…Hammaning yuzida tabassum-u, lekin buvim hadeb yig’lardilar… Hayron bo’lib, ularning yonlariga bordim. Ular go’ya menga e’tibor bermas, hadeb: “Bizdan rozi bo’ling, yo mohi Ramazon, rozi bo’ling, hafa bo’lmasdan keting, ey mohi Ramazon. Sizni hurmatizi joyiga qo’yolmagan bo’ksak, bizdan rozi bo’ling. Bizdan rozi bo’ling…” – deya takrorlardilar. Bu holat odatda peshindan to asrga qadar davom etardi.
Asr namozidan keyin ayollar osh qilishga va bugungi bayramona, so’nggi iftorlikka unnashardi. Shomga yaqinlashadi. Hammamiz to’planamiz. Shunda buvimdan haligi holat haqida so’rayman. Buvim:
“Atigi yilda bir marta keladigan Ramazon oyini rozi qiloldikmi? Bu Oy bizdan xafa bo’lmadilarmi, shuni o’ylab, tafakkur qilgandim…”
Asta-sekin qo’shnilardan osh chiqadi, biz ham osh tarqatamiz. O’zim qo’shnilarga olib chiqib beraman. Ziyofatdan keyin Qur’on tilovat qilinadi. Shukronalar aytiladi, duolar qilinadi:
Bizdan rozi bo’ling, ey Mohi Ramazon!
12 Oktyabr 2007