• Sigirning olasi tashida, odamniki ― ichida.
• Katta boylik insonni itga aylantiradi.
• Ot yo‘q joyda eshak ham ot.
• Katta boylik ― katta bosh og‘rig‘i.
• Boshsiz ilon yo‘ldan o‘tolmaydi.
• Daydi it suyak ham yeyishi mumkin, tayoq ham.
• Shirin bo‘lsang ― yalaydilar, achchiq bo‘lsang ― tupuradilar.
• Buqa o‘lsa ― go‘sht, arava sinsa ― o‘tin.
• O’rmonga o‘tin olib bormaydilar.
• Asalga tuz qo‘shmaydilar.
• Odamning qandayligi yo‘lda bilinadi.
• Tirnoqsiz bo‘ri bo‘lmaydi.
• Yuqoriga chiqsang, uzoqqa yiqilasan.
• Ko‘z ― qo‘rqoq, qo‘l ― botir.
• Ahmoq o‘zini o‘zi oshkor qiladi.
• Mehmon mehmonni suymaydi, mezbon ― ikkalasini.
• Dengiz ham yomg‘irni yaxshi ko‘radi.
• Chumchuq oyog‘ingga qo‘nishiga indamasang, boshingga ham qo‘nadi.
• Ishchi ko‘p bo‘lsa, sansala-mansala boshlanadi.
• Onagga qo‘lingda tuxum pishirib bersang-da uning haqini ado qilolmaysan.
• Bo‘riga eshak ham ovqat.
• Jo‘shqin soy dengizga yetib borolmaydi.
• Nodon raqs tugagandan so‘ng raqsga tushadi.
• Ildizga qarab novda.
• Daromadga qarab duo qilinpdi.
• Na’matak butasidan nok terolmaysan.
• Bolta ishlasa g‘o‘la dam oladi.
• Yuvosh qo‘yni uchta qo‘zi emadi.
• O’layotgan molning suti ― asal.
• Haqiqiy yigitning tili botir bo‘lmaydi.
• Judayam jasur yigit yigirma beshdan oshmaydi.
• Xonga bulutda ham bazm, eshakka bazmda ham yuk.
• Ahil to‘da bo‘ridan qo‘rqmaydi.
• O’zga uyda chiroq yoqsang ham sening uying yorishmaydi.
• Boshni yorsang dum tinchlanadi.
• Birovning xotini yaxshi tuyuladi, o‘zingning ― oting.
• Tomchidan ham ko‘l vujudga keladi.
• Sen qanday bo‘lsang do‘sting ham shunday.
• Qanday ko‘prik qursang shunaqasidan o‘tasan.
• Qamish shamolsiz shitirlamaydi.
• Tepaga chiqqan pastga ham tushadi.
• Boshlagan odam yakunlashi ham kerak.
• Kichigiga xursand bo‘lmagan kattasiga ham quvonmaydi.
• O’ziga yomon bo‘lgan boshqalar uchun ham yomon.
• Birinchi qadamni qo‘ygan ikkinchisini ham bosadi.
• Echki qaerga borsa, bolasi ham o‘sha yerga boradi.
• Kurak kirgan joyga suv ham oqadi.
• Tovuqning tushiga don kirarmish.
• Yolg‘on cho‘ntakka yashiringan mayda pulga o‘xshaydi.
• Asalni orzu qilib og‘zing shirin bo‘lib qolmaydi.
• Mohir qoyadan ham suvni siqib chiqaradi.
• Saxiy qo‘lga burgut ham qo‘nadi.
• Kemada turib kema og‘asi bilan tortishma.
• Ishning boshlanishi achchiq, tugashi ― shirin.
• Qo‘rquvsiz ish boshlash g‘alaba demakdir.
• Birovning otiga minma, kir ilashadi.
• Bitta raqs bilan to‘y bo‘lib qolmaydi.
• Yolg‘iz daraxtni shamol tez yiqitadi.
• Yo‘qolgan qilichdan o‘tmas pichoq afzal.
• Ichidagi miya ishlamasa katta boshdan ne foyda?
• Qanot bilan uchganlar dumsiz qaytdilar.
• Arpa ekib bug‘doy ololmaysan.
• Tilingni asrasang boshingni ham asraysan.
• Uyada ari ko‘p, lekin asalni bittasi beradi.
• Ko‘ylak chopondan ko‘ra badanga yaqin.
• Baliq boshidan sasiydi.
• Yo‘ldan ortga qaytsang, omadni yo‘qotasan.
• O’z yurting sen uchun ― Bag‘dod.
• O’nta zarba bilan tiklanganni bir zarbada yo‘q qilish mumkin.
• Qiyshiq o‘tirsang ham to‘g‘ri gapir.
• So‘zning qisqasi yaxshi, arqonning ― uzuni.
• Qobil yigit hamma qiyinchiliklarga chidaydi.
• Qurbaqa ilondek uzun bo‘lishga harakat qilgan edi, uzildi.
• Yolg‘onning bir oyog‘i o‘tli, ikkinchisi ― mumli.
• Ikki qayiqning uchini tutgan suvga g‘arq bo‘ladi.
• Yaxshi so‘z hanjarni ham qiniga qaytaradi.
• Boshingni asramoqchi bo‘lsang, tilingni avayla.
• Asli qora teri yuvilgandan so‘ng ham oqarmaydi.
• Zaharni zahar bilan davolaydilar.
• Til hanjar emas, jarohati tuzalmaydi.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari