Kecha Erkin A’zamning kommunizmdan bir lavha o’laroq yozgan
“Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati” qissasini o’qib chiqdim.
Asar buyuk kommunistlar yurti Buriyo va uning rahbari tovarish Xon Man Men va “buyuk o’zgarishlar” shahri – Xoniya haqidadir.
“…Sotsializm sharoitida o‘tayotgan oltinchi kunimiz edi.
…Sizu biz bu tuzumning nimaligini bilamiz, albatta — non-namagini yeb katta bo‘lganmiz. Ammo hozir ko‘z o‘ngimizdagisi butkul bo‘lakcha edi. O’ziga xos. Avvalgilariga o‘xshamas. Bu mamlakatda shu tuzumning otasi ham, onasi ham, sohibu rahnamosi ham birgina kishi — tamal toshini qo‘ygan ham o‘zi, barpo etgan ham o‘zi, o‘lgudek bahramand bo‘lib kelayotgan ham o‘zi. So‘z ulug‘ dohiy tovarish Xon Man Men ustida ketayotir. Bu yurtda har bir toshu har giyoh shu zotning uch bo‘g‘indan iborat sharafli nomi bilan bog‘liq. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Aslo…”