Yevropa institutining ekspertlari YeIning 15 ta davlatidagi 1000 dan ortiq korporatsiyalar faoliyatini o‘rganib chiqib, ishlash uchun eng qulay bo‘lgan kompaniyalar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning yuqori pog‘onalaridan o‘rin olgan kompaniyalar o‘z xodimlariga nafaqat ishlash uchun, yana yashash uchun ham eng yaxshi sharoitlarni yaratib beradilar. Ish beruvchilar xodimlarning qo‘shimcha ta’lim, tibbiy ehtiyojlar, sport bilan shug‘ullanish, ko‘ngilochish hamda ba’zi uy to‘lovlari uchun ketadigan harajatlarini ham to‘lab beradilar. Deyarli barcha kompaniyalarda vaqti vaqti bilan uydan turib yoki mustaqil grafik bo‘yicha ishlash imkoniyati mavjud. Eng yaxshi kompaniyalarning ishchilari quyidagi uch xislatni o‘zida jamlashi kerak: o‘z jamoasiga kuchli ishonch, o‘z ishiga muhabbat, o‘z ishi va jamoadoshlaridan qoniqish.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Yevropada yaxshi ish topish uchun katta tanlov mavjud: eng yaxshi 100 ta kompaniyadan 51 tasida ishchilar soni 250 nafarni tashkil etsa, 33 tasida 250 nafardan 1000 nafargacha, 16 tasida esa 1000 nafardan ortiq ishchi mehnat qiladi.
Eng yaxshi ish beruvchi sohalar: ishlab chiqarish (27 kompaniya), informatsion texnologiya sanoati va telekommunikatsiya (15 kompaniya), moliya va sug‘urta (14 kompaniya), konsalting (14 kompaniya), biotexnologiya va farmatsevtika (13 kompaniya).
Yevropaning 10 ta eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalari ro‘yxati bilan tanishing:
Colgate Palmolive
(Gretsiya)
Bu kompaniya ishchilariga xavas qilmasdan ilojimiz yo‘q. Kompaniya o‘z ishchilarining barcha muammolarini hal qilib beradi: ularga ish va uy sharoitida ulkan qulayliklar yaratgan. Ishchilar «odamlar uchun qayg‘urish»ning barcha xususiyatlarini o‘zlarida his eta oladilar.
Barcha xodimlar uzoq muddatli mehnat ta’tili hamda dam olish uchun yo‘llanmalar olishga haqlilar. Shuningdek, ishning ma’lum qismini uy sharoitida bajarishga ham ruxsat berilgan. Yangi farzand ko‘rgan ishchilar uchun esa ikki yillik ta’til beriladi va shu muddat davomida kompaniya ularning barcha iqtisodiy ehtiyojlarini qondiradi.
Bayram arafasida kompaniya o‘z xodimlariga sovg‘alar ulashadi (masalan, DVD-pleer yoki uyali telefon). Yangi yil arafasida esa ish beruvchi xodimlarga juda katta bayram dasturxonini tashkil etadi.
Har bir xodim uchun indivudual ta’lim tashkil etilgan. Bunday trening va mashg‘ulotlarda malaka oshirish ham kompaniya hisobidan amalga oshiriladi. Xodimlarning farzandlarini o‘qitish uchun ham kompaniya yordamini ayamaydi. Ish joyining o‘zida kiyimingizni kimyoviy tozalashga berishingiz, bank amaliyotini amalga oshirishingiz, turistik sayoxatlarga yo‘llanma olishingiz mumkin.
Oylik ish haqi va pentsiyalar ham o‘rtacha miqdordan ancha yuqoridir. Mana shunday sharoitlar evaziga ish unumdorligi ham yuqori. Ishchilarning 40 foizi 15 yildan beri shu kompaniyada ishlayotgani ham fikrimizga dalildir.
Bain & company
(Belgiya, Buyuk Britaniya)
Kompaniyaning ishchilar bilan munosabatda o‘ziga xos jihati g‘oyalar almashinuvining yo‘lga qo‘yilganligidir. Har ikki haftada barcha ishchilar va rahbarlar ishtirokida katta banket tashkil etilib, unda har bir xodimga so‘z beriladi. Fikr almashinuvi jarayonida har bir xizmatchi o‘z taklif va mulohazalarini bildirishi mumkin.
Ishchilarga qulay bo‘lishi uchun kompaniyada maxsus tibbiy klinika tashkil etilgan. Har bir ofisda sportzal mavjud. Shuningdek kompaniya ishchilarga sartaroshxona va massaj xizmatlarini bepul tashkil etgan. Trening va o‘quv mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazib turiladi.
Cofinimmo
(Belgiya)
Yangi ishga kirgan xodimni rag‘batlantirish uchun sayohatlarga jo‘natiladi.
ConSol* software
(Germaniya)
Kompaniya direktorlar kengashida navbati bilan ikkitadan oddiy ishchi ishtirok etadi va yillik daromadga sherik bo‘ladi.
DePuy
(Irlandiya)
Kompaniya xodimlari tashkilotning onlayn-universitetida o‘zlari xohlagan 300 dan ortiq kurslarda bepul ta’lim olishlari mumkin.
Microsoft
(Finlandiya, Frantsiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya)
Portugaliyada kompaniyaning barcha ishchilari o‘zlariga belgilangan vazifani uyda bajarishlari mumkin. Norvegiyada ishchilar mamlakatning eng yuqori yettita cho‘qqisiga chiqish uchun kompaniyadan bepul yo‘llanmani qo‘lga kiritishlari mumkin.
Middelfart Sparekasse
(Daniya)
Umea
(Shvetsiya)
O2
Vitae
(Niderlandiya)
Asalom alekum!
Yevropaga ish topish va viza olish bo’yicha yordam bera olasmi?
maslahatlaringiz kerak! javob uchun oldindan raxmat
+998998430151
whatsap,telegram ulangan!
I would like working
Assalomu aleykum yaxshimisiz. Men uchun qiziqarli narsa bu yevropadan sheriklik yani kompaniya topishim kerak iltimos menga yordam bering. Oldindan rahmat +998932398500 raqamda WhatsApp telegram Facebook bor