Saviya

Mashinada ketayotib, radio tinglab ketishga to’g’ri keldi. Qaysidir kanaldan “intellektual o’yin” bo’layotgan ekan.
Boshlovchi:
– Hurmatli tinglovchilar, intellektual o’yinimizda berilgan savollarga javob bergan tinglovchi yaqinlariga salom va tabriklarini yo’llash imkoniga ega bo’ladi. Shoshiling. Telefon raqamlarimiz 8181.
Tezda qo’ng’iroq bo’ldi. Tanishuvdan so’ng boshlovchi savolini berdi:
– Norvegiyaning poytaxti qayer?
– Variantlar bormi?
– Variantlar yo’q. Yordam: 4 harfdan iborat.
– Eron. (DT: Cry)
– Axir Eron alohida respublika-ku, keyingi ishtirokchining qo’ng’irog’ini qabul qilamiz.
2-ishtirokchiga ham shu savol berildi. Uning javobi:
– Shotlandiya (DT:  Embarrassed)
Xunob bo’lgan boshlovchi 3-ishtirokchini ulab, unga ham savolning javobi 4 harfdan iboratligini tushuntirdi. Kollej o’quvchisi bo’lgan ishtirokchining javobi hammasidan o’tib tushdi:
– Rim (DT:  Shocked)

* * *

Mahalliy telekanallardan birida intellektual o’yin bo’lyapti. Boshlovchi “Humoyunnoma” asarining muallifi kim? deb savol berdi. To’g’ri javoblar bo’lavermadi. Shunda boshlovchi “yordam”larni bera boshladi:
– Humoyun buyuk vatandoshimiz, g’azal mulkining sultoni (Embarrassed), bir qancha g’azal, hikoyalar (Huh) muallifi Boburmirzoning o’g’li bo’ladi.
Aftidan, g’azal mulkiniung sultoni Bobur emas, Alisher Navoiy ekanligini, o’zbek adabiyotiga hikoya janri, 20-asrning boshlaridagina kirib kelganini anglamagan boshlovchi “Humoyunnoma” muallifi Gulbadanbegim haqida ham ma’lumotga ega emas ekan. Shuning uchun ham bog’dan-tog’dan kelayotgan ekan…

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *