• Agar itning uyati bo‘lganida ishton kiyib olardi.
• Bozorda mol bilan birga qalb ham sotiladi.
• Hatto oy ham nuqsonsiz emas.
• Xursand bo‘lganingda mozorga bor, xafaligingda ham o‘sha yerga bor.
• Bolaning onasi o‘gay bo‘lsa, otasi ham begonalshib qoladi.
• “Dada, bu yetishmovchilikka yana qancha chidashimiz kerak?” ― “Qirq kun” ― “Keyin-chi?” ― “Ko‘nikib ketamiz”.
• Ehsonni shunday qilki, hatto ko‘ylaging bilmasin.
• Odamlar yalaydigan darajada shirin bo‘lma, odamlar tupuradigan darajada achchiq ham bo‘lma.
• Men ro‘mol o‘rashni o‘rgangunimcha erim mendan ketib qoldi.
• Shovqinsiz va shildiramagan suvdan qo‘rq.
• Kambag‘alni kambag‘al tushunadi.
• Kambag‘al “mushuk jigarni yeb qo‘ydi” desa hech kim ishonmadi, boy “mushuk temirni yeb qo‘ydi” desa ishonishdi.
• Kambag‘alga hamma aql o‘rgatadi, hech kim non bermaydi.
• Ishyoqmas ovqat payti ― sog‘lom, ish payti ― kasal.
• Qiz bolaning oq badani yetti kamchilikni to‘sadi.
• Kattadan emas, boladan qo‘rq.
• Kasallik yugurib kelib, emgalab chiqib ketadi.
• Bemor kasal emas, uning xo‘jayini kasal.
• Katta baliq katta dengizda yashaydi.
• Takada ham soqol bor.
• Itga suyak tashla ― jim bo‘ladi.
• Mehmon kelmaydigan uyga la’nat bo‘lsin; kechqurun kelib ertalab ketmagan mehmonga ham la’nat bo‘lsin.
• La’natdan ming marta yomon duolar ham bor.
• Vijdonli jallod ham bo‘ladi, vijdonsiz qozi ham bo‘ladi.
• Ba’zida sukut ― oltin, so‘z ― kumush bo‘ladi, ba’zida esa so‘z ― oltin, sukut ― kumush bo‘ladi.
• Tez yursam telba deydilar, sekin yursam ― ko‘r.
• Mevasiz daraxtga tosh otmaydilar.
• Qarovsiz cherkovga shayton xo‘jayin.
• Hammaning oldida eshakning dumini kesma: birov “qisqa” desa, boshqasi “uzun” deydi.
• O’z uyingda xizmatkorsan, boshqa uyda xo‘jayinsan.
• Qo‘shningning itiga tosh otma: xo‘jasini esla.
• Tuxumdan soch qidiradi.
• Qalpoq katta, ichi bo‘sh.
• Tuya bukrisni ko‘rmaydi.
• Tuya ham katta, lekin uni tizzalatib yuk yuklaydilar.
• Tuyaga deyishdi: “Tabriklaymiz, seni podshoh chaqiryapti”. “Bilaman ― debdi u ― Yo Koxbga tuzga yuboradi, yo Sharurga guruchga”.
• Bahorda qo‘zichoq yaxshi, kuzda ― jo‘ja.
• Shamol toshdan hech narsa ololmaydi.
• Shamol sovuqdan o‘libdi.
• Ozgina sharob ham bulbul qilib yuboradi.
• Xalq bilan birgalikda qora kun ham pasxaga aylanadi.
• Xotiningni urishdan oldin choponingni yech-da, uni urib, qayta kiyib ol.
• Og‘izni ochishdan avval ko‘zingni och.
• Suv doim o‘ziga chuqur joy topib oladi.
• Suv tashqarini tozalaydi, yosh ichkarini.
• Suvni boshidan to‘xtatiladi.
• Suvni ko‘rsa baliq bo‘lib ketadi, mushukni ko‘rsa ― sichqon.
• Ho‘kiz o‘lsa terisi qoladi, odam o‘lsa ― nomi.
• Bo‘ri yomg‘irli kundan xursand.
• O’g‘ri butun dunyoni o‘g‘irlangan deb o‘ylaydi.
• Vaqt uni bilgan insonga ― xazina.
• Nodonning barcha yaxshiligini bitta tuyaga yuklasa bo‘ladi.
• Hamma vaqtga qaraydi, vaqt esa hech kimga boqmaydi.
• Hamma xo‘roz katagida baralla kuylaydi.
• Ikkinchi xotin ― yamoq.
• Bir marta ichish ― yaxshi, ikkinchisi ― yetarli, uchinchisi ― kulfat.
• Qaerda qo‘rquv bo‘lsa, uyat ham o‘sha yerda.
• Ko‘z ko‘rganidan qo‘rqadi.
• Kalla katta ― miya ingichka.
• Qaynoq sutdan kuygan qatiqni ham puflab ichadi.
• Kulol ko‘zaning dastagini qaerga xohlasa o‘sha yerga o‘rnatadi.
• Ko‘za yerga tushib sinmadi, lekin ovozini hamma eshitdi.
• Xudo “ha” dan rozi bo‘ldi, “yo‘q”dan ham rozi bo‘ldi, lekin “ha va yo‘q”ni la’natladi.
• Mehmon nonga emas, mezbonning ko‘ziga boqadi.
• Xudojo‘yning ham, gunohkorning ham dalasiga do‘l birday yog‘adi.
• Ber ― qo‘rqma, ol ― uyatma!
• Gapirishi uchun bir tiyin berishgan edi, hozir ikki tiyin berib ham to‘xtatolmaysan.
• Hadya qilingan sirka asaldan shirin.
• Qiz bola kesilmagan tarvuzga o‘xshaydi.
• Qizni qarining ko‘zi bilan tanla, otni ― yoshning.
• Puldan tog‘lar ham qo‘rqadi.
• Qishloqning iti shaharda dumini qisib yuradi.
• Suv yoqasida daraxt tez o‘sadi va tez nobud bo‘ladi.
• Eshigingni yopib yur, qo‘shningni o‘g‘ri tutma.
• Bolalar yig‘i bilan o‘sadi.
• Uzun til umrni qisqartiradi.
• Ahmoq uchun bitta nodon mingta oqildan afzal.
• Echkiga bitta echki bir poda qo‘ydan afzal.
• Sevgi uchun arman ham turk ham barobar, qalb uchun qiz va o‘g‘il barobar, aql uchun ― bilimli va omi.
• Qo‘y uchun dumbasi yuk emas.
• Yomon otaga jazo ― yomon farzand.
• Yaxshi hunarni qabrga o‘zing bilan olib ketma.
• Ayolsiz uy ― suvsiz bulut.
• Uyda sherday, ko‘chada mushukday.
• Qarz uyga burgaday kiradi, o‘sib tuyaday bo‘lganda uydan chiqolmay qoladi.
• Boyning qizini xotin qilish qiyin, lekin ilintirish oson.
• Qiz bola ― boshqa uyning chirog‘i.
• Do‘st yuzingga qaraydi, dushman ― oyog‘ingga.
• Ahmoq choxga tosh tashlasa, hech kim olib chiqmaydi.
• Ahmoq to‘yga borib debdi: “Bu yer uyimdan yaxshi ekan”.
• Ahmoq aytdi ― aqlli ishondi.
• Ahmoqqa har kuni ― Yangi yil.
• Ahmoqona so‘z va yomon xotin ― egasining mulki.
• Agar uzun sochlarda kuch bo‘lganida echki payg‘ambar bo‘lardi.
• Agar ho‘kiz o‘zi ishlaganining hammasini yeganida, dunyo kambag‘allashib qolardi.
• Agar hamma xotinlar tejamkor bo‘lganida uyning devorlari puldan bo‘lardi.
• Agar kal davolashni bilganida avval o‘z boshini o‘ylardi.
• Agar oldingi odam keyingisi nima deyishini bilganida edi, umuman gapirmasdi.
• Agar shakarning tishi bo‘lganida o‘zini yeb qo‘yardi.
• Agar xolangning soqoli bo‘lganida senga tog‘alik qilardi.
• Agar mehmon kutib tursa, mezbon ovqat olib keladi.
• Yerdan oltin topib olsang ham avval sanab, so‘ng ol.
• Xo‘jayining eshak bo‘lsa ham unga “chosh” dema.
• Agar dehqon belini egmasa, doni qiyshiq o‘sadi.
• Mushukni tomdan tashlab yuborsang ham beli bilan tushmaydi.
• Erkak yozda ishlamasa, sigir qishda o‘ladi.
• It uzum yeyishni o‘rgansa, bog‘ bo‘shab qoladi.
• Itning dumini kesib tashlasang ham u qo‘zichoqqa aylanmaydi.
• Farzand onasi uchun kaftida tuxum pishirib bersa-da, volidasining haqini ado etolmaydi.
• Agar buzoq sigirdan oldinda yugurib ketsa, bo‘riga yem bo‘ladi.
• Omadli odam taqir qoyani ham ko‘kartira oladi.
• Tish og‘rig‘idan qutulmoqchi bo‘lsang, ildizini Quyoshga ko‘rsat.
• Ba’zi narsalarni o‘rganmasdan turib qilib bo‘lmaydi, ba’zilarini qilmasdan turib o‘rganib bo‘lmaydi.
• Ba’zi so‘zlarni bir pud asal bilan ham totli qilolmaysan.
• Hali ot sotib olmasdan egarni yasaydi.
• Oshqozon to‘q, ko‘z esa hali to‘ymadi.
• Semiz qo‘zi keskir pichoqqa munosib.
• O’qlangan quroldan bir kishi qo‘rqadi, o‘qlanmaganidan ― ikki kishi.
• Ahmoqni ishga qo‘ysang, senga ko‘proq ish orttiradi.
• Meni chaqmaydigan ilon ming yil yashasa ham mayli.
• Ilon o‘z zahri bilan o‘ladi.
• Hunar bilgan tushlikkacha och yuradi, bilmagan ― oqshomgacha.
• Oltin iflos joyda ham yarqiraydi.
• Xo‘rozsiz ham tong otadi.
• Ilondan ham dori tayyorlaydilar.
• Shohning tovog‘iga ham pashsha tushadi.
• Mushuk ham kulfat paytida sherga aylanadi.
• Yaproq ham shamolsiz shitirlamaydi.
• Sen ham usta, men ham usta ― kirimizni kim yuvadi?
• Bo‘ridan qo‘rqib qishloq qurmaydilarmi?
• Pardan qo‘rg‘on tiklaydilar.
• Burganing mushtidan xudo asrasin.
• Burgani deb gilamni yoqmaydilar.
• Hamma o‘z mushtini toshdan deb o‘ylaydi.
• Tog‘ qanchalik yuksak bo‘lmasin, undan yo‘l o‘tadi.
• Cho‘chqani qanchalik avaylama, bir kuni boshiga pichoq keladi.
• Tosh o‘z joyida og‘ir.
• Ayolning makrini aravaga yuklashgan edi, u ham ko‘tarolmadi.
• Kambag‘al tovuq yeyayotgan bo‘lsa, u kasal, yoki tovuq kasal.
• Xudo rizq berayotib kimning farzandi ekanligingni surishtirmaydi.
• Baliqni qachon tutsang ham u yangi.
• Sharob kirsa ― sir chiqib ketadi.
• Qishloq oqsoqoli bo‘sh qolsa yo xizmatkorini uradi, yo orqasini qashiydi.
• Qiz turmushga chiqishni xohlasa, ko‘zani uradi; yigit uylanishni xohlasa ― o‘zga yurtga ketadi.
• Osh bo‘lganda ― ishtaha yo‘q, ishtaha bo‘lganda ― osh.
• Xotin farzand tug‘sa, uyning devorlari ham xursand bo‘ladi.
• Boshing og‘risa, oyog‘ing og‘rig‘ini ham unutasan.
• Boshqa yurtga otlansang, o‘sha yurtda kiyiladigan qalpoqdan kiy.
• Quyosh chiqsa yulduzlar berkinib oladi.
• Qush donni ko‘rsa qafasni unutadi.
• Itni o‘ldirmoqchi bo‘lsalar uni qopag‘on deydilar.
• Kimgadir choh qazimoqchi bo‘lsang o‘z bo‘yingcha qazi.
• Cho‘ponning moyi ko‘paysa, tayog‘iga ham surtib oladi.
• Qo‘shningnikida to‘y bo‘lsa, eshigingni kengroq och.
• Harakat qilmay faqat umid qilaversang ochlikdan o‘lasan.
• Agar bo‘ri yeb qo‘ymasa, eshak Quddusgacha boradi.
• Echkicha ma’rab omon qoldi, qo‘zichoq indamay o‘lib ketdi.
• Qo‘ng‘iroq uzoqdan yaxshi jaranglaydi.
• Uzuk barmoqqa mos bo‘lishi kerak.
• Mushuk o‘zi uchun sichqon ovlaydi, egasi esa “mening mushugim zo‘r ovchi-da”, deb o‘ylaydi.
• Mushuk go‘shtgacha yetib borolmay, “bugun ro‘zaman” deydi.
• Mushuk o‘zi haqida yomon tushlar ko‘rmaydi.
• Dehqonni shaharning noni bilan boqib bo‘lmaydi.
• Qon suv bilan yuviladi, qon bilan emas.
• Bo‘ridan qo‘rqqan qo‘y boqmaydi.
• Suvga yiqilgan yomg‘irdan qo‘rqmaydi.
• O’limdan doim qo‘rqib yuradigan tiriklar orasida o‘likdir.
• Xohlaganini gapiraveradigan o‘zi xohlamaganini eshitadi.
• Dengizdan oshgan daryoda cho‘kmaydi.
• Otasining puliga uylangan xotinning qadrini bilmaydi.
• Topgan bir marta adashadi, yo‘qotgan ― ming marta.
• Itiga bir bo‘lak non bermagan qo‘yini bo‘riga yediradi.
• Kattalarni tinglamagan ochdan o‘ladi.
• Uy qurmagan ustunlarni o‘zi o‘sib chiqqan deb o‘ylaydi.
• Eng yaxshisini qidirgan eng yomoniga uchraydi.
• Sotib olgan ― topadi, sotgan ― yo‘qotadi.
• Birov bergan sharobni ichgan ikki marta mast bo‘ladi.
• Yo‘lga erta chiqqan va erta uylangan afsus qilmaydi.
• O’z sharafini asrolmagan birovnikini ham saqlolmaydi.
• Birovning qoshig‘i bilan osh yegan og‘zini kuydiradi.
• Tovuq tushida o‘zini g‘alla maydonida ko‘rarkan.
• Huriyotgan it tishlamaydi.
• Hurish ham hunar.
• Ko‘zidan ayrilgan ko‘z og‘rig‘idan ham xalos bo‘ladi.
• Ot o‘ynasa chavandozni maqtaydilar, qilich o‘ynasa ― qo‘lni.
• Otni yurishidan, qizni nigohidan biladilar.
• Aql bo‘lgandan ko‘ra a’mo ko‘z bo‘lgan afzal.
• Yaxshi nomni yo‘qotgandan ko‘ra ko‘r bo‘lgan afzal.
• Qo‘shnimda ikkita sigir bo‘lsa, menda uchta bo‘lsin, bo‘lmasa bitta ham sigir bo‘lmagani afzal.
• Qirq marta avliyodan so‘ragandan bir marta Xudodan so‘ragan afzal.
• Sinalmagan farishtadan sinalgan shayton afzal.
• Ahmoq quvontirganidan dono yig‘latgani afzal.
• Nodon bilan bazm qurgandan dono bilan tosh tashigan afzal.
• Nodon ruhoniydan aqlli osiy afzal.
• Qiz bolani badnom etishdan cherkovni buzgan afzal.
• Qo‘shnim menga yordam berishi uchun uni yaxshi ko‘raman.
• Qurbaqadan nega doim qurillashini so‘rashdi. U: “men o‘z ovozimga oshuftaman”, dedi.
• Kichkina odamlar katta tushlar ko‘radilar.
• Kichkina xo‘tik katta eshak bo‘ladi.
• Ayiq aytarkan: “Ikki ahil birodardan boshqasidan qo‘rqmayman”.
• Meni hech kim tinglamaydi, chunki mening soqolim yo‘q.
• Murdaga ham kengroq joy kerak.
• Qilich ishlatilmasa zanglab qoladi.
• Qotilning quroli egasiz qoladi.
• Dunyo Sulaymonga ham vafo qilmadi.
• Menga mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroqcha ilib qo‘yadigan sichqon kerak.
• Ko‘p yesang ham kam gapir.
• Ko‘r farishtani hech kim ko‘rgan emas.
• Ekkan “bo‘lishi mumkin”, lekin ko‘karmadi.
• O’zimning qattiq nonim sizning yog‘li oshingizdan afzal.
• Duo bilan bo‘rining og‘zini yopolmaysan.
• It dengizdan ichgani bilan suv kirlanib qolmaydi.
• Er og‘ir kunga kerak, ko‘ylak ― sovuq kunga.
• Sichqon kichkina bo‘lsa-da katta tushlar ko‘radi.
• Sichqon o‘z uyasida sherga aylanadi.
• Ikki ahmoqqa bitta aql ham yetadi.
• Ho‘l joyga yotmaydilar.
• Dunyoda Quyosh bitta, uyda boshliq bitta.
• Yuvosh eshakka ikki kishi minadi.
• Ozroq yuklab, tezroq qayt.
• Nasihat bigiz emas, boshqa suqib bo‘lmaydi.
• Echkiga sharob ichirishdi ― u bo‘ri bilan urushgani ketdi.
• Zo‘rlab ochirilgan atirgulning hidi bo‘lmaydi.
• Mastni urma, o‘zi yiqiladi.
• Sinalmagan odamga qarz berma.
• Haddan tashqari shirin bo‘lma ― seni pashsha bosib ketadi.
• Eshakning narhi ming dinorga ko‘tarilsa ham odamlar orasida eshak bo‘lma.
• Yoz yomg‘iriga va qishdagi oftobga ishonma.
• Hamma qora kiygan ham pop emas.
• Quddusga borgan hamma ham hoji bo‘lib qolmaydi.
• Bilishingni hammaga aytma.
• Yaxshi gap eshitishni xohlasang, yomon gapni aytma.
• Birovning qo‘li bilan olov ushlama.
• Hamma bulutdan ham yomg‘ir yog‘avermaydi.
• Farzanding bo‘lmasa ― qalbing ham yo‘q.
• Qizil rang hamma narsaga ham mos tushavermaydi.
• Suyak va go‘sht orasiga tushma.
• Baxtingga va davlatingga ishonib qolma.
• Ichma, o‘rtoq ― birovga kulgi bo‘lmaysan.
• O’tgan kunga achinma.
• Chuqurga birovning arqoni bilan tushma.
• Ko‘p yashagan emas, ko‘p yurgan ko‘p biladi.
• Hamma tuxumda ham ikkita sariq bo‘lmaydi.
• Chaqirilmagan bazmga borma.
• Tug‘ilmagan bolaga kiyim tikma.
• Kutilmagan mehmon o‘z cho‘ntagidan yeydi.
• Chaqirilmagan mehmon tikan ustida o‘tiradi.
• Omadsiz dengizga borsa, u qurib qoladi.
• Pastga o‘zim o‘tirmayman, tepada esa joy yo‘q.
• Miskin miskinni yomon ko‘radi, Xudo ― ikkisini.
• Kechki o‘g‘rini kunduzi ushlaydilar.
• Kechasi o‘g‘irlab, kunduzi “Xudoyim, o‘zing kechir” deydilar.
• Ertangi ishni ertaga o‘ylaymiz.
• Bitta dushman mingta do‘stdan ko‘p.
• Bitta nodon savol bersa, qirqta dono javob berolmadi.
• Bittasi uyatdan gapirmadi, boshqasi qo‘rqdi deb o‘yladi.
• Yetti qaynog‘adan bitta ko‘r er afzal.
• Biri butun bog‘ini ayamaydi, boshqasi bitta uzumni qizg‘onadi.
• Yolg‘izlik faqat Xudoga yarashadi.
• Qo‘shnining yettita sigiridan o‘zingning bitta sigiring afzal.
• Bitta yaxshi qiz yettita o‘g‘il bolaga teng.
• Tupuk bilan yong‘inni o‘chirolmaysan.
• Onaning bitta duosi yettita popning la’natini kesadi.
• Bir qo‘lda xochni ushlab, ikkinchi qo‘lda o‘g‘irlaydilar.
• Ba’zi qushlarni go‘shti uchun yeydilar, ba’zi qushlar esa go‘sht yeydi.
• Sovuqdan toliqqan ilon birinchi bo‘lib o‘zini isitganni chaqadi.
• U burgadan ham yog‘ oladi.
• Eshak qaysarlik qilsa ― ur, yuradi; ot qaysarlik qilsa qo‘y, o‘zing ketaver.
• Eshak bir marta yiqilgan joyidan qaytib yurmaydi.
• Eshakni yo‘qotdilar, lekin egarni qidiryaptilar.
• Eshakni to‘yga taklif qildilar. U aytdi: “suv tashish kerak shekilli-a?”.
• Eshakka rayhonni hidlagani bergandilar, uni yeb qo‘ydi.
• Eshakka “egarni to‘g‘rila” degandilar, u egarni o‘girib qorniga taqib oldi.
• Suvdan foyda katta, zarar ham katta.
• Ahmoqdan hatto sa’va cho‘lga qochib qutuldi.
• Och mushukdan sichqon qochib qutulolmaydi.
• Og‘riqdan tirnoq o‘sadi, quvonchdan ― soch.
• Nodonning ko‘zidan toshlar ham yoriladi.
• Ahmoq xotindan shayton ham qochadi.
• Kimdan baxt yuz o‘girsa, uning oti ham eshakka aylanib qoladi.
• O’tkir sirkadan idish ham yoriladi.
• Qoshiqdan og‘izgacha yo‘l uzoq.
• Yomon qo‘shnidan ko‘chib qutulasan.
• Ochiq idishni it ham yalaydi, mushuk ham.
• Qo‘chqor qimmat turishini bo‘ri qaerdan bilsin?
• Kambag‘alda o‘tin yo‘qligini qor qaerdan bilsin?
• Birinchi bo‘lak doim laziz.
• Ko‘p qo‘shiq bilaman, lekin ovozim yo‘q.
• Piyoda otliqdan kularkan.
• Mevali daraxtni doim sug‘oradilar.
• Yarmida haqiqat bo‘lmagan hazil yomon.
• Yomon odam pasxada ham yomon.
• Tepaga tupursam mo‘ylovimga tegadi, pastga tupursam ― soqolimga.
• Buyurtma bilan farzand qilolmaysan.
• Qalpoq ostida qanday bo‘lmasin bitta kalla bor.
• Tilning suyagi yo‘q, yolg‘on gapirayotganda urib turgani.
• Qo‘shninga bitta sigirni bersang, xudo senga ikkita beradi.
• “Farzand muborak!” dedi tulki tovuqqa. “Rahmat! ― dedi u ― faqat, xudo haqi, mendan uzoqda yur”.
• Tirikligida ishtoni ham yo‘q edi, o‘lgandan so‘ng maqbara qurishdi.
• Suvga tushmasdan suzishni o‘rgana olmaysan.
• Kulfat ko‘rmay baxtga erishmaysan.
• Ho‘l bo‘lmasdan baliq tutolmaysan.
• Tuzni topishguncha go‘sht tugab qoldi.
• Qarimaguncha keksani tushunmaysan.
• Yurak og‘rimaguncha ko‘zdan yosh chiqmaydi.
• Semiz oziguncha ozg‘inning joni chiqadi.
• Buqaning shoxi o‘smaguncha suzmaydi.
• Aqlli yechinguncha nodon daryodan oshadi.
• Aqlli o‘ylanguncha nodon o‘g‘lini uylaydi.
• Noningni nonim ustiga qo‘y, shunda tepadan ham, pastdan ham yeysan.
• Tushlikdan keyin bo‘tqa arzon bo‘ladi.
• Tushlikdan so‘ng qo‘lga suv quymaydilar.
• Tulkini tovuqxonani qo‘riqlashga qo‘yishdi.
• Bittasi ochilishi uchun yetti eshikni taqillat.
• Qizini yo‘qotdi, ammo marjonidan afsusda.
• Yo‘qolgan soch arqon bo‘lib qaytadi.
• Devor qiyshiqligi uchun sigirning suti yo‘q.
• Uyda keksani hurmat qil, agar keksa bo‘lmasa bitta tosh qo‘yib, uni keksadek hurmat qil.
• Shohning qasrini ko‘rib kelib, o‘z kulbasini yoqib yubordi.
• Haqiqatni doim yo ahmoqdan eshitasan, yoki yoshdan.
• Haqiqatni hazil bilan aytish kerak.
• Huquq bor, qonun yo‘q.
• Kirishdan oldin chiqishni o‘yla.
• Yaxshi moy va guruch bo‘lsa, oshpaz ham yaxshi bo‘ladi.
• Xotinning sepi qo‘ng‘iroqqa o‘xshaydi, undan o‘tsang jaranglaydi.
• Onaning la’nati o‘tmaydi ― ona suti to‘sqinlik qiladi.
• Iltimos bilan cho‘chqani arpa maydonidan quvolmaysan.
• O’tgan yilgi o‘likni hozir ko‘mmaydilar.
• Bo‘sh arava qattiq silkinadi.
• Yo‘lga tushish ― sendan, qaytish ― Xudodan.
• Quruq qoshiqni og‘izga olib bormaydilar.
• Quruq so‘z bilan osh qilolmaysan, unga moy va guruch kerak.
• Odamni “eshak” degandan ahmoq degan afzal.
• Ming marta urishsa ham bir marta haqiqatni aytishga qo‘yishsin.
• Ishlayotgan och qolmaydi.
• Atirgul uchun tikanga ham chidaydilar.
• Yaralangan uxlab qoladi, qorni och uxlolmaydi.
• Qalbning zangi yuzga uradi.
• Shaytondan yetti kun avval tug‘ilgan.
• Kambag‘alga buloq ham suv bermaydi.
• Urmoqchi bo‘lgan qo‘lingni o‘p-da, boshingga qo‘y.
• Baliq suvda o‘sadi.
• Baliq boshidan sasiydi, suv boshidan loyqalanadi.
• Baliq hali suvda, u esa qozonga yog‘ quyadi.
• Baliqni qarmoq bilan tutadilar, odamni ― so‘z bilan.
• Baliqni sirpanib ketmasligi uchun boshidan ushla.
• Yaqinlaring bilan yeb-ich, lekin savdo qilma, dushmaning bilan savdo qil, ammo bazm qilma.
• It bilan do‘stlash, ammo qo‘lingdan tayoqni tushirma.
• Yaxshi xotin bilan to‘yga borma, o‘z uyingda doim bayram; yomon xotin bilan azaga borma, o‘z uyingda doim aza.
• Oqsoq eshak bilan ham karvon yuraveradi.
• O’zi tuxumdan chiqib, yana tuxumdan mamnun emas.
• O’zi otxonada uxlab qoladi, yana tushida Avliyo Georgiyni ko‘radi.
• O’zi odamga o‘xshamaydi, lekin so‘zi bilan odamlari o‘ldiradi.
• Ahmoqqa maysani pishirib ber, agar yesa, yana pishirib ber.
• Kelin va qaynisingil urushib qoldi ― er ikki tosh orasida qoldi.
• Ustida rido, ichida shayton.
• Yaxshilik qilib daryoga ot, odam bilmasa baliq bilardi.
• Avval o‘zingga igna sanch, so‘ng boshqaga ― bigiz.
• Otga o‘tirib Xudoni unutadi, otdan tushib ― otni.
• Badjahl odam tez qariydi.
• Yurak dasturxon emas, hammaning oldida yozolmaysan.
• Yurak ― ko‘zgu. Sinsa qaytib yig‘olmaysan.
• Eshakka minish ― uyat, undan tushish ― ikki marta uyat.
• Otaning la’natidan qo‘rq.
• Yetimni hamma uradi.
• Bir baliq boshqasiga aytyapti: “Menga qara, biroz suril!” ― “Qaerga surilay, ikkalamiz ham bitta qozonda qovurilyapmiz-ku!”.
• Eshak qancha o‘sgani bilan ot bo‘lib qolmaydi.
• Yer ustida qancha bo‘lsa, ostida ham shuncha bor.
• Sigirga xo‘jayin kerak, farzandga ― ota.
• Og‘zingdan hali chiqmagan so‘z ― o‘zingniki, chiqqani ― birovniki.
• Shunday kulki, men ham kulay.
• O’lim quloqning uchida turadi.
• Kulgi ― yaxshi, agar yig‘i bilan tugamasa.
• Baquvvat ot yomon tepadi.
• Ustida ko‘ylak yaltiraydi, qorni ochlikdan qiynaladi.
• Qor oyoqlar muzlashi uchun yog‘adi.
• U men bilan urushgan, faqat soyam bilan do‘st.
• Devordan yiqilsang ― o‘lmaysan, nonsiz ― yo‘qolasan.
• It bo‘rini ko‘rmaguncha oqsoqlanaveradi.
• It o‘zini boqishgan joyda huriydi.
• Itni urmasang seni tishlamaydi.
• It o‘z go‘shtini yemaydi.
• Oziga rozi bo‘lsang ko‘piga erishasan.
• Eshak Quddusda qirq marta bo‘lib ham eshakligicha qoldi.
• Qo‘shni ― qo‘shnining oynasi.
• Oldin ko‘zga yoqish kerak, so‘ng ― yurakka.
• Oldin so‘zni og‘izda pishir, so‘ng chiqar.
• G’iybatchi bir qop yong‘oqqa o‘xshaydi: qancha silkitsang shuncha ko‘p jaranglaydi.
• Odilga jazo yo‘q.
• Tulkidan guvohni so‘rashdi, u dumini ko‘rsatdi.
• O’z bog‘ingdan yog‘och qirq, o‘z qishlog‘ingdan do‘st tanla.
• Eski do‘st dushman bo‘lmaydi, eski dushman do‘st bo‘lmaydi.
• Eski qo‘shni tug‘ishgan bilan teng.
• Xo‘roz tomga chiqib aytar ekan: “Mening ovozimga bu uylar qanday chidarkin?”.
• Azobni qoyalarga berilgandi, ular chidolmadi, so‘ng uni odamlarga berildi.
• Kambag‘allikda yashash uyat emas, iflos joyda yashash ― uyat.
• Baxt yomonga yaxshilik beradi, yaxshiga ― yomonlik.
• Boy ilonni yesa, “dori” deyishdi, kambag‘al yesa, “och ekan” deyishdi.
• Ot sotilayotgan joyda eshakka o‘rin yo‘q.
• Sening o‘qituvchilarning ― mening o‘quvchilarim xolos.
• Arava o‘tinga ketdi: olib kelsa ― yaxshi, kelmasa ― o‘zi o‘tin bo‘ladi.
• Odam o‘ziga qilganini dushman dushmaniga ham qilmaydi.
• Ko‘rganing eshitganingdan ishonchli.
• Dengizga cho‘kayotgan ilonga ham yopishadi.
• Dengizga cho‘kayotgan dengiz ko‘pigiga ham yopishadi.
• Yuraksiz qo‘rquvdan ayiqni ham “dada” deb yuboradi.
• Mingta yolg‘on bitta rostchalik bo‘lolmaydi.
• Yugurayotganning yo‘li bitta, quviyotganniki ― mingta.
• Miskinning yuragi bor, lekin qo‘li yo‘q.
• Xudoning bir ming bitta eshigi bor: mingtasi yopilsa, bittasi ochiladi.
• Sharobdan so‘rashdi: “Sen ko‘proq muruvvat qildingmi yoki vayron qildingmi?”. Sharob javob berdi: “Qanchasiga muruvvat qilganimni bilmayman, lekin vayron qilganlarimning sanog‘i yo‘q”.
• O’g‘rining cho‘ntagi teshik.
• Qarg‘adan so‘rashdi: “Qushlar ichida eng go‘zali kim?”. U javob berdi: “Mening jo‘jam”.
• Ahmoqning sochi erta oqaradi.
• Haqiqatni gapirganning boshidan shox o‘sib chiqadi.
• Ahmoqdan so‘rashdi: “Arak daryosidan nechta tovuq suv ichadi?”. U o‘ylab-o‘ylab javob berdi: “417 yarimta”.
• Yerning ham qulog‘i bor.
• Kimning dardi ko‘p bo‘lsa, u ko‘p gapiradi.
• Yolg‘onchining tili qisqa.
• Yolg‘onning oyog‘i bor, lekin u to‘g‘riga yurmaydi.
• Eshakdan so‘rashdi: “Sening otang kim?”. U javob berdi: “Otamni bilmadim-u, onam ― ot”.
• Sichqondan so‘rashdi: “Nega kichkinasan?”. U javob qildi: “Mushukdan qo‘rqqanimdan”.
• Kallasi bo‘shning tili uzun.
• Musofirda non bo‘lishi kerak, cho‘ponda ― olov.
• Qo‘shnining iti ham yaxshi bo‘lishi kerak.
• Qo‘shnining noni shirin.
• Qarining mingta og‘rig‘i bor.
• Mehmonxonani bitta qil, lekin do‘stlarni ko‘paytir.
• Qalpog‘imda changni ko‘rib, meni tegirmonchi deb o‘yladingmi?
• Aql soqol bilan birga o‘smaydi.
• Aqlni xudo beradi, uni sotib ololmaysan.
• Uddaburon quyonni aravada ham tuta oladi.
• Qushni qo‘yib yuborsang qayta tutolmaysan.
• Chanqog‘ini qondirayotganni ilon ham chaqmaydi.
• Qulog‘i bor-u, teshigi yo‘q.
• Ahmoqning noni dononing qornida.
• Xotinning xo‘jayini ― er, erning xo‘jasi ― qarz.
• Yaxshi og‘riq bo‘lmaydi.
• Yaxshi xotinning bahosi yo‘q.
• Yaxshi otga yem beradilar, yomon otga ― kaltak.
• Qisqa so‘z va uzun arqon yaxshi.
• Yaxshi ho‘kiz bo‘yinturug‘idan ma’lum, yaxshi xotin ― belanchagidan.
• Yaxshi farzand ota uyini quradi.
• Janjal ko‘rmoqchi bo‘lsangiz kambag‘alning uyiga boring.
• Uy yonib ketsa mayli, sichqon qolmasin.
• Tilning suyagi bo‘lmasa-da, o‘zi qancha suyaklarni sindiradi.
• Eshak yetti xil suzishni bilsa-da, suvni ko‘rishi bilan unutadi.
• O’zing kambag‘al bo‘lmasang-da, kambag‘al qo‘shning bor-ku.
• Shakar shirin bo‘lsa-da, nonning o‘rnini bosolmaydi.
• Asal shirin bo‘lsa-da, har kuni yeyish ziyon.
• Aqlli bo‘lsang ham ahmoqdan so‘rashdan uyalma.
• O’zi bitta igna olmoqchi, bir pud temirning narhini so‘raydi.
• Gullagan daraxtdan gul tushadi.
• Suvning qadri suv quriganda bilinadi.
• Jo‘ja tuxumidan ma’lum, bola ― beshigidan.
• Odam odamning yuziga qaraydi, Xudo ― ko‘ngliga.
• Qancha kambag‘allashsang, shuncha yaxshi kiyin.
• Eshakning yuki qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha tez yuradi.
• Qora harflar qizil kunlarni olib keladi.
• Shaytonga ko‘ylak kiygizadi.
• Rostgo‘ylik bozorda sotilmaydi.
• Toza oltin zanglamaydi.
• Nasli toza xotinni eridan biladilar.
• Ko‘rga nima kerak? Ikki ko‘z!
• Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi.
• Begonaning xotini go‘zalroq ko‘rinadi.
• Boshqaning mehnati bilan to‘q bo‘lolmaysan.
• Begona murda uxlayotgandek tuyuladi.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari