- Bolasiz uyda baxt bo’lmaydi.
- Boy boshpanasiz bo’lmaydi.
- Boshlanmagan ishga ilon o’tiradi.
- O’z uyasida sichqon ham botir.
- Ayiqning boshini ko’rdingmi – uning izini qidirma.
- Shirin taom odamni quvnatadi.
- Ho’kizga semizlik, yigitga qotmalik yarashadi.
- Bo’ri qaysi cho’ponning qo’yini o’g’irlash mumkinligini uning qalpog’idan biladi.
- Qarg’a go’sht bor joyda aylanadi.
- Tarbiya – bebaho boylik.
- Tabibga hamma do’st.
- Qishloq ahlining hammasi ahmoq bo’lolmaydi, ahmoqlar ichida aqllisi ham topiladi.
- Mushuklar yo’q joyda sichqonlar erkin yuradi.
- Qaerda yaxshi qariyalar bo’lmasa, yaxshi yoshlar ham bo’lmaydi.
- Qaerga qo’ysang, o’sha yerdan olasan.
- Asal qaerda bo’lsa, asalari ham o’sha yerda.
- Qaerda shovqin ko’p bo’lsa, u yerda aql kam.
- Ahmoq zahirasini tez yeb qo’yadi.
- Avval o’ylab, so’ng gapir, avval ko’rib, so’ng o’tir.
- Mehmon tayyor, mezbon doim tayyor bo’lavermaydi.
- Mehmon qo’ydan ham sipo.
- Tuya ham yiliga bir marta xursandchilik qiladi.
- Suvda ikkita tosh bo’ldimi, to’qnashadi.
- Ikki qirg’iy urishsa, o’ljani qarg’a olib qochadi.
- Ikki qichima ot – do’st.
- Birinchi marta tikayotgan qiz tikishni o’rganayotgan qariyaga o’xshaydi.
- Ayiq bo’rini jundor deb o’ylaydi.
- O’nta sichqon birlashib, katta pishloqni o’g’irlaydi.
- Ko’r uchun oy nur sochmaydi, bolasiz xotinning chaqalog’i yig’lamaydi.
- O’lgan bo’riga pichoq o’qtama.
- Do’st – sening oynang.
- Qorin to’q bo’lsa, non xomga o’xshaydi.
- Yo’lboshchi yaxshi bo’lsa, uning ortidagilar ham yomon emas.
- Jangchining ruhi tushsa, oti ham sakramaydi.
- Agar sutga uzoq termulsang – unda qonni ko’rasan.
- Bilmasang, so’rash ayb emas.
- Seni do’pposlaganni sen ham urmasang, u sening qo’ling borligini bilmaydi.
- Maslahat qilishga hech kim topilmasa, qalpog’ingni yech-da, u bilan maslahatlash.
- Agar bir erkak seni uch marta aldasa – sen ahmoqsan, agar bir chuqurga uch marta qulasang – sen ko’rsan.
- Burgut qanotini hadeb qoqaversa, uziladi.
- Qalbing ko’rmaganini ko’zing ham ko’rmaydi.
- Ko’p eshitsang – kam gapirasan.
- Bahs janjal bilan tugasa, begonalar zarar ko’radi.
- Sen haq bo’lsang – kuchlisan.
- Birga yeyish maza, birga ishlash mazza.
- Ajrashmoqchi bo’lgan ayolingni badnom qilma.
- Hasadchi baxtsiz bo’lib qoladi.
- O’limda ham mardlik bor.
- Jim turganda ahmoq ham aqlli.
- Aldamasa qopqon ham tutolmaydi.
- Choynakdan unda yo’q narsa quyilmaydi.
- Yerni qanday parvarish qilsang, bahosi shuncha ortadi.
- Itingni qanday nomlasang, uni shunday atashadi.
- Kitoblar – bilimlar kaliti.
- Qarg’aga ko’z berilganida qosh ham so’ragan ekan.
- Yem oz bo’lsa, buzoqcha to’ymas bo’lib qoladi.
- Yolg’onchi rost gapirsa ham hech kim ishonmaydi.
- Bolakay yugurganida qariyaning oyog’i og’riydi.
- Cho’pon ko’p bo’lsa, qo’ylar harom o’ladi.
- Daryo qariyani oqizib ketganda, u ham “oyi” deb baqirgan ekan.
- Kimning boshi chiroyli deyishganda, toshbaqa boshini chiqargan ekan.
- Kimni xo’jayin desang, u seni quldek qabul qiladi.
- Mozorga olib borilgan odamni qaytarib olib kelishmaydi.
- Shoxsiz echki shoxim o’smayapti-yu deb, o’zini yoshman deb o’ylarkan.
- Sen bilan ishi yo’q odamga bosh og’riqlaringni gapirma.
- Otingga va xotiningga ishonib qolma.
- Suti oz sigir boshqalardan ko’p ma’raydi.
- Suyakni go’sht bezaydi, badanni kiyim.
- Yirik yomg’ir tez o’tib ketadi.
- Otdan qo’rqqan egardan ham qo’rqadi.
- Tuz yegan suv ham ichadi.
- Oziga rozi bo’lmagan, ko’piga ham rahmat demaydi.
- Asal yegan qo’lini ham yalaydi.
- Kim bolani boqsa, o’sha unga ona.
- Ko’p yashagan ko’p biladi.
- O’tirganingda seni ko’rmagan turganingda ham e’tibor bermaydi.
- Aytishdan uyalmagan qilishdan ham uyalmaydi.
- Kattalarni hurmat qilmaganni boshqalar ham hurmat qilmaydi.
- Vabodan omon qolgan ichkilikdan o’libdi.
- Kim avvalroq o’lsa, uni oldinroq mozorga olib borishadi.
- O’z joyini bilmagan joysiz qoladi.
- Shirin so’z qalbni yumshatadi.
- Yaxshi qo’zi ikki onani emadi.
- O’rmonga va qorong’i kechaga o’z sirlaringni ishonma.
- Ahmoq do’stdan aqlli dushman afzal.
- Yomon yo’ldoshdan, yaxshi qurol afzal.
- Yoshga yo’l-yo’riq beradilar, qariga o’rgatadilar.
- Erkak erkakligicha o’ladi.
- Onasini ko’rib, qiziga uylan.
- Tikan bor joyda tikan o’smaydi.
- Kimning aravasida o’tirsang, o’shaning kuyini chal.
- O’g’rining umidi boshqalarning bilib qolmasligida.
- Ishdayam, yo’lda ham sinalmagan odamni so’kma ham, maqtama ham.
- O’zing ichadigan suvga o’lik itni tashlama.
- Uxlayotgan ayiqni uyg’otma, qo’rqmaydigan odamdan xafa bo’lma.
- Qilichni ikki marta chiqarma, so’zingni ikki marta qaytarma.
- Iting tishlamasligini va oting sakramasligini hech qachon gapirma.
- Yiqilgan odamdan kulma.
- Tarbiyasizlik – tuzalmas kasallik, ahmoqlik – chorasiz kasallik.
- Belgilanmagan muddat – uzoq, belgilangani tez keladi.
- Qo’l uchida ekilgan nihol qurib qoladi.
- Kechasi yaqindagi yonayotgan alangaga borma, uzoq bo’lsa-da it hurigan joyga bor.
- Oti bor qolib, egari bor manzilga yetdi.
- Farzandsiz ota – suyaksiz go’sht.
- Qo’rqqan jangchini uzoq ta’qib qilma.
- Piyoda doim chavandozdan kuladi.
- Yomon xabar tez tarqaladi.
- Yomg’irdan so’ng to’nni olma.
- Onaning odatlari qiz uchun andoza.
- Mehmonning kelishi – o’zining ishi, ketishi – mezbonning.
- Kalla bo’shligi – oyoq og’rig’i.
- Sigirning oyog’i buzoqni o’ldiradimi?
- Echkidan buzoq tug’iladimi?
- Qilich yarasi bitadi, tilniki bitmaydi.
- Kamtarlik – eng chiroyli kiyim.
- Go’ngqarg’aga bolasi chiroyli.
- Yomonlik qilib, yaxshilik kutma.
- Yolg’onchining so’zi qumga yozilgan kabidir.
- Itni aybsiz o’ldirma, aybsiz ayol bilan ajrashma.
- Musobaqalashgan boyiydi, makr qilgan tarqab ketadi.
- Eski do’st dushman bo’lmaydi, eski dushman do’st bo’lib qolmaydi.
- Eski do’st eski kumush kabidir.
- Uch kishi bilgan sir – sir emas.
- Xola – ona kabidir, amma – ota kabidir.
- Qo’rqoq oldin uradi.
- Qo’rqoq o’z maydonida ham qo’rqadi.
- Kambag’alning terisi qalin.
- Boyning iti ham maysada o’tlaydi.
- Har ishning o’z gali bor.
- Mehmoni ko’pning bolalari och qolmaydi.
- Kimning ko’ylagi temirdan bo’lsa, unga temir igna kerak bo’ladi.
- Kimning kamchiligi ko’p bo’lsa, u boshqalardan kamchilik qidiradi.
- Oyoq kiyimi qisayotgan va yeydigani kam odam – bir xil vaziyatda.
- Kimda 1 farzand, kimda 40 ta – hammasi qadrli.
- Yolg’onchining bitta rosti bor edi, uniyam it yeb qo’ydi.
- Yolg’onning oyog’i qisqa.
- Aqllini ko’rolmaydiganlar ko’p.
- Chumolining o’limi oldidan qanoti o’sadi.
- Kimdadir o’nta po’stin, boshqa o’n kishida po’stin yo’q.
- Yaxshi odamning xotini yarim yo’lda qolmaydi.
- Aqlning bahosi bo’lmaydi, tarbiyaning – chegarasi.
- Aql – sharaf, boylik – baxt.
- Eskini maqtab, yangisini ol.
- Ayyordan maslahat olma.
- Mavsum oxiridagi yaxshi havo va boyvuchcha bilan do’stlik doimiy bo’lmaydi.
- Yaxshi xo’kizni buzog’idan bilasan.
- Yaxshi qurol – yaxshi yo’ldosh.
- Cho’pon ochlikdan o’lsa, “uning qorni yog’ bosib ketgan” deyisharkan.
- Tekinxo’r akadan mehribon do’st yaxshi.
- Bir qishloq to’la qarindoshdan, har qishloqdan bitta qarindosh afzal.
- Umuman opasi bo’lmagandan bitta ko’r opa afzal.
- Qalbga yoqimli narsa ko’zga ham chiroyli ko’rinadi.
- Ko’r nimani topsa, qattiq ushlaydi.
- Qarilar uchun aytilganini – bajar, yoshlar uchun tayyorlanganini – ye.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari.