. Alloh va uning rasuli ularga kifoya qiladi…
Oh, qandayin go’zal rivoyat, go’zal holat.
Rasulullohning mening barcha ummatlarim tarozining bir tarafi-yu, Abu Bakr ikkinchi tarafi bo’lsa, Abu Bakr og’irroq turadi, degan qavllariining eng go’zal isboti…
Biz-chi biz? Molimizning qanchasini Alloh uchun sarflayapmiz? Javob topishga esa ovora bo’lib qolamiz…
08 Oktyabr 2007