Bugungi kun ham sessiyani yopish bahonasida o’qishga bordim. Axborot texnologiyalari fani domlamiz topshirgan ishlarimiz bo’yicha bahoni qo’yib berdi: 95 ball.
Undan so’ng o’quv yilining oxirida  kiritilgan “Prezident ma’ruzasidan” maxsus kursga baho qo’ydirgani  bordim. Ba’zi bir domlalarga hayronman. Ikkita dars oldin kuyib-pishib,  demokratiya, korrupsiya, poraxo’rlik haqida to’lib-toshib gapirgan  domlaning bu kungi ishlarini ko’rib…
Pul insonni 1 sekunda  o’zgartirib qo’yarkan… Kimlardir senga tekindan jaraq-jaraq berib  tursin-chi… Kechagi insoniylik haqidagi gaplar havoda o’ynab  yurardi…
Xullas, bahoimni ololmadim. Yana ertagaga qoldi…
Uyga  kelyapman-u, o’zimga o’zim savol beraman, nega ba’zilar hech darsga  kelmay, qatnashmay, hatto ishlarni ham yozmay, eng yuqori bahoni olib  ketishadi-da, biz bo’lsak…
Shunisiga ham shukr. Ana o’shalardan qilmaganiga shukr…
Allohim, barcha bandalaringga insofu tavfiq ato etgil!
