– Erkalatilgan it kuchukka aylanadi.
– Qo’mondonsiz qo’shin – dehqonsiz dala.
– Dushmanning yerini haydasang, dushman senikini egallaydi.
– To’g’ri qurgan uyni makkor buzadi.
– Vaqtinchalik do’stlik – mangu qullikdir.
– Sen o’zingga ehtiyot bo’lsang, Xudo sen bilan.
– Ikki yomondan tanlash imkoni yo’q.
– Kambag’alning noni bo’lganda tuzi bo’lmaydi, tuzi bo’lganda noni.
– Kim ko’p yesa, uxlay olmaydi.
– Kim uyatni his qilsa, qarzni ham his qiladi.
– Sharob ichib maza qilgan yo’lda uxlab qoladi.
– Yomonlik qilmasang – doim qo’rqmaysan.
– Cho’pon dehqon bo’lishga harakat qilmaydi.
– Kuchli va mag’rur chiqisha olmaydi.
– Yolg’on gapirib, so’ng rostini aytsang-da, senga ishonishmaydi.
– Baxt topiladi, yomonlik unutiladi.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari.