– Kambag’allik – janjallar ildizi.
– Qiyinchiliksiz baxtga erishib bo’lmaydi.
– Bekorchilik shaytoniy fikrlarni keltirib chiqaradi.
– Burni yo’qqa oyna ko’rsatsang jahli chiqadi.
– Boyga yashash maza, kambag’alga nafas olish ham qiyin.
– Boylik bulutning soyasi kabidir.
– Boylik – ahmoqning o’yi, ezgulik – yaxshining.
– Chang sochib, oyni to’solmaysan.
– Tezda bitgan ish yaxshi bo’lmaydi.
– Yo’qchilikda do’stlar bo’lmaydi.
– Kuchsiz odam darg’azab bo’ladi.
– Qog’oz qayiq bilan daryoda suzolmaysan.
– Suvda timsoh bilan olishma.
– Kuch – birlikda.
– Kimning vijdoni bo’lmasa, unga omad yor bo’lmaydi.
– Qiyinchilikda vaqt sekin o’tadi.
– Ko’r kechqurunda uzoqni ko’radi.
– Qarg’a dono bo’lgani bilan chiqindi titadi.
– Qarg’ani atirgulli suvda cho’miltirsang ham qora qanoti oqarmaydi.
– Tabibda burgutning ko’zi, sherning yuragi, ayolning qo’li bo’lishi kerak.
– Hunarning osoni yo’q.
– Timsohning og’zidan qutulib, yo’lbarsga tutildi.
– Qadrlovchi bo’lmagan joyda gavharning qadri yo’q.
– Qahramonlikni ko’kka ko’tarish shart emas.
– Sopol tuvak sopol ko’zani maqtarkan.
– Axmoqlik qo’rquv bilmaydi.
– Lablar, qo’llar, ko’kraklar – hamma ayolda bir, ammo har birining o’z yuragi bor.
– Agar hasharotlar ko’p bo’lsa, hatto kalondimog’ ilonni ham nobud qiladi.
– Daryo bo’yida yashasang ham timsoh bilan do’st bo’lolmaysan.
– Kun shafaq bilan tugaydi, tun tong bilan tugaydi. Xursandchilik g’am bilan tugaydi, g’am quvonch bilan tugaydi.
– Pulga Xudoga sajda qilgandan ko’p egiladilar.
– Daraxt uni kesib tashlagani kelgan odamga ham soyasini ayamaydi.
– Daraxtni mevasidan biladilar.
– Bolalar bir otadan, lekin fe’li ko’pchilikdan.
– Qimmatbaho toshga iflos tegsa ham bahosini yo’qotmaydi.
– Axmoq gapirmasdan avval aqlli ko’rinadi.
– Qalb bitta, xohishlar esa mingta.
– Shamol bo’lmasa daraxt qimirlamaydi.
– Ayol, shamol va omad doimiy turmaydi.
– Bitta guldan chambar qilib bo’lmaydi.
– O’rmondagi bitta yomon daraxtga o’t tushsa, hammasi baravar yonadi.
– Ba’zida ko’r ham bedanani tutib olishi mumkin.
– Taqiqlangan narsaga yurak tortaveradi.
– Har narsaning o’z vaqti bor.
– O’z farzanding tarbiyasiz, xunuk, aqlsiz, buzuq bo’lmasin – baribir yuragingdan quvonasan.
– Baqalar gapga kirishganda, yaxshisi sen jim tur.
– Birovga maslahat berishga kelganda hamma dono bo’lib ketadi.
– Quyosh chiqishi bilan yulduzlar g’oyib bo’ladi.
– O’lim kelayotganda it ham ibodatxonaga shoshiladi.
– Xudo kimni jazolamoqchi bo’lsa, uni aqldan qisib qo’yadi.
– Go’zallik uchun pardoz kerak bo’lmaydi.
– Kim bedor bo’lsa, unga xavf yo’q.
– Chanqagan odam daryoning qurigan o’zanini ham qazishga tayyor turadi.
– Kim jahlga jahl bilan javob bermasa, o’ziniyam boshqaniyam saqlab qoladi.
– Sher yeyishga hech narsa qolmasa ham o’t yemaydi.
– Xushomad – eng bozori chaqqon mol.
– Ahmoq bilan do’st bo’lguncha, dono bilan dushman bo’l.
– Bekorchilikdan tekinga ishlash afzal.
– Ahmoq do’stdan aqlli dushman afzal.
– Odam uchun eng yaxshi dori – odam.
– Kam gapirib, ko’p fikr qil.
– Tabib o’zi bemor bo’lsa, boshqalarni qanday davolasin?
– Sukut yolg’on so’zdan afzal.
– Aqlli insonlar vaqtini nazm va fan bilan, ahmoqlar g’iybat, tush va janjal bilan o’tkazadi.
– Aqlli insonlar yo’qotilgan, o’lgan va o’tgan narsalarga achinmaydilar.
– Toza joydagi kir xunuk ko’rinadi.
– Tilida asal – yuragida zahar.
– Ichkilik boshlanishi bilan aql yo’qoladi.
– Shirinlikni bir o’zing yema, bir o’zing ishni hal qilma, bir o’zing sayohatga chiqma, uxlayotganlar orasida bir o’zing bedor bo’lma.
– Joyiga ekilmagan ekin meva bermaydi.
– Shirin kalom asaldan shirin.
– O’lmasdan jannatni ko’rolmaysan.
– Muloyimlik terining yumshoqligi bilan emas, xulq-atvor bilan o’lchanadi.
– Agar qalbingda zarracha ezgulik yo’q bo’lsa, hech bo’lmasa o’zingni yaxshilardek tut.
– Adolatdan ortiq ezgulik yo’q, yolg’ondan ortiq nuqson yo’q.
– Odamni ezgu kalomdan ortiq hech narsa ruhlantirolmaydi.
– Yangi xizmatkor sherni ham o’ldirishi mumkin.
– Umid – kashfiyotning onasi.
– Bulut shamolga teskari yurmaydi.
– Bir gapirsa – o’n quloq soladi.
– Olmos ohaktoshdan farqlangani kabi, odam bilan odamning ham farqi bor.
– Bitta mash’al bilan dengizni yoqib bo’lmaydi.
– Ikkita “men senga beraman”dan, bitta “ol” yaxshi.
– Oltindan bo’lgan kishan ham og’ir.
– Bedana uni osmonga otganning boshiga qo’nadi.
– Vaqti kelganda ahmoqqa ham xushomad qiladilar.
– Avval o’zingni yeng, so’ng dushmanlaringni.
– O’z-o’zini yengish boshqalardan yengilishdan xayrlidir.
– Aybdor doim ikkilanishda yuradi.
– Vaqtlar o’tadi, do’st dushmanga, dushman do’stga aylanadi.
– O’z ishing uchun narigi sohilga ham suzib borasan.
– Toza ko’ldan iflos suv oqadimi?
– Olifta ahmoq majlisda so’z ochmasdan avval yarqirab ko’rinadi.
– Sarf ozu, maqsadlar osmonda.
– Tashlandiq uy bilan aloqa qilmaydilar.
– To’g’riso’z odam bilan do’stlash, laganbardordan ehtiyot bo’l.
– Eng muhimi – o’z ishing.
– Birovning boyligi va o’zingning aqling doim orttirib ko’rsatiladi.
– O’z vaqtida bajarilmagan ish – qilinmagan bilan barobar.
– O’z uyida timsoh filni ham yengadi, uyidan chiqqanda esa itdan ham qochadi.
– Qancha soz bo’lsa, shuncha musiqa yangraydi.
– Insonda qancha fazilat bo’lsa, shuncha kamchilik ham bor.
– Odam qancha bo’lsa, aql ham shuncha.
– Qancha urinsang ham qarqaraga gapirishni o’rgatolmaysan.
– Ko’r ko’r bilan gaplashsa, doim xafa bo’ladi.
– Oldin ishla, keyin talab qil.
– G’am kelganda dalda bo’lish qurg’oqchilikda yomg’ir yoqqanga o’xshaydi.
– Qari to’tini hech narsaga o’rgatolmaysan.
– Halokat kelmasidan oldin undan qo’rq.
– Nishon ikkita, o’q bitta.
– Kamondan otilgan o’q qaytmaydi.
– Butunga erishaman deb yarimdan qolma.
– Baxtliga hamma baxtli ko’rinadi.
– Yo’lbars va qo’y bir daryodan suv ichadi.
– Guldurak bo’lgan bilan yomg’ir yog’avermaydi.
– Haqiqiy usta tajriba bilangina mahoratga erishadi.
– Ajriqdan to’qilgan arqon bilan filni ham jilovlash mumkin.
– Ahmoqning oqargan sochi quyoshdan.
– Zarba doim og’riyotgan joyga tushadi.
– Qulay vaziyatni qo’ldan boy berma.
– Mo’tadillik – katta boylik.
– Aqlliga – ta’zim, ahmoqqa – tarsaki.
– Charchagan tuya karvonsaroyga shoshiladi.
– Inson qadri o’lgandan so’ng bilinadi.
– Ibodatxonaga borgan bilan odam yaxshi bo’lib qolmaydi.
– Ming marta o’qitgandan bir marta ko’rsatgan yaxshi.
– Yer ustida nima bo’lsa, ostida ham shu bor.
– Uyga o’t ketganda quduq kovlashdan foyda yo’q.
– Tuhmat qilish uchun ham qobiliyat kerak.
– Birovning boshi oshqovoqqa o’xshaydi.
– Oyoqdagi tikanni tikan bilan olinadi.
– Tilni yuganda ushlash kerak.
– Chaqimchining tilini tutolmaysan.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari.