– Olmos olmos bilan kesiladi.
– Do‘zax ezgu ishlar bilan o‘ralgan.
– Ishtaha ovqat payti keladi.
– Balo – yaxshi o‘qituvchi.
– Falokat kamdan-kam holatda bir o‘zi keladi.
– Moli kam odam kambag‘al emas, ko‘p mol istovchi odam kambag‘al.
– Do‘stlari yo‘q odam eng kambag‘aldir.
– Kambag‘allik uyat emas, nochorlikdan uyalish – uyat.
– Kambag‘allik gunoh emas.
– Kambag‘al tanlab o‘tirmaydi.
– Umidsiz yurak yorilib o‘lardi.
– Asalarisiz asal ololmaysan, ishlamasdan pul ololmaysan.
– Mehnatsiz daromad yo‘q.
– Mashaqqatsiz muvaffaqiyat yo‘q.
– Faqat o‘liklargina gunoh qilmaydilar.
– Bekorchilikdan aql o‘tmaslashadi.
– Yog‘ surtilgan noningni avayla.
– Indamas itdan va sokin suvdan ehtiyot bo‘l.
– Qurigan quduqdan suv tortish befoydadir.
– Farovonlik do‘stlikni paydo qiladi, qiyinchilik uni sinaydi.
– Ehtiyotkorlik qahramonlikning eng asosiy qismidir.
– Xayr-ehson o‘z uyingdan boshlanadi.
– Harakat qilganga Xudo ham yordam beradi.
– Boylik – katta qullikdir.
– Sog‘liksiz boylik hech narsadir.
– Boylik uchib ketadi, hurmat-ehtirom qoladi.
– Haqiqiy do‘stlari bor odam boydir.
– Kasallik – ko‘ngilxushlikning badalidir.
– Vaysaqi odam o‘g‘ridan battardir.
– Katta baliq kichiklarini yeb bitiradi.
– Kam ish qilgan ko‘p maqtanadi.
– Katta kema chuqur dengizni talab qiladi.
– Uylanish – bu lotereya.
– Nikoh osmonda o‘qiladi.
– Va’da berishga emas, uni bajarishga shoshil.
– Buqa shoxidan, odam tilidan tutiladi.
– Katta shahar – katta yolg‘izlik uyasidir.
– Yopiq og‘izga pashsha kirmaydi.
– Sog‘ tanda – sog‘lom ruh.
– Har qonundan yo‘l topsa bo‘ladi.
– Kichik tanada katta qalb yotadi.
– Qancha tutilgan bo‘lmasin, dunyoda hali ko‘pgina yaxshi baliqlar bor.
– Yumshoq buyruqda buyuk kuch bo‘ladi.
– Asrlar bo‘yi tiklangan binoni bir soatda vayron qilish mumkin.
– Ilojsizlik paytida qo‘rqoq mardga aylanishi mumkin.
– Sokin dengizda hamma ham sarbon bo‘la oladi.
– Qorong‘ida hamma mushuklar kulrang ko‘rinadi.
– Rimda o‘zingni rimliklar kabi tut.
– Muloyim inkor qo‘pol rozilikdan yaxshidir.
– Buyuk ishlar abadiy turadi.
– Tuya o‘ziga shox qidirib, qulog‘idan ayrilibdi.
– Haqiqiy do‘st barcha dardlaringga davodir.
– Quvnoq kayfiyat – eng yaxshi dori.
– Shamolni to‘r bilan tutib bo‘lmaydi.
– Sharob kirsa, aql chiqadi.
– Hayotning go‘zalligi – xilma-xillikda.
– Tashqi ko‘rinish aldamchidir.
– Urush – qirollarning ko‘ngilxushligidir.
– Urush uni bilmagan insonlarni o‘ziga chorlaydi.
– Urush baxtsizlik keltiradi.
– Bo‘ri terisini tashlashi mumkin, lekin fe’lini tashlamaydi.
– Bo‘ri bo‘ri bilan hech qachon urushmaydi.
– O’g‘ri doim o‘g‘riligicha qoladi.
– Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini o‘ymaydi.
– Har kun ham yakshanba bo‘lavermaydi.
– Tabib bemor o‘lganda keladi.
– Vaqtlar o‘zgaradi.
– Vaqt – buyuk tabib.
– Hammasini vaqt davolaydi.
– Vaqt va to‘lqin hech kimni kutmaydi.
– Vaqt va sabr tutni ipakka aylantiradi.
– Vaqt uchadi.
– Vaqt mo‘‘jizalar yaratadi.
– Hamma ayollar yaxshi. Lekin yomon xotinlar qaerdan paydo bo‘ladi?
– Hamma yo‘llar Rimga olib boradi.
– Ko‘p xohlasang ko‘p yo‘qotasan.
– Har narsaning boshlanishi bor.
– Hamma eshaklar quloq silkitadi.
– Kutishni bilgan hammasiga erishadi.
– Har yaxshilikning oxiri bor.
– Xohish bilan qilingan ish tez bitadi.
– Har ishning o‘z vaqti va joyi bo‘ladi.
– Har ona g‘ozchasini oqqush deb ataydi.
– Hamma qush o‘z inini sevadi.
– Hamma eshak o‘z hangrashini eshitishni xush ko‘radi.
– Ikkinchi fikr birinchisidan yaxshi.
– Qaerda ifloslik bo‘lsa, shu yerda pul yotadi.
– Ko‘z qorindan kattadir.
– Ko‘z – ko‘ngil oynasi.
– Do‘stning ko‘zi – eng yaxshi oyna.
– Xalq ovozi – Haq ovozi.
– Eng axmoq qush – inini bulg‘agan qushdir.
– Eng esi past baliq – bir qarmoqqa ikki marta ilinganidir.
– Ahmoq va esi pastlar haqiqatni gapiradilar.
– G’azab – insonning ashaddiy dushmanidir.
– G’azab – qisqa jinnilikdir.
– Chirigan olma qo‘shnilarini ham buzadi.
– O’ylamay gapirish nishonga olmay o‘q otish kabidir.
– Yoshning yelkasiga qarining boshi joylashmaydi.
– Ochlik – eng yaxshi ziravordir.
– Ochlik tosh devorlarni sindiradi.
– Och qorin eshitmaydi.
– Kutilayotgan choynak hech qachon qaynamaydi.
– Qaynoq sevgi tez yonib, tez so‘nadi.
– Qo‘pollik sevgini o‘ldiradi.
– Qo‘pol so‘z suyakni sindirmaydi.
– Oltin yuklangan eshak qasr tomiga chiqa oladi.
– O’zing tanlagan yukni qiynalmay ko‘tarasan.
– Pul va kir birga yuradi.
– Hatto Gomer ham bexosdan uxlab qolishi mumkin.
– Sukut qilib ham xato qilish mumkin.
– Hatto Quyoshning ham dog‘i bor.
– Eng zo‘r baliqning ham uch kundan keyin hidi kelib qoladi.
– Shakar bilan ham shirin ovqatni buzish mumkin.
– Ahmoqqa keragicha arqon bersang, o‘zini osadi.
– Ko‘zdan uzoq – yurakdan uzoq.
– Hadya otning og‘ziga qarama.
– Ikki qoradan bir oq paydo bo‘ladi.
– Ikki o‘lchab, bir kes.
– Ikkita kalla, bitta boshdan yaxshidir.
– Ikkita it suyak uchun urushsa, uchinchisi uni tortib olib qochadi.
– Bir suyak ikki itga yetadi.
– Eshik yopiq bo‘lishi kerak yoki ochiq.
– So‘zga emas, ishga boq.
– Mehnat – hayotning tuzidir.
– Pul – yaxshi xizmatchi, ammo yomon xo‘jayindir.
– Pul gapiradi.
– Pulning hidi bo‘lmaydi.
– Pul pulni tug‘adi.
– Ta’lim uchun sarflangan pul hech qachon behudaga ketmaydi.
– Daraxtni yoshligida egsa bo‘ladi.
– Daraxtning qandayligi mevasidan bilinadi.
– Bolalar – kambag‘allarning boyligidir.
– Jek ko‘p hunarlarni biladi, lekin birontasidan usta emas.
– Boylar uchun bir qonun, kambag‘allar uchun boshqa qonun.
– Janjal uchun ikki kishi kerak.
– Ezgu nom – zulmatda ziyo.
– Ezgu qalb – tojdan qimmat.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari.