Suyunchi

Ertalabdan kayfiyatim judayam a’lo bo’ldi. Ertalabda uyga telefon qilish fikri keldi. Negadir rosa band bo’ldi.
Bir narsani sezdim, yaxshi xabar.
Telefon qildim.
– Suyunchi, bering, Davronbek, jiyanli bo’ldiz, – bu kelinoyimning gapi.
– Ha, bilgandek telefon qildim-da.
– Qalay o’g’ilmi-qizmi?
– Yana bitta to’polonchi o’g’lon.
Keyin ayajonim bilan gaplashdim. Ularni yana bir nabira bilan qutladim.
– Opam, o’zlari yaxshimi? Chaqaloqni ko’rdingizmi?
– Ha, ko’rdim, judayam shirincha!
– Ha, umri bilan bergan bo’lsin!
– Yana bitta sho’x askar qo’shilibdi-da-a?
– Ha, nimasini aytasan. Mana yana bitta askar telefonga navbat kutib turibdi.
Opamning o’gillari Otabek:
– Tog’aa, qalesiz?
– Rahmat, yaxshimisian? Bog’chaga bormadingmi?
– immm, yo’, qaqa obkelassimi?
– Ha, qaqami? Opkelaman…
– Cheling (keling demoqchi).
Keyin dadamlar, buvamlar bilan gaplashaman. Hammaning yuzida tabassum.
O’ta yaxshi kayfiyat ila yana ishga sho’ng’iyman.

24.04.2006.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *