Odamlarda mehr tuyg’usi yo’qolib, hamma narsani insonning tashqi ko’rinishi yoki cho’ntagiga qarab baho berish zamonining boshlanishi fojea emasmi?
Afsuski bunaqa holatlarga men ham ko’p duch kelaman.
Avtobuslarda ham qari otaxon va onaxonlardan uyalmasdan to’liq to’lang deya o’shqirayotgan konduktorlarni uchrataman. To’g’ri, talab qilish ularning ham vazifasi, lekin hurmat qayerda qoladi, musulmonga xos izzat qayerda qoladi?
Aslida men pensiya yoshidagilarga davlat transportining umuman bepul bo’lishini hohlayman. Aslida shunday bo’lishi ham kerak. Chunki ular g’animat, vaqtida qadrlariga yetib olishimiz kerak.
Yana shu transportda biron qariya yoxud yukli ayollar chiqsalar yoshlar bemalol joy bermasdan o’tiraverishadi. Hatto bir kuni TVda qanday qilib joy bermaslik usullari haqida ham gapirishdi… Fojea-ku bu ham…
07 Iyul 2006, 03:34:55