Bolalar tili

Faqatgina bolalarga xos bo’lgan til mavjud bo’lib, unda bola predmetlarning holati, ovoziga taqlid qilgan holda turli so’zlarni kashf qiladi. Odatda u so’zlar biz ishlatadigan so’zlarga to’g’eri kelmaydi. Masalan, bola mashina motorining ovoziga taqlid qilib, uni “didiit” yoki “pipiip” deb nomlaydi. Quyida ana shunday so’zlardan ba’zilarini keltirdim. Siz ham davom ettirasiz degan umiddaman.

Nanna – non
Ashsha – ovqat
Chu, imma – suv
Kaka, qaqa – konfet
Ishsha – go’sht
Opoq – yaxshi, toza
Qha – yomon
Cho’m-cho’m – yuvinish
Didiit – mashina
Uh-pish – uxlash
Lalla – sut
Lalo – yangi kiyimlar
Jiji – chaqaloq
Yalo-yalo – o’yinga tushish
Ollo – namoz o’qish

Kuku, ququ – qush
Bo’bo’ – it
Mo’mo’ – mol, sigir
Baba – qo’y
Miyov – mushuk
G’ug’u – g’oz
Attata – urish
Hutta – uzoqroq joy
Vava – yara
Alla – uxlash, uyqu
Cho’cho’ – ot; mindirish
Shaqqi – shiqildoq, o’yinchoq
Chusha – kichik hojat
Chaqqi – bodom, yong’oq
Papa, pash – issiq, qaynoq
Tatak – oyoq kiyim
Achom – quchoq

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *