Jiyanim Orifjon (3 yosh)ning otga mehri bo’lakcha. Doim “Ot opkebering” deydi. Bir-ikkita o’yinchoq otlarni taklif qilgandim, ko’nmadi. “Chuh, chuh qiladigonidan” dedi.
Bo’lmadi, bir-ikki parkka oborib mindirdim. Shu-shu keladi-da, “ot obering, ot opkemapsizu, mani otim qani”dan boshlaydi. Oxiri bo’lmadi, o’zimni ot bo’lishga majbur qildi. “Chiqildaqa cho'” dedi-da, yoting dedi. Asta otga chiqdilar. So’ng “Yur!” degan buyruq bo’ldi. Nihoyat ot charchadi va ayyorlik yo’liga o’tdi:
– Ot charchadi, endi unga qaqa berish kerak.
Chavandoz ham bo’sh kelmay, archilgan olma po’choqlarini ko’rsatib:
– Mana, manuni yeyo’rin.
– Bo’meydi. Otga qaqa yoki shikalat berish kere, bo’masa yurmeydi.
Shu payt boshqa jiyanim Muhammad Azim (7 yosh) kelib qoldi. Cho’ntagiga shokoladi bor ekan. Yarmini berdi. So’ng otga ikkovlashib minishdi. Ot yana o’zini charchaganga soldi. Biroz dam olib, aytdi:
– Bo’ldi, mani ot bo’ganim yetadi. Orifi endi siz ot bo’lasiz, man minaman.
– Hoooo, otka minishtan oldin unga qaqa beyadi. Qani qaqez…
* * *
Qaqa olish va “ot minish” keyinga qoldi. Yana ot bo’ldik. Biroz tezlagach, chavandozdan xavotirda so’radim:
– Yaxshilab mani achom qivolin, bo’masa otdan yiqilib tushasiz.
3 yoshli chavandoz esa jemferimning yoqasidan qattiq ushlab deyapti:
– Otti ipidan ushavoganman, yeqilmiman.
* * *
“Ot-ot” nihoyasiga yetdi. Chavandozning endigi istaklari “champutey cho’yish (ko’rish)” bo’ldi. Yana o’sha pillay (fillar) va sheylar (sherlar) haqidagi film bo’ldi.
Orifjon filmi ko’rib turib, ovqatlanayotgan fillarni va ular yaqinida boshlovchilik qilayotgan jurnalistni ko’rib:
– Davyon acha, dadasija oqat bermasakan – dedi.
– Iye, ana dadasiyam ovqatlanyaptiyu.
– Yoo’, dadasi ana japiyyapti (gapiryapti)