– Ersiz xotin yugansiz ot kabidir.
– Xo’rozsiz tong otmaydi.
– Oq devorni xohlagan rangingga bo’yaysan.
– Xudo senga tuynukdan hech narsa tashlamaydi. O’zing ishlab top.
– Boyqushning ko’ziga bolasi tovusdan go’zal ko’rinadi.
– Yaxshi kunda – hamma yaxshi, yomon kunda – birodaringni eslab qolasan.
– Birovning qozonida osh qilolmaysan.
– Bo’ri cho’ponga yaramaydi.
– Bo’ri menga tegmayaptimi – ming yil yashasin!
– O’g’ri qutulib qoldi, guvoh qamoqda qoldi.
– Hamma falokat – tildan.
– Poda ketib bo’ldi-yu, u buzoqni qidiryapti.
– Otilgan o’qni qaytarib bo’lmaydi.
– Yukni tuya tashiydi, ko’ppak esa ozadi.
– Mix taqani asraydi, taqa – otni, ot – mardni, mard – Vatanni.
– Mushuklar yo’q bo’lsa, sichqonlar bayram qiladi.
– Semiz ozisa, ozg’inning ruhi uchadi.
– Asosiysi ishni boshla, u o’z-o’zidan nihoya topadi.
– Och hammani och deb o’ylaydi.
– Dushmaning zaif bo’lsa ham xushyor tur.
– Beruvchi qo’l oluvchi qo’ldan afzal.
– Bolalar uchun ota hammadan kuchli.
– Qo’ng’izga uning bolasi – eng go’zal mavjudot.
– Chumoliga shudring – suv toshqini.
– Sichqonga mushuk – sher.
– Yaxshi otni eski egardan ham biladilar.
– Uydagi o’g’rini tutolmaysan.
– Qizga tanbeh – kelinga ishora.
– Jinni hammani telba deb o’ylaydi.
– Agar go’zallik o’n qism bo’lsa, undan to’qqiz qismi – kiyimda.
– Ishing orqaga ketsa, holva yeb ham tishingni sindirasan.
– Bo’riga achinsang qo’ydan ayrilasan.
– Semiz molni terisidan bilib olasan.
– Uylanishga chog’landingmi – ko’zingga emas, qulog’ingga ishon.
– Qiyshiq quvurdan ham tutun to’g’ri kiraveradi.
– Kichkina qamish ham boshni yorishi mumkin.
– Binoning qandayligi xarobasidan ham ma’lum.
– Mingta xola bir ona bo’lolmas.
– Bo’ridan cho’pon chiqmaydi.
– Bitta burgani deb ko’rpani yoqmaydilar.
– Ayol kishi o’z xonadonida ham beka, ham xizmatkor.
– Har maysa o’z ildizidan o’sadi.
– Hammaga o’z maskani shirin.
– Tog’ qanchalik baland bo’lmasin, uning ustidan yo’l o’tadi.
– Tuya qanchalik katta bo’lmasin, eshakning jilovidan tutadi.
– Turmushga chiqish – katta qizdan, pol artish – kichkinasidan.
– Eshakka egar solganing bilan, ot bo’lolmaydi.
– Qozon qanday bo’lsa, osh ham shunday bo’ladi.
– Tashi qanday bo’lsa, ichi ham shunday.
– Ajdodi qanday bo’lsa, avlodi ham shunday.
– Qaysi barmog’ingi kesib olsang ham – og’rig’i bir xil.
– Qimorboz hech qachon vaqtida to’xtatmaydi.
– Bo’tqani yog’ bilan buzolmaysan.
– Otdan ot tug’iladi, eshakdan – eshak.
– Cho’pon ko’p bo’lsa, qo’yni bo’ri yeb ketadi.
– Ishing yurishmasa, o’z iting ham qopadi.
– Ilonning boshi og’risa, yo’l o’rtasida yotib oladi.
– Gapning oxiri boshidan ma’lum.
– Sigir suv ichsa sut bo’ladi, ilon ichsa – zahar.
– Egri chizg’ich bilan to’g’ri chiziq chizolmaysan.
– Kim yoshligida aldasa, katta bo’lganda ham ishonmaydilar.
– Kim boylasa, o’sha yechadi.
– Kamchiliksiz qayliq qidirgan yigit xotinsiz qoladi.
– Qiyinchilik ko’rmagan yaxshi hayot kechirolmaydi.
– Zilziladan omon qolganga yong’in qo’rqinchli emas.
– Shamolga tupursang, betingga yopishadi.
– Atirgul tergan tikandan qo’rqmaydi.
– Kim onasini hurmat qilsa, boshqani so’kmaydi.
– Kim birovning otiga minsa, alaloqibat piyoda qoladi.
– Ikki kemaga chirmashgan cho’kib ketadi.
– Tulki qaerda bo’lsa, dumi ham o’sha yerda.
– Sher – urg’ochi yoki nar bo’lmasin – baribir sher.
– Tulkiga xo’rozning qancha turishi qiziq emas.
– Bekor yurgandan dushmanga tosh tashib bermoq afzal.
– Birovning oshidan o’zingning qattiq noning afzal.
– Ikki marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal.
– O’zga yurtdagi atirguldan, Vatandagi tikan afzal.
– Ayiq bolasini oppog’im deydi, tipratikan yumshog’im deydi.
– Mening otam ayyor – xamirning har bo’lagini sanaydi, onam undan ham ayyor – har bo’lakni bo’lakchalarga bo’ladi.
– Yosh – baquvvat, qari – aqlli.
– Dengizdan qancha olsang ham kamaymaydi.
– Olma shoxida olcha o’smaydi.
– Beozor eshakka ikki kishi minadi.
– Qarilar bilan oila mustahkam turadi.
– Ishning boshlanishi – yarim tugashi.
– Eshitganingga emas, ko’rganingga ishon.
– Quloqqa ishonma, ko’zga ishon.
– Hamma oq narsa qor emas.
– Vovillagan har narsa – it emas, gapirayotgan har narsa – odam emas.
– Hamma tuxumdan ham jo’ja chiqmaydi.
– Qo’shningga ishonma – shamsiz qolasan.
– Mehmonga aytilsang rad etma, taklif etilmagan joyga burun suqma.
– Mehnat qilmasang – rohatlanmaysan.
– Badaniga qarama, kiyimiga qara, qalbiga qara.
– Kim yozganiga emas, nima yozganiga qara.
– Chiroq ko’ringan joyga emas, it hurigan joyga bor.
– Bajarib bo’lmaydigan ish yo’q.
– Chaqirilgan mehmon burchakda o’tirmaydi.
– Baxtsizlik juft keladi.
– Kech tushmagan kun yo’q.
– Omadsiz ovga borsa toqqa tuman tushadi.
– Xunuklik va kambag’allikni qofiya bilan ham, kiyim bilan ham, to’sib bo’lmaydi.
– Hech kim o’z kamchiligini ko’rmaydi.
– Hozirgi chumchuq o’tgan yilgiga chirqillashni o’rgatadi.
– Ko’zlar sevgini so’zlab beradi.
– Mo’l-ko’l arpa otni ham o’ldiradi.
– Dehqonga qovun sotilmaydi.
– Bitta laylak bilan bahor kelib qolmaydi.
– Bitta chiroq qirq kishini yoritadi.
– Bitta gul bilan bahor kelib qolmaydi.
– Bitta asalari bir uya pashshadan afzal.
– Ba’zilar yeyish uchun yashaydi, ba’zilar yashash uchun yeydilar.
– Bir zarb bilan daraxtni qulatolmaysan.
– Bir qo’l bilan qarsak chalolmaysan.
– Bir o’q bilan ikki qushni urolmaysan.
– Burgut pashsha tutmaydi.
– Eshak ot bo’lolmaydi, jigar – go’sht.
– Buqa hazil qilsa ko’zsiz qolasan.
– Ota bolaga bog’ni berdi, bola otaga bir bosh uzumini minnat qildi.
– Otang – piyoz, onang sarimsoq bo’lsa, sen qanday atirgul bo’laqolding?
– Podadan qolgan qo’y, bo’riga yem bo’ladi.
– Tuyadanam kattasi bor – fil.
– Jayron quvigan o’tloqqa boradi, cho’chqa quvigan balchiqqa.
– Eshakka egar topgunimcha, uni bo’ri yeb ketdi.
– Temir ishlab tursa, zanglamaydi.
– Ilonni dumiga tegmasang, seni chaqmaydi.
– Olish oson, berish qiyin.
– Eshakning egari o’zidan katta.
– Cho’chqacha xurxurlashni cho’chqadan o’rganadi.
– O’t va o’tin do’stlasholmaydi.
– Chevar juldur kiyimga yalchimaydi.
– Ishni dangasaga topshirsang, senga aql o’rgatadi.
– Bo’riga qo’ylarni boqishni topshirishibdi.
– “Yo’q”ni eksang, “hech narsa” o’rasan.
– Haqqoniy so’z doim achchiq.
– Rostgo’y hammani ro’stgo’y deb o’ylaydi, yolg’onchiga hamma yolg’onchi.
– Kiyimi ho’l yomg’irdan qo’rqmaydi.
– Birovning qo’lidagi yara, devordagi teshikka o’xshaydi.
– Qilich yarasi bitar, til yarasi bitmaydi.
– Ota-onalar bolalarda davom etadi.
– Yaqining kelmay qo’ysa, begonaga aylanadi, begona kelaverib, qarindoshga aylanadi.
– Qo’l qo’lni yuvadi, ikki qo’l – yuzni.
– Qo’l ishlaydi, bosh topshiriq beradi.
– Maqol bilan bahslasholmaysan.
– Egri o’tirsang ham to’g’ri gapir.
– Eshakka bolasi aziz.
– It tuyaga qancha hurimasin, u eshitmaydi.
– “Holva-holva” deganing bilan og’zing shirin bo’lib qolmaydi.
– Qancha tilni bilsang, shuncha odamni taniysan.
– Shirin gap bilan ilon inidan chiqadi.
– Fil eshak bo’lolmaydi.
– Tashi – qasr, ichi – katak.
– Tishlaydigan it tishini ko’rsatmaydi.
– G’iybatchi – doim yolg’onchi, yolg’onchi – doim g’iybatchi.
– So’rab tog’ oshasan, so’ramay to’g’ri yo’lda ham adashasan.
– Qari tulki qopqonga tutilmaydi.
– Haqiqiy so’z – o’z vaqtida aytilsan so’zdir.
– Sho’x sigirning buzog’i ham to’polonchi.
– Yolg’onchining uyi kuysa, hech kim ishonmaydi.
– Tayoqning ikki tomoni bor.
– Yo’qolgan boltaning sopi oltindan.
– Seni hurmatlashlarini xohlasang, boshqalarga hurmatda bo’l.
– Onasini bilib, qizini ol, ipini ko’rib matoni ol.
– Yirtqich qushni tumshug’idan biladilar.
– Odam o’z kuchini bilmaydi.
– Tom qancha katta bo’lsa, shuncha ko’p qor tushadi.
– Cho’ponning kichigi bo’lguncha, cho’chqaboqarning kattasi bo’l.
– Yomon xabar tez tarqaladi.
– Yolg’on bilan sotilgan mol daromad keltirmaydi.
– Ekkaningni o’rasan.
– Oqib ketgan qaytib kelmaydi.
– Begona xotin qizdek ko’rinadi.
– Begonaga tegma, o’zingnikidan qolma.
– Til qilichdan o’tkir.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari.