Yaqinda turk adibi Xolid Erto’g’rulning “Aldangan Ayselning tavbasi” kitobini o`qib chiqdim. Umuman olganda yaxshi yozilgan, bayondagi ayrim kamchiliklarni hisobga olmaganda. Qissa maktub tarzida yozilgan bo`lib, boshdan oyoq bosh qahramon Ayselning hayoti haqida uning o`ziz so`zlab beradi. Qanday qilib aldangani, “och qashqir”larga yem bo`lgani haqida hamma-hammasini so`zlab beradi. Yoshlar hayotida uchraydigan qanday muammolar bo`lsa uning hammasi Ayselning boshidan o`tadi va zamon, odamlar haqida o`z mulohazalarini bildiradi.
Qissa Aysel degan qizning go`zal tavbasi bilan nihoyasiga yetadi. Va yana ushbu asarda moddiyunchilar va ilohiyotchilarning tortishuvlari, moddiylikni niqob qilib olgan ayrim kimsalarning yovuz basharalari-yu maqsadlari haqida, sotsializmning puch g`oyasi haqida ham mul;ohazlar berilganki, bu kitobning o`qishlilik darajasini oshirgan.
Xolid Erto‘g‘rulning “Aldangan Ayselning tavbasi” kitobi haqida ba’zi e’tirozlar:
1. Qanday qilib kechagina fohisha bo`lgan qiz bugun avliyo bo`lib qoldi? Fohishadan yoki fohishdan avliyo chiqqanini tarix ko`rganmi? Qanday qilib birdaniga Aysel valiylik darajasiga yetishib qoldi (namozni Makkada o`qishi, jannatdagi akasi, onasi bilan ko`rishishi va hokazo detallar umuman ishonchsiz)?
2. Ayselning o`limi o`ta quvonchli, chiroyli, hech qanday qiyinchilik, og`riqsiz… Vaholanki, payg’ambarimiz Muhammad SAV ham o`lim oldidan juda qiynalgandilar. Peshonalaridan achvhiq terlar oqqandi. kasal bo`pqolgandilar. o`limning achchig`ini ular ham totib ko`rgandilar. Bu narsa avlodlarga ibrat edi… Endi, qanday qilib allaqanday Aysel o‘lim oldidan hech qanday qiyinchilikka uchramasa?..
3. O`lim arafasida Aysel onasi bilan ko`rishadi. Azroil uning onasi qiyofasida tashrif buyuradi. Onasi bilan huddi tiriklarni quchganday quchoqlashishi, xonaning nur bilan to`lishi ham umuman ishonib bo`lmaydigan holat.