• Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o‘xshaydi.
• “Ertaga” hech qachon kelmaydi.
• Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do‘st yo‘q.
• Buyuklikdan telbalikkacha ― bir qadam.
• Eng yaxshi vinoda ham zahar bo‘ladi.
• Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana.
• Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig‘lasang yolg‘iz yig‘la.
• Har bir odam o‘z baxtining me’mori.
• Taqiqlangan mevalar shirin bo‘ladi.
• Qisqalik ― aqlning qalbi.
• Agar it boqsang, o‘zing hurima.
• It bilan yotgan burga bilan uyg‘onadi.
• Bukrining ustidan kulgan o‘zi doim to‘g‘ri yurishi lozim.
• Birdaniga ikki quyon ortidan yugursang, bittasini ham tutolmaysan.
• Kitoblar va do‘stlar oz bo‘lmog‘i lozim, faqat ular yaxshi bo‘lsa bas.
• Qarz ― kambag‘allikning eng yomon ko‘rinishi.
• Yaxshi yashagan uzoq yashaydi.
• Qiyinchilik paytidagi do‘st ― eng yaxshi do‘st.
• Do‘stingning senga yordami kerak bo‘lmagunicha uning qandayligini bilmaysan.
• Boshqa davr ― boshqa fe’l-atvor.
• Do‘stlar sening vaqtingni o‘g‘irlaydi.
• Yetishmovchilik haqida emas, o‘zingda bori haqida o‘yla.
• Ahmoq o‘z pullari bilan tez boyib ketmoqchi bo‘ladi.
• Bitta ahmoq quduqqa tashlagan toshni yuzta dono topa olmaydi.
• Nodon bir soatda bergan savollarga dono yetti yilda javob beradi.
• Ahmoqlar omadli bo‘ladi.
• Ahmoq suvsiz ham o‘saveradi.
• Telba telbaligicha qoladi.
• Ahmoqlar ularga yaxshi payt qachonligini bilmaydilar.
• Ahmoqlar farishtalar kirishga qo‘rqadigan teshiklarga ham kirib chiqadilar.
• Yomon xabarning qanoti bo‘ladi.
• Shaytonning hamma bilgani uchun u ― qari.
• Shayton uni chizganlaridek qop-qora emas.
• Agar hamma narsani ikki marta qilish imkoni bo‘lganda hamma dono bo‘lib ketardi.
• Agar xohishlar tulpor bo‘lganida kambag‘allar hammadan tepada yurardilar.
• Agar mening xolam erkak bo‘lganida, u mening tog‘am bo‘lardi.
• Agar bulut bo‘lmaganida biz Quyoshdan bahra ololmasdik.
• Agar ikki kishi bir otni minmoqchi bo‘lsa, albatta bittasi orqada o‘tiradi.
• Nonushtagacha kulib olsang, kechki ovqatgacha yig‘laysan.
• Xohish bo‘lsa, uni bajarishga sabab topiladi.
• Uch kishi bilgan sirni hamma biladi.
• Meni bir marta aldashsa, yolg‘onchi aybdor; agar ikki marta aldashsa, ayb o‘zimda.
• Erta tursang, ishing tez bitadi.
• Raqsga tushayapsanmi, skripkachini ham rozi qil.
• Agar biron ish ko‘nglingdagidek bajarilishini istasang, uni o‘zing bajar.
• Gapirishning ham, sukut saqlashning ham o‘z vaqti bor.
• Ehtiyoj bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham cho‘chqa hurhurlayveradi.
• Kuniga bir dona olma yesang, senga tabibning hojati yo‘q.
• Oshqozonni yaxshi so‘z bilan to‘ldirib bo‘lmaydi.
• Tikuvchining xotini hammadan yomon kiyinadi.
• Sezarning xotini gumondor bo‘lmasligi kerak.
• Yasha va boshqalarni ham yashashga qo‘y.
• Yasha va o‘rgan.
• Yeyish uchun yashama, yashash uchun ye.
• Hayotiy malaka ― donolikning onasi.
• Hayot ― sokin suvdagi suzishdek oson emas.
• Hayot faqat pivodan iborat emas.
• Hayot qisqa, vaqt tez.
• Agar ruhing tushmasa, hayot ― go‘zal.
• Hayot mayda narsalardan iborat.
• Chiroyli yuzda chirigan qalb ham yashiringan bo‘lishi mumkin.
• Omadsizlik ortidan doim omad ergashib yuradi.
• Oshpaz ovqatni sho‘r qilsa ― so‘kadilar, tuzi past bo‘lsa ― uyaltiradilar.
• Poygada har doim ham eng tezkor ot yutmaydi, urushda har doim ham eng kuchli yutavermaydi.
• Do‘stlar orasidagi ayriliq mehrni mustahkamlaydi.
• Rashk xordiq bilmaydi.
• Rashk boshqalarga o‘q otib, o‘zini yaralaydi.
• Shaytonni gapirsang, u paydo bo‘ladi.
• Xo‘roz qichqirmasa ham tong otaveradi.
• Itni urmoqchi bo‘lsang, tayoq tez topiladi.
• Sog‘lik boylikdan afzal.
• Kasallik kelmagunicha sog‘likning qadri bo‘lmaydi.
• Yomon odam atrofidagilarga qaramay og‘zining tanobini keng ochadi.
• Kuch ― birlikda.
• Bilim og‘irlik qilmaydi.
• Hamma narsani bilish ― hech narsani bilmaslikdir.
• Tomoshabinlar o‘yinchidan ko‘ra ko‘proq narsani ko‘radi.
• Baliq ham, davra ham uch kundan so‘ng ayniydi.
• Eng uzun kunning ham oxiri bor.
• Yaxshi sigirdan ham yomon buzoq tug‘ilishi mumkin.
• Eng yaxshi o‘qotar ham adashishi mumkin.
• Daryo bo‘ylab yursang, dengizga ham chiqasan.
• Toshdan qon chiqarib bo‘lmaydi.
• Kichkina uchqundan katta yong‘inlar yuzaga keladi.
• Hech narsadan hech narsa chiqadi.
• Yomon matodan yaxshi kiyim tikolmaysan.
• Ikki yomonlikdan kichikrog‘ini tanla.
• Yomonlikdan qoch; yomonlik ham sendan qochadi.
• Yo tuz, yo buz.
• Yo suzaman, yo cho‘kaman.
• Ehtiyojingdan tashqarisiga ega bo‘lsang, ko‘p narsaga egasan.
• Ba’zida qiyinchilik kunlaringni ham eslab turish yoqimli.
• San’at mangu, hayot qisqa.
• Tarix qaytariladi.
• Bilimga oson yo‘l yo‘q.
• Istalgan muammoga ikki tomondan kelish mumkin.
• Kutganga kutgani albatta keladi.
• Har bir katta yo‘qotish kichik daromad bilan birga yuradi.
• Har bir qush o‘z sayrashini eshitgisi keladi.
• Har bir o‘qning o‘z yo‘nalishi bo‘ladi.
• Har bir yostiq o‘z joyida turishi lozim.
• Har bir oilaning shkafida skelet bo‘ladi.
• Har bir it o‘z uyida ― sher.
• Har bir yurak og‘riq nimaligini biladi.
• Har bir oshpaz o‘z sho‘rvasini maqtaydi.
• Har bir odam o‘zi uchun, Xudo ― hamma uchun.
• Har bir odam o‘zini yuqori baholaydi.
• Qanday ovoz bersang, shunday aks-sado eshitasan.
• Qanday eksang, shunday o‘rasan.
• O’rinni qanday solsang, shunday uxlaysan.
• Qari xo‘roz qanday qichqirsa, kichiklari shuni qaytaradi.
• Kechqurunda quyosh soatining nima hojati bor?
• Ota qanday bo‘lsa, bola ham shunday bo‘ladi.
• Yozuvchi qanday bo‘lsa, kitob ham shunday bo‘ladi.
• Ishchi qanday bo‘lsa, ish ham shunday bo‘ladi.
• O’qituvchi qanday bo‘lsa, o‘quvchi ham shunday bo‘ladi.
• Xo‘jayin qanday bo‘lsa, xizmatkor ham shunday bo‘ladi.
• Ona qanday bo‘lsa, qizi ham shunday bo‘ladi.
• Daraxt qanday bo‘lsa, mevasi ham shunday bo‘ladi.
• Ota-onalar qanday bo‘lsa, farzandlar ham shunday bo‘ladi.
• Tomchi-tomchi olib, dengizni ham quritishadi.
• Uyga kambag‘allik kirganda sevgi oynadan chiqib ketadi.
• Hamma gapirsa, hech kim eshitmaydi.
• Ikki yunon uchrashsa, urush boshlanadi.
• Ikki tulki uchrashsa, shayton tushlik qilgani ketadi.
• Hasad qalbga kirsa, aql yo‘qoladi.
• Qurol gapirishga tushganda tortishishning keragi yo‘q.
• Soch oqarganda oyoq yurishi ham sustlashadi.
• Uzoq qolib ketsang, seni unutishadi.
• Do‘st so‘raganda “ertaga” degan so‘z o‘tmaydi.
• Yomg‘ir hamma yerga bir xil yog‘adi.
• Mushuk yo‘q bo‘lsa sichqonlar quvnaydilar.
• Cho‘ntak yengil bo‘lsa yurakka og‘iri tushadi.
• Kemada sarbon ko‘p bo‘lsa, u cho‘kadi.
• Do‘stimga qarz berganimda hammasi yaxshi edi, qarzni qaytarishni so‘raganimda bu unga yoqmadi.
• Bir eshik yopilsa, boshqasi ochiladi.
• Bayram ― ish tugagandan so‘ng.
• Ko‘p qo‘l ko‘p ishni bajaradi.
• Aytib bo‘lingan so‘z endi seniki emas.
• O’lim kelganda uni qaytarolmaysan.
• Rimga borsang rimliklarday yur.
• “Qachondir” ― “hech qachon” degani.
• Musiqa tugadi ― raqs ham tugadi.
• Sigir dumini yo‘qotmasdan turib uning qadrini bilmaydi.
• Qirolning toji bosh og‘rig‘idan saqlolmaydi.
• Ozroq qarz ― mustahkamroq do‘stlik.
• Qo‘lqop kiygan mushuk bironta sichqonni ham tutolmaydi.
• Mushuk qaymoqni o‘g‘irlayotib ko‘zini yumib oladi.
• Mushuk tirnog‘ini yashiradi.
• Fe’li go‘zal odam ― eng go‘zal.
• Go‘zallik sevganingning ko‘zida.
• Go‘zallik o‘ladi, yaxshi amal mangu qoladi.
• Kiyimga qarab mato o‘lcha.
• Kalamushlar cho‘kayotgan kemani tark etadi.
• Ko‘p ishni birdaniga olgan undan ba’zisini tugata oladi, xolos.
• Qo‘rqqan yasholmaydi.
• Tez yegan tez ishlaydi.
• Juma kuni kulgan shanba kuni yig‘laydi.
• Qo‘liga qilich olgan qilich tig‘idan o‘ladi.
• Bo‘ri bilan do‘st bo‘lgan uvillashni o‘rganadi.
• Vaqtdan yutqizgan hamma narsadan yutqizadi.
• Butun umr firibgarlik bilan shug‘ullangan odam ro‘stgo‘y bo‘lib o‘lishi gumon.
• Hammaga do‘st ― hech kimga do‘st emas.
• Birovni hurmat qilmagan o‘zini ham hurmat qilmaydi.
• O’likning oyoq kiyimini kutgan uzoq vaqt yalangoyoq yuradi.
• Zulm qilgan zulm ko‘radi.
• Noxushlik qidirgan uni doim topadi.
• Kim tishlasa, uni ham tishlashadi.
• Yozda ishlamagan qishda och qoladi.
• Buzgan to‘laydi.
• Daraxtni sevgan uning yaprog‘ini ham sevadi.
• Ko‘p gapirgan kam ish qiladi.
• Ko‘p gapirgan ko‘p adashadi.
• Ko‘p gapirgan ko‘p aldaydi.
• Ko‘p hurigan it umuman tishlamaydi.
• Ko‘p va’da bergan o‘zini quruq qoshiq bilan to‘ydiradi.
• Cho‘qqiga birinchi bo‘lib yetib borgan xohlagan joyida o‘tiradi.
• O’zini eplolmagan birovni boshqarolmaydi.
• Sukut qilishni bilmagan yaxshi gapirishni ham bilmaydi.
• O’g‘irlangan moldan xazar qilmaydiganning o‘zi ham o‘g‘ri.
• Achchiqni totmagan shirinning qadriga yetmaydi.
• Maslahat eshitmaydiganga yordam shart emas.
• Xato qilmagan hech narsaga erishmaydi.
• Chaqani asrolmagan so‘mni ham asrolmaydi.
• Ishlamagan tishlamaydi.
• Bir marta tishlangan ikki marta qo‘rqadi.
• Shoshilgan labini kuydirib oladi.
• Birinchi kelganga birinchi bo‘lib xizmat qilishadi.
• Gunoh dengizida suzgan iztirobga cho‘kadi.
• Kim bir marta aldasa, undan yuz yil shubhalanadilar.
• Kim erta tursa, unga omad yor.
• Erta yotish va erta turish odamni boy, sog‘lom va aqlli qiladi.
• Ishtaha bilan yegan ishtaha bilan ish qiladi.
• Ikki kursiga o‘tirgan yerga qulaydi.
• Ko‘p va’da bergan va’dasini bajarmaydi.
• Uxlagan baliq tutolmaydi.
• Senga birovni g‘iybat qilgan seni ham birov oldida g‘iybat qiladi.
• Baxt vaqt bilmaydi.
• Hech narsani xohlamaydigan o‘lib boradi.
• Shayton bilan ovqatlangan odamga uzun qoshiq kerak.
• Tuxumni o‘g‘irlagan sigirni ham o‘g‘irlaydi.
• Yaxshi yashagan uzoq yashaydi.
• O’z ishini bilgan hammadan yaxshi yashaydi.
• Yong‘oq yeyishni xohlagan uni chaqishi kerak.
• Tuxum olishni xohlagan kurkaga chidashi kerak.
• Marvarid olishni xohlagan dengizga sho‘ng‘ishi kerak.
• Baliq tutishni xohlagan ho‘l bo‘lishdan qo‘rqmasligi kerak.
• Meva yeyishni xohlagan avval daraxtga chiqishi kerak.
• Ko‘p o‘q otgan qachondir albatta nishonga tekkizadi.
• Yaproq egilgan tomonga daraxt ham egiladi.
• Sharafini yo‘qotganga boshqa narsani yo‘qotishning hojati yo‘q.
• Temirni issig‘ida bos.
• Yolg‘onchi rost gapirsa ham ishonmaydilar.
• O’tgan ishga aqllilar ko‘p topiladi.
• Oson kelgan oson ketadi.
• Maslahat berishdan osoni yo‘q.
• Qurishdan ko‘ra buzish osonroq.
• Bajarishdan ko‘ra aytish osonroq.
• Chiqishdan ko‘ra tushish osonroq.
• Dangasa qo‘y junini og‘ir deb o‘ylarkan.
• Dangasa ― kambag‘alning akasi.
• Yolg‘onchining xotirasi kuchli bo‘lishi kerak.
• Tulki ko‘karishi mumkin, lekin hech qachon yaxshi bo‘lmaydi.
• Tulkini ikki marta bitta tuzoqdan tutolmaysan.
• Chehra ― aqlning tajallisi.
• Yuzma-yuz so‘zlashganda haqiqat oydinlashadi.
• Yolg‘on yolg‘onni tug‘adi.
• Oy itning hurishiga qarab turmaydi.
• Eng yaxshi himoya ― hujum.
• Sherning dumi bo‘lgandan itning boshi bo‘lgan afzal.
• Yomon davradan ko‘ra yolg‘iz o‘tirgan afzal.
• Chalasavod bo‘lgandan umuman o‘qimagan afzal.
• Umuman ko‘r bo‘lgandan bir ko‘z bilan ko‘rgan afzal.
• Kech aytilgan ikkita so‘zdan vaqtida aytilgan bir so‘z afzal.
• Zulm ko‘rgan ezgulikning qadriga yetadi.
• Oxirgi bo‘lib kulgan hammadan yaxshi kuladi.
• Haq gapni belga yashirgandan yuzga aytgan afzal.
• Olgandan bergan afzal.
• Tushirib yuboradigan otni mingandan eshakda yurgan afzal.
• Qarz bilan uyg‘ongandan ovqatlanmay uxlagan afzal.
• Katta achinishdan kichikkina yordam afzal.
• Yondiradigan katta olovdan isitadigan kichik olov afzal.
• Tildan tutilgandan oyoqdan tutilgan afzal.
• Bitta yomon buta tashlandiq daladan afzal.
• Qo‘ldagi bitta qush shoxdagi ikkita qushdan afzal.
• Hechdan ko‘ra kech afzal.
• Hayotni boy bergandan oyoqni boy bergan afzal.
• Kemani yo‘qotgandan langarni yo‘qotgan afzal.
• Bir shilling hadya qilish yarim krona qarz berishdan afzal.
• Boy bo‘lib tug‘ilgandan omadli bo‘lib tug‘ilgan afzal.
• Sharafli o‘lim uyatli hayotdan afzal.
• Yo‘lni so‘rab olgan yo‘ldan adashgandan afzal.
• Doimiy va’da bergandan bir marta rad etgan afzal.
• Yarimta non yo‘qchilikdan afzal.
• Boshidagi kulgudan oxiridagi tabassum afzal.
• Tizzada yashagandan tikka turib o‘lgan afzal.
• Bir tomonning katta g‘alabasidan kichkinagina tinchlik afzal.
• Pismiq do‘stdan ochiq dushman afzal.
• Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.
• Sevgi va yo‘talni yashirib bo‘lmaydi.
• Sevgini hech qanday giyoh bilan davolab bo‘lmaydi.
• Meni qattiq, lekin uzoq sev.
• Meni sevsang itimni ham sev.
• Sevgi hamma narsani mag‘lub qiladi.
• Sevgi yo‘lini topib oladi.
• Sevgi qafasda ham, saroyda ham yashaydi.
• Sevgi yosh tanlamaydi.
• Sevgini bozordan sotib olib bo‘lmaydi.
• Sevgi ― o‘limdan kuchli.
• Sevgining ko‘zi ko‘r.
• Sevgi yurakni yumshatadi.
• Qiziquvchanlik mushukni o‘ldirdi.
• Odamlar uchrashishi mumkin, lekin tog‘lar uchrashmaydi.
• Odamlar ko‘pincha o‘zlariga yoqmaydigan narsalarga ishonmaydilar.
• Odamlar o‘z ishlariga kelganda ko‘rdirlar.
• Kichkina teshik katta kemani cho‘ktiradi.
• Kichkina kaptarlar katta xabarlarni eltishga qodir.
• Kichkina bolaning g‘ami ham kichik, kattasiniki ― katta.
• Kichkina ip bilan kichik qushni bog‘lash mumkin.
• Oz-oz yig‘ilib, kissa ham to‘ladi.
• Kichkina bolta katta daraxtni yo‘qotadi.
• Ona o‘z sevgisi bilan ba’zida bolani buzishi mumkin.
• Asal eshak uchun emas.
• Asta-sekin ishla, lekin to‘g‘ri ishla.
• Sekin va aniq harakat bilan poygada yengish mumkin.
• Tili asal, yuragi zahar.
• Va’da va uning bajarlishi orasida bir qiz unib-o‘sib, turmushga chiqadi.
• Kichkina o‘g‘rilarni osadilar, kattalarini qutqaradilar.
• Kam gapirsang aqlli bo‘lasan.
• Ozroq qadam ― katta tezlik.
• O’lik sherning soqolidan quyonlar ham tortishi mumkin.
• Dunyo ko‘pchilikdan tuzilgan.
• Fikrlar xilma-xil bo‘ladi.
• Ko‘pgina go‘zal idishlar bo‘sh turadi.
• O’zlari kesib tashlamoqchi bo‘lgan qo‘lni o‘padilar.
• Ko‘p ― demak yomon.
• Ko‘prik ostidan qancha suvlar o‘tib ketdi.
• Hech narsadan ko‘pgina shovqin.
• Tilini tishi bilan ushlay oladigan odam eng kuchlidir.
• Leopard dog‘ini yo‘qota oladimi?
• Meni aka desang mayli, lekin haqiqiy aka bo‘la ko‘rma.
• Otni sug‘orishga olib borishing mumkin, lekin uni ichishga majbur qilolmaysan.
• Mening uyim ― mening qo‘rg‘onim.
• Indamas it xavfli bo‘ladi.
• Indamas nodonni dono deb o‘ylaydilar.
• Sukut ― oltin.
• Sukut ― rozilik alomati
• Oxiri yaxshilik bilan tugagan ishgina ezgudir.
• Donolik hayot tajribasidan kelib chiqadi.
• Erkakning yoshi ― o‘zi his qilganicha, ayolning yoshi ― ko‘rinishida.
• Erkaklar uyni barpo qiladi, ayollar ― o‘choqni.
• Musiqa bo‘lmasa raqs ham bo‘lmaydi.
• Biz o‘zimiz xohlagan narsalarga ishonamiz.
• Biz hammamiz fikr qullarimiz.
• Yo‘qotmasdan oldin yaxshining qadriga yetmaymiz.
• Quduq qurimasidan suvning qadri bilinmaydi.
• Bittagina ini bo‘lgan sichqonni tutish oson.
• Mushuklar yo‘q joyda sichqon hokim.
• Shirin javob jahlni sovutadi.
• Yumshoqlik va qisqalik ― ojizlik emas.
• Oq otning dog‘lari tez bilinadi.
• Yomonlikka yaxshilik bilan javob ber.
• Har bir “nima uchun”ga “chunki” bor.
• Oraliq masofadan yaxshiroq sevasan.
• O’z qayig‘ingda o‘zing eshkak esh.
• O’z vaqtida maslahatni yaxshi eshitmaydilar.
• Umid ― kambag‘alning noni.
• Umid ― yaxshi nonushta, lekin yomon tushlik.
• Umid cho‘kmaydi.
• Yaxshilikka umid qil, lekin yomonlikka ham tayyor tur.
• Narsalarni o‘z nomi bilan ata.
• Baxt topish oson, uni saqlab qolish qiyin.
• Bo‘ysunishni o‘rgansang, boshqarishni ham o‘rganasan.
• Qovog‘i solingan do‘st kulgan dushmandan afzal.
• Bir ishni boshlashgan avval uning oxirini rejalashtir.
• Yotgan odamni urma.
• Qarz ham olma, qarz ham bera, shunda tinch yashaysan.
• Kapalakni o‘ldirish uchun qurol ishlatma.
• Marvaridni cho‘chqaning oldiga otma.
• Bir qonun boylar uchun, boshqasi kambag‘allar uchun.
• Ertalabki bir soat kechqurungi ikki soat bilan barobar.
• Yolg‘iz odam ― deyarli hech kim.
• Hammaga ishonish hech kimga ishonmaslikdir.
• Yolg‘iz qo‘y bo‘riga yem bo‘ladi.
• Bir dard boshqasini belida ko‘tarib yuradi.
• Bir tomchi zahar bir bochka vinoni zaharlaydi.
• Bir qaldirg‘och bilan bahor kelib qolmaydi.
• Yolg‘on yolg‘onni tashiydi.
• Yuzta kuchli qo‘ldan bitta aqlli bosh afzal.
• Bir halqa uzilsa, zanjir ishdan chiqadi.
• Bugungi bir, ertangi ikkidan afzal.
• Tinch suv va indamas itdan qo‘rq.
• Kech qolish ― ming xil noqulayliklarning otasi.
• Tajriba ― eng yaxshi muallim.
• Eshakka oltin yuklangan bo‘lsa ham u eshakligicha qoladi.
• Ehtiyotkorlik ― jasurlikning eng yaxshi qismi.
• Birinchi bo‘lib tosh otma.
• Uxlayotgan sherni uyg‘otma.
• Uxlayotgan itni uyg‘otma.
• O’zingni sichqondek tutma; mushuk yeb ketadi.
• Katta yo‘qotishda ham oz bo‘lsa-da foyda bo‘ladi.
• Tutunsiz olov bo‘lmaydi.
• Bir ko‘rishdayoq sevib qolma.
• Yarqirayotgan hamma narsa ham tillo emas.
• Cherkovga borayotgan hamma ham gunohsiz emas.
• It hurigan hamma ham o‘g‘ri emas.
• Hamma non ham bir tandirdan emas.
• Birinchi bo‘lish hammaga emas.
• Rahbar bo‘lish hammaga emas.
• Eshitganingning yarmiga ishon, har ko‘rgan narsangga ishonaverma.
• Raqsga tushayotgan hamma ham baxtli emas.
• Toza suv topmaguningcha kir suvni ichma.
• Hali baliqni tutmasdan sousni tayyorlama.
• Tutilmagan baliqni qovurma.
• Savol berma ― yolg‘on eshitmaysan.
• Quyoshni ko‘rish uchun chiroq yoqma.
• Olov bilan o‘ynashma.
• Har kun ham yakshanba emas.
• Hamma tuxumni bir savatga solma.
• Chiroyli kostyum kiygan yigit jentlmen bo‘lib qolmaydi.
• O’rmondan chiqmasdan “ura!” dema.
• Tishlashni bilmasang tishingni ko‘rsatma.
• Oqimga qarshi suzma.
• Shayton eshik qoqqanda uni ocha ko‘rma.
• Ko‘prikka yetmasdan turib, undan o‘tishga urinma.
• Hozir ishing yurishmasa, keyin albatta yurishadi.
• Tulkini g‘ozlarni qo‘riqlashga qo‘yma.
• Qidirmasang ― topmaysan.
• Bo‘rini qo‘ylarga qorovul qilma.
• Mushukni qaymoqqa jo‘natma.
• Ayiqni tutmay turib uning terisini sotma.
• Oldinga yurmaslik ― orqaga ketishlik.
• Osilgan odamning uyida arqon so‘zini tilingga olma.
• Hech kim ajablanmaydigan narsani isbot etishga urinma.
• Tavakkal qilmasang ― yutmaysan.
• Baland otga o‘tirma.
• Sichqondan qutulish uchun uyingni yoqma.
• Hadya qilingan otning og‘ziga qarama.
• Qo‘shiq aytmasang ― ovqatlanmaysan.
• Aravani otning oldiga qo‘yma.
• Odamlar oldida kir kiyimingni yuvma.
• Kitobning muqovasiga qarab baho berma.
• Odamlar va narsalarga birinchi taassurotdan baho berma.
• Birovning ayblarini kovlama, senikini ham kovlamaydilar.
• Odam faqat non bilangina yashamaydi.
• Va’da berishga shoshilma, agar va’da bergan bo‘lsang, uni bajarishga shoshil.
• Do‘st tanlashda shoshilma.
• Moli kam kambag‘al emas, ko‘p xohlaydigan ― kambag‘al.
• Baliqqa suzishni o‘rgatma.
• Dushmanning o‘ligini ko‘rmaguningcha maqtanma.
• Do‘stingdan ayrilishni xohlamasang, u bilan hazillashma.
• Kichkina teshik katta kemani cho‘ktirishi mumkin.
• Qisqichbaqani to‘g‘ri yurishga majbur qilolmaysan.
• Tuxumni sindirmasdan quymoq tayyorlolmaysan.
• Ikkita narsaga birdaniga sig‘inolmaysan.
• Ovqat paytidagi do‘stlik uzoqqa cho‘zilmaydi.
• Odamning kamchiligi peshonasiga yozib qo‘yilmagan.
• Muhabbat kam joyda kamchiliklar ko‘p.
• Ko‘p odamlar daraxtlar sabab o‘rmonni ko‘rolmaydilar.
• Ikki joyda birdaniga bo‘lish mumkin emas.
• Kechagi kunni qaytarib bo‘lmaydi.
• Soatni orqaga qaytarib bo‘lmaydi.
• Daraxtga po‘stlog‘iga qarab baho berma.
• Hasadning sevgiga o‘xshab ko‘zi ko‘r.
• Tund havo ochiq havo bilan almashadi.
• Ehtiyotkorlik ― qobiliyatning onasi.
• Aytilmagan mehmon o‘zi bilan kursisini olib kelsin.
• Chaqirilmagan mehmondan xursand bo‘ladilar ― u ketganda.
• Baxtsizlik ― buyuk muallim.
• Baxtsizlik bir o‘zi kelmaydi.
• Baxtsizlik bizga baxt nimaligini o‘rgatadi.
• Baxtsizlik eng baxtiyor oilalarga tashrif buyuradi.
• Eshitishni xohlamaydigan odam ― eng kar.
• Ko‘rishni xohlamaydigan odam ― eng ko‘r.
• O’z uyingdan ortiq yaxshi joy yo‘q.
• Eski do‘stlar va eski vinodan ortiq yaxshi narsa yo‘q.
• Sukutdan ortiq aqlli narsa yo‘q.
• Mustasnosiz qoida yo‘q.
• Tikansiz atirgul yo‘q.
• To‘kilgan sut uchun yig‘lashdan ne foyda?
• Omadsizlik muvaffaqiyatga erishishni o‘rgatadi.
• Sen qachondir suv ichgan buloqqa axlat tashlama.
• “Deyarli” so‘zini aytish hech qachon zararli emas.
• Dushmaningga hech qachon oyog‘ing og‘riyotganini aytma.
• Hech qachon “umr tugadi” dema.
• Bugun bitirish mumkin bo‘lgan ishni hech qachon ertaga surma.
• Hech qachon baliqqa suzishni o‘rgatishingni taklif qilma.
• Hech qachon insonning yuziga qarab baho berma.
• Erishmagan pulingni ishlatishga shoshilma.
• Har qanday ishni hech qachon yarmigacha bajarma.
• Hech kim xatodan xoli emas.
• Hech kim dono yoki olim bo‘lib tug‘ilmagan.
• Hech kim bir kundayoq usta bo‘lgan emas.
• Ip zaif joyidan uziladi.
• So‘rab hech narsani yo‘qotmaysan.
• Muloyimlikdan arzon narsa yo‘q.
• Yangi xo‘jayin ― yangi tartiblar.
• Eski kiyim kiy, lekin yangi kitob sotib ol.
• Ehtiyoj ― mehnatsevarlik onasi.
• Ehtiyoj qariyani ham yugurishga majbur qiladi.
• O’lganlar haqida faqat yaxshi gaplarni gapir.
• Yurak istaganini til gapiradi.
• Kam va’da qilib, ko‘p bajar.
• Sekin va’da qilib, tezda bajar.
• Kuygan bola o‘tdan qo‘rqadi.
• Ochko‘zlik orqali qilichdan ko‘ra ko‘p odam o‘ldi.
• Bitta jinni hammani jinni qiladi.
Davronbek Tojialiyev tarjimalari.