Yosh bolalar yolg’onni bilmaydi. Ko’ngliga nima kelsa o’shani gapiradi.
Kichkina jiyanim Orifjondan (3 yosh) so’rayman:
– Kimni yaxshi ko’rasiz?
– Ayami.
– Yana-chi?
– Dadami.
– Yana?
– Shiji (sizni), buvami, opoqimi…
– A, kim yomon?
– Hich kim.
* * *
Kecha kelishgan ekan. Meni ko’riboq, achom qildi.
– Shchalat (shokolad) opcheldizmi? – dedi.
– Man bilan nomoz o’qib, duo qilsez, beraman – dedim.
Namozni binoyidek o’qirkan, uyda dadasi bilan ayasidan o’rganvolibdi. So’ng duo qildilar. Biram suyundim. Sovg’ani albatta olib cho’ntakka soldi.
Quchog’imda ovqatlandi. Orada achom-achom qilib turadi. Shunda o’sib ketgan soqolim g’ashiga tegdi, shekilli, shunday deyapti:
– Miqmi u?
Orifjonni dadasi kosib, kichkina mixchalarni uyida ko’rgan. O’xshatganini qarang.
O’g’lim adasiga ‘diq’ (ukol) diydi soqolni k’orsatib. )) Yaqinda ukol oganidi.