• Bir kun tilingni tiymasang, bir yil uning azobini chekasan.
• Avval eshagingni bog‘la, so‘ng Allohga topshir.
• Qurol, xotin va itingni qarzga berma.
• Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.
• O’lim ikki marta kelmaydi.
• Sening suhbating ― kumush, sukutining ― oltin.
• Olmosni iflos joyga tashlasang ham olmosligicha qoladi.
• Olmos olmos bilan kesiladi, o‘g‘rini o‘g‘ri tunaydi.
• Tutundan qochib olovga tutilma.
• Shamolsiz yaproq qimirlamaydi.
• Farzandsizlik ― azob, serfarzandlik ham ― azob.
• Kamchiliksiz to‘y bo‘lmaydi.
• Asalari chaqmasidan asal yeyolmaysan.
• Mehnat qilmay quyonni tutolmaysan.
• Uzoqning bug‘doyidan yaqinning somoni yaxshi.
• Soqol echkida ham bor, mo‘ylov mushukda ham bor.
• Bosh omon bo‘lsa, qalpoq topiladi.
• Paqir bo‘lsa qopqoq ham topiladi.
• O’rmonga o‘tin olib bormaydilar.
• Ko‘rshapalak kunduzi ko‘rmasa, Quyosh aybdor emas.
• Odam tarbiya qilsa ham bo‘ri bo‘riligichga qoladi.
• Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini o‘ymaydi.
• Kesilgan nonni qayta yopishtirib bo‘lmaganidek, aytilgan so‘zni ham ortga qaytarib bo‘lmaydi.
• Cho‘pon ko‘p bo‘lsa qo‘y harom o‘ladi.
• Egri o‘tirsang ham to‘g‘ri gapir.
• Bir tugunga ikki tarvuz sig‘maydi.
• Yomonga kecha ham kunduz ham qorong‘i.
• Bitta kichkina buzoq butun podani yomon otliq qilishi mumkin.
• Yaxshilikka yaxshilikni hamma qaytaradi, yomonlikka yaxshilik esa ― mardning ishi.
• G’ozni kutib o‘rdakdan qolma.
• Ikki bekalik uy iflosdir.
• Bolali uy ― bozor, bolasiz uy ― mozor.
• Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit.
• Agar Xudo buqaga qanot berganida, u hamma uyni vayron qilardi.
• Agar mushukning qanoti bo‘lganida hamma chumchuqni tutib yerdi.
• Och ayiq o‘ynamaydi.
• Ikki dorboz bir arqonda o‘ynamaydi.
• Ikki qo‘chqorning kallasini bir tovoqqa joylolmaysan.
• Ko‘r tovuqqa kurmak ham ― bug‘doy.
• Agar kosov uzun bo‘lsa, qo‘lingni kuydirmaysan.
• Senga kasallik yetsa, molingni ham o‘g‘irlashadi.
• Qanday ovqat bo‘lsa tovoq ham shunday, odam qanday bo‘lsa kiyimi ham shunday.
• Otni taqalansa, qurbaqa ham qo‘lini tortarkan.
• Odamning ishi yurishsa, tuprog‘i ham oltinga aylanadi.
• Ot to‘rt oyoqda bo‘lsayam qoqinadi.
• Mushukka ― ermak, sichqonga ― o‘lim.
• Sichqon o‘z iniga zo‘rg‘a sig‘adi-yu, dumiga savatcha osib olibdi.
• Nodonning qo‘lidan suv ham ichma.
• Ko‘tarolmagan narsanngni ko‘tarishga urinma.
• Boshqalarning qo‘shig‘ini aytma.
• Yiqilayotgan qoqinishga ulgurmaydi.
• Qolgan ishga qor yog‘adi.
• Yig‘lamagan bolani emizmaydilar.
• Bag‘doddan yaxshi shahar yo‘q, onadan yaxshi do‘st yo‘q.
• Omadsizga shamol ham to‘g‘ridan uradi.
• Un ham emas, xamir ham emas.
• Ip ham ingichka joyida uziladi.
• Iplar birlashsa arqon bo‘ladi.
• Podadan ayrilgan qo‘y bo‘riga yem bo‘ladi.
• Olovni etak bilan o‘chirib bo‘lmaydi.
• Kimdir yoshligida baxtli bo‘ladi, kimdir qarilikda baxtga erishadi.
• Birinchi kun ― “mehmon”, ikkinchi kun ― “mehmon”, uchinchi kun ― ket endi, munofiq.
• Bir zarba bilan daraxtni qulatolmaysan.
• Bir qo‘lda ikki tarvuzni ko‘tarolmaysan.
• Arg‘umoqdan toy tug‘iladi, telbadan ― telba.
• Bitta beshikdan ola ot ham, malla ot ham yaraladi.
• Yolg‘iz otdan chang chiqmaydi.
• Qalb omon bo‘lsa, umid qilsa bo‘ladi.
• Dangasaga ish buyursang, senga qanday bajarishni o‘rgatadi.
• To‘ydan keyingi qo‘shiq ortiqcha.
• Chetiga qarab mato tanla, onasini ko‘rib, qizini ol.
• Haqiqat doim achchiq.
• Sut bilan kirgan odat, jon bilan chiqadi.
• Sotilgan sigirning suti mo‘l.
• O’tgan ishni ko‘z yosh bilan qaytarolmaysan.
• Jarohat yarasi bitadi, til yarasi bitmaydi.
• Farzandni bolalikdan tarbiyala.
• Shoxli ho‘kizga egar yarashmaydi.
• Bir qo‘ydan ikki teri ololmaysan.
• O’zi to‘q, ko‘zi ― och.
• Daraxt ― achchiq, mevasi ― shirin.
• To‘y bazmiga janjal yonma-yon.
• To‘ydan oldin raqsga tushma.
• O’zingning qora noning birovning patiridan afzal.
• O’zingning atalang boshqaning bo‘tqasidan afzal.
• Onaning ko‘ngli ― bolada, bolaning ko‘ngli ― ko‘chada.
• Aytilgan so‘z ― otilgan o‘q.
• Qancha suzgan bilan qo‘chqor tog‘ni yiqitolmaydi.
• Suv bilan qancha aralashtirma, yog‘ni ko‘pchitolmaysan.
• Ho‘kiz o‘lsa ― suyagi qoladi, odam o‘lsa ― ishlari.
• Boshqalarning aybini yashir, o‘zingnikini tomosha qil.
• So‘zning qanoti yo‘q, lekin butun dunyoni aylanib chiqadi.
• Eshakning o‘limi ― itning bazmi.
• It hurar ― shamol esar.
• It hurar ― bo‘ri izg‘ir.
• Suv dumigacha yetsa it ham suzadi.
• Qo‘shnining tovug‘i kurkaga o‘xshaydi.
• Qari bo‘ri itlarga masxara bo‘ladi.
• Shoshilgan oyoq qoqiladi.
• Otni o‘g‘irlashgandan so‘ng, otxona qulflanadigan bo‘ldi.
• Uyda o‘tirgan qariya hech narsani bilmaydi, sayohat qilgan yosh hamma narsani biladi.
• Qiyshiq otilsa ham nishonga to‘g‘ri tegadi.
• Tinch harakatlangan uzoqqa yetadi.
• Sen hali yosh va tajribasizsan.
• Ilonning boshini ko‘rmaysan.
• Kimning moli bo‘lmasa, hech narsadan qo‘rqmaydi.
• Yolg‘onchining uyi kuydi, hech kim ishonmadi.
• Yomg‘irdan qochib, do‘lga tutildim.
• Aql yoshda emas, boshda.
• Aqlliga ― ishora, nodonga ― tayoq.
• Ajali yetayotgan ilonga tutiladi.
• Ko‘l qancha chuqur bo‘lsa, baliq shuncha ko‘p bo‘ladi.
• O’rmonda nima deb baqirsang, shuni eshitasan.
• O’rmonda yotgani unga ma’lum, burnining tagidagi noma’lum.
• Katta uyga nima kerak bo‘lsa, kichik uyga ham shu kerak.
• Tepaga tupursang, boshingga tushadi.
• Nima eksang, o‘shani o‘rasan.
• Yoshlikda o‘rganganing toshga o‘yilgan kabidir, qarilikdan o‘rganganing muzga yozilgan kabidir.
• O’zganing qalbi ― tubsiz dengiz.
• O’zganing g‘ami ― tushlikdan so‘ng.
• O’zganing bayramida chumchuqdeksan, o‘zingnikida ayiq kabisan.
• Boshqaning maslahatini eshit, o‘z aqling bilan yasha.
• Til suyaksiz: aytadi-da, tezda ortga qaytadi.
• Til qilichdan o‘tkir.
• Tuxum tovuqqa o‘rgatmaydi.
• “Asal, asal” deganing bilan og‘zing shirin bo‘lib qolmaydi.
• Agar tog‘ senga kelmasa, sen toqqa bor.
• Ovqatga to‘ymagan tovoqni yalab ham to‘ymaydi.
• Yer egasiz bo‘lsa, u yerda to‘ng‘iz hokim.
• Oltin iflos joyga tushsa ham mis bo‘lib qolmaydi.
• Novdaligida egib olmasang, daraxtga aylansa egolmaysan.
• Achchiq bo‘lsang, tuzdek bo‘l, Shirin bo‘lsang ― asaldek.
• Osilsang, baland daraxtga osil.
• Ersiz xotin ― yugansiz ot.
• Hayvon o‘lsa ― qarg‘a xursand.
• Sog‘lik ― boylik.
• G’alla kurmaksiz bo‘lmaydi.
• Bitta tuya ham ― hadya, bitta tugma ham.
• Ayiq bolasini “oppog‘im” derkan, tipratikan “yumshog‘im” derkan.
• Igna kichik bo‘lsa ham og‘ritadi.
• Ignadan tuya yasasa bo‘ladi.
• Bitta sochdan arqon yasab bo‘lmaydi.
• Bitta bug‘doydan bo‘tqa qilolmaysan.
• Bitta tomchidan dengiz yuzaga kelmaydi.
• Besh panjadan qaysi birini tishlama ― hammasi baravar og‘riydi.
• Tayoqdan qutulib, to‘qmoqqa tutilma.
• Har ekin o‘z vaqtida ko‘karadi.
• Har gul o‘z bo‘stonida yayrab o‘sadi.
• O’zga yurtda yaxshi yashasang ham o‘z yurtingni qo‘msaysan.
• Cho‘pon qanday bo‘lsa, suruv ham shunday.
• Daraxt qanday bo‘lsa, mevasi ham shunday.
• Chelak qanday bo‘lsa, qopqog‘i ham shunday.
• Tosh o‘z joyida og‘ir bo‘ladi.
• Yong‘in tugagandan so‘ng suv kerak emas.
• Ovqat bor bo‘lsa, qoshiq ham topiladi.
• Cho‘pon ko‘p bo‘lsa, qo‘yni bo‘ri yeb ketadi.
• Buzoqni boqqanning og‘zi-burni moy bo‘ladi, yetimni boqqanning og‘zi-burni qon bo‘ladi.
• Ko‘p yugurgan ko‘p charchaydi.
• Kim boshlasa, o‘sha boshliq bo‘ladi.
• Achchiqni bilmagan shirinni his qilolmaydi.
• Ozni saqlolmagan ko‘pni ham asrolmaydi.
• Qora bo‘lib tug‘ilganni sovun bilan oqartirib bo‘lmaydi.
• O’zi yiqilgan yig‘lamaydi.
• O’zi yiqilgan to‘lamaydi.
• Shoshilgan sho‘rvadan kuyadi.
• Shoshilgan ― o‘zini yeydi, shoshilmaganning ishi bitadi.
• Old g‘ildirak qaerga yursa, orqasi ham shu yerga yuradi.
• Yoshlik ikki marta berilmaydi.
• Bir tiyinlik ichib, uch tiyinlik mast bo‘lasan.
• O’z joyida tutun ham shirin.
• Harakat qilmay Xudodan umid qilgan hech narsasiz qoladi.
• It deb atardim-u ― duming yo‘q, ho‘kiz deb atardim-u ― shoxing yo‘q.
• Ishning boshlanishi ― qimmatli.
• Tashqarida joy bo‘lganda ichkariga qarama.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari.