Bolajonlar nutqi. 7-qism

Jiyanim Orifjon (3 yosh) kelgan edi. Birga “champutey” ko’rib, hayvonot olamiga sayr qildik. U filning katta quloqlariga ishora qilib, shunday deyapti:
“Davyon acha (aka), anu pildi qayen, boshija chotta (katta) chapalay (kapalak) qo’nvopti…”

* * *

Kechqurun ertak aytib berishimni talab qildi. “Qizil shapkacha”ni boshlagandim, uni bilaman dedi. Keyin “Ur, to’qmoq”ni boshladim. Orada biroz charchab, to’xtasam, “heee, nimaya to’xtappoldiz, aytiiing”, dedi. So’ng davom ettirdim. Bir payt jajjigina hurrak ovozi eshitildi. Men “Orifiy, eshityapsizmi mani” desam, u deyapti:
“Uxlashka qo’yassimi yo’mi?”

* * *

Kechqurun laptopni ko’rib, uni “shu champuteydi manja qachan beyas?” deb so’ragandi, “Kotta bo’sen beraman, mani bo’yimga yetsen” dedim. Ertalab tahorat qilib kelsam, balandroq bo’lsin deb divan ustida oyog’ining uchi bilan turib, menga deyapti:
“Manja qayen, mana kotta bo’ldim, endi champuteydi manja beyin”.

* * *

– Kotta bo’sen nima olasan?
– Mashyutcha (marshrutka)
– Iye, nimaga?
– Mashyutchaga hamma pul beyib chushadi-ta.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *