Kabardin xalq maqollari

• Beshik yasalgan insonga tobut ham yasaladi.

• Ozg‘in sigirni boqsang, labing moy bo‘ladi, och odamni boqsang, to‘ygach, labingga uradi.

• Oltin go‘ngda ham zanglamaydi.

• Itni yegani uchun ham, yemagani uchun ham uradilar.

• Go‘ngqarg‘a ham bolalarini chiroyli deydi.

• Qaerga yiqilishingni bilganimda gilam to‘shab qo‘yardim.

• Agar bodringga yaxshi bo‘lish yozilmagan bo‘lsa, u tirishib o‘sadi.

• Daryoda oqqan tikanga ham yopishadi.

• Chivin zo‘rg‘a yuradi, lekin sherning qonini ichadi.

• Seni boshing yoqqanga oyog‘ing ham yoqadi.

• Tikandan tikanak tug‘iladi.

• Ho‘kizni angishvonaga o‘tqazmoqchi bo‘ladilar.

• Miskinning to‘rvasi to‘lmaydi.

• Sening azang ― mening azam, sening najoting ― mening najotim.

• Cho‘ponsiz poda ham yo‘q.

• Kasallik oson kelib, qiyin ketadi.

• Qardoshning ortiqchasi bo‘lmaydi.

• Bir joyda tuxum qo‘yib, boshqa joyda ochadi.

• O’rmonga o‘tin olib bormaydilar.

• Birovning otaridagi qo‘yni sanama.

• Darvozasi temirdan, lekin ignasi ham yo‘q.

• Har ishning oxiri bor.

• Hatto ignayam odamga yaxshilik ham keltirishi mumkin, yomonlik ham.

• Odamning ikkita ko‘zi bor. Ular ham bir xil emas.

• Bir qinga ikki hanjar sig‘maydi.

• Tutun katta ― o‘choq kichkina.

• O’nta mushuk birlashsa pishloq turgan idish ham ochiladi.

• Itning dumiga tegsang seni tishlaydi.

• Agar so‘zni oyoqqa qo‘ysang u buqaga o‘xshaydi.

• Yosh bo‘lsang yoshning qilig‘ini qil, qari bo‘lsang qarilardek bo‘l.

• Oshqozon bo‘sh bo‘lsa, oyoq harakat qilmay qo‘yadi.

• Qopqon ham aldamasa tutolmaydi.

• Kichkina qushcha ham qor ko‘chkisiga sabab bo‘lishi mumkin.

• O’z ko‘zing ham ba’zida aldashi mumkin.

• Bitta bolasi borga ham, yuzta bolasi borga ham ular birdek aziz.

• O’g‘rining qalpog‘idan tutun chiqadi.

• Hammaga o‘z joyi chiroyli.

• Qanday boshlasang, shunday tugatasan.

• Mo‘ylov qancha uzun bo‘lmasin, soqolni to‘solmaydi.

• Kimni sevsang, o‘sha chiroyli.

• Sening yo‘lingni o‘g‘irlagan otingni ham o‘g‘irlaydi.

• Akasi yo‘q yog‘ochni quchoqlaydi.

• Mushukning boshi siqqan joyga tanasi ham sig‘adi.

• Qisqa, lekin uzoq yo‘ldan, uzun, lekin yaxshi yo‘l afzal.

• Sher va yo‘lbars ham chumolidan qo‘rqadi.

• O’gay ona sovuq qorga o‘xshaydi.

• Tulkining  mo‘ynasi ― uning dushmani.

• Yoshlar ― chiroyli, qarilar ― ulug‘.

• Boshi og‘rimaganga bosh og‘rig‘i haqida gapirma.

• Mening qozonimga qoshig‘ingni tiqma.

• Yig‘lamagan bolani uxlatmaydilar.

• Hech qachon adashmaydigan odam yo‘q.

• Omadsizni tuyaning ustida it qopadi.

• Yolg‘on yolg‘onni tug‘adi.

• Biri sharqqa tortadi, biri ― g‘arbga.

• Bitta daraxt bilan o‘rmon paydo bo‘lmaydi.

• Qiz bolalar qancha bo‘lsa, o‘g‘il bolalar ham shuncha.

• Yomon xabar tez tarqaladi.

• Meni tulki yeganidan ko‘ra, mayli, bo‘ri yesin.

• Yomonlik qilgandan yaxshilik kutma.

• Yurak his qilmaganni ko‘z ham ko‘rmaydi.

• Ota ko‘rmagan ko‘p narsani bola ko‘radi.

• Mushukning bolasi sichqonlar ovchisi bo‘lib yetishadi.

• Yaxshi sigir buzoqligidan ma’lum.

• Ilon chaqqan arqondan ham qo‘rqadi.

• Cho‘kayotgan o‘z sochiga ham osiladi.

• Yaxshi havoda topolmagan narsangni bo‘rondan qidirma.

• Yurakda yo‘q narsa tilga ham chiqmaydi.

• Bir marta og‘izga kirgan yana yuz marta kiradi.

• Kimgadir dori bo‘lgan narsa kimgadir ― zahar.

• Kichik to‘y ham, katta to‘y ham ― barobar.

• Bir teshikdan o‘tgan yuzta teshikka ham sig‘adi.

• Qilich yaralagan jarohat tuzaladi, tilniki tuzalmaydi.

• Hech nimadan ko‘rsa, nimadir yaxshiroq.

• Tili shirin, ammo yuragi achchiq.

Davronbek Tojialiyev tarjimalari

One thought on “Kabardin xalq maqollari

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *