Ayni paytda Bahraynda yashovchi pop musiqasi qiroli Maykl Jekson o‘z yurtida yosh bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik aybi bilan sudlangandan keyin ushbu «yuksak» nomga to‘rt yildan beri sazovor bo‘lmoqda. 1045 respondentdan 69 %i so‘nggi 12 oyda Maykl Jeksonning ko‘pgina ahmoqona qiliqlariga guvoh bo‘lganini aytishdi. Jeksonni oxirgi marta Dubay amirligi bozorlarida ayol kishi kiyimida ko‘rishgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni band etgan AQSh vitse-prezidenti Dik Cheynini dam olish va ov paytida uning o‘z do‘sti yuziga «bexosdan» otib yuborgani uchun omma kechirolmayapti. Natijada, Cheyni 59 % ovoz bilan ahmoqlar ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladi. Mashhur janjalkash Peris Xilton ham ahmoqligi bilan Cheynidan qolishmadi: ikkalalari bir xil natija bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi.
Uchinchi o‘rinda Dik Cheynining bossi kichik Jorj Bush 57 % ovoz bilan mustahkam o‘rnashgan. 2001 yilda AQSh prezidentining ahmoqligi 48 % deya baholangan edi. Besh yil ichida esa prezident ancha «o‘sgan».
To‘rtinchi o‘rinni mashhur Gollivud yulduzi Tom Kruz band etdi (54 %). Tom bunday ro‘yxatda endi birinchi marta ishtirok etyapti. Respondentlar uning Opra Uinfri tok-shousida o‘z xotini Keti Xolmsga sevgi izhori sifatida divanga sakraganini katta ahmoqlik deya baholadilar. Shu sabab bo‘lib ham Tom bu yilgi «tomoshabinlar eng bezor bo‘lgan yulduz»ga aylandi.
Respublikachi-siyosatchi Tom Deley saylov kampaniyasidagi moliyaviy munosabatlardagi nayrangi tufayli 41 % bilan ahmoqlar safidan joy oldi.
Rok qo‘shiqchisi Kortni Lavning natijasi Nirvana guruhi lideri Kurt Kobeynniki bilan bir xil. U o‘zining ko‘p vaqtini kemada o‘tkazib, san’atni unutib qo‘yyapti. Yana Kortnining narkotik iste’mol qilayotganligi ham ommada unga nisbatan hurmatning pasayishiga olib kelgan.
2006 yil reytingidagi boshqa ahmoqlardan yana Madonna (otdan yiqilib tushgani uchun) va supermodel Keyt Moss (kokain hidlayotganida olingan videotasvir uchun) ham ancha «yaxshi» natijalarga erishishdi.
Eng qizig‘i, so‘rovda ishtirok etganlarning har ikkitadan bittasi 12 oy mobaynida 1 marta bo‘lsa ham ahmoqona harakat qilganlarini qayd etishgan. O‘tgan yili esa o‘zinining ahmoqona ishlarini tan oladigan amerikaliklar 64 % foizni tashkil etgan edi.
Okean ortidagilar millatning eng ahmoq kishilarini aniqlayotgan bir paytda o‘zbek estradasida shu yurt an’analarini eslatadigan «Mario» ashulasi «Tarona» taqdimoti»da «yilning eng yaxshi qo‘shig‘i»ga aylandi…