Bir otaxon hikoya qilib beradilar:
“Har galgidek bomdodni “Oqmasjid”da o’qish uchun velosipedda yo’lga chiqdim. Mashad chorrahasiga yetganimda azonning so’nggi kalimalari aytilgan edi. Muazzin Abdurrahmon azonni aytib bo’lib, shoshilganchga uyi tomon ketayotgan ekan. Yo’lda ko’rishdik.
“Men hozir, uyga kirib, sunnatni o’qib, so’ng jamoatga chiqaman”, dedi-da, yugurgancha uyiga kirib ketdi. Jamoat yig’ildi. Farz namoziga takbir aytildi. Belim og’rigani bois orqaroqdagi safda qolib ketdim. Birozdan so’ng muazzin Abdurrahmon yonimga kelib qo’shildi. Ikkinchi rakaatning rukusiga kelganda muazzin ruku qildi-da, shilq etib yerga yiqildi. Namoz tugashi bilan uni qo’limga oldim. U esa nafas olmas edi…
… Mayyitning janozasi jum’a namozidan so’ng o’qildi…”