Yoshligimda multfilmda bo’lsa-da, qo’ziqorin yomg’iri, sabzi yomg’iri, pishloq yomg’irini ko’rgandim. Keyinchalik chigirtka yomg’irini ko’rib, hayratim oshgandi. Yaqin 5-6 yildan beri Farg’onada terak guli yomg’iri avj olgan.
Uydan hovliga chiqishingiz bilan pardek uchib yurgan Kaliforniya teragi gullari avvalo ko’zingizni oladi, qor yog’yaptimi deb o’ylaysiz. So’ng biroz tashqarilagach, par gullari burningizga, qulog’ingizgga, ehtiyot bo’lmasangiz, ko’zingizga kirib ketadi.
Ular uchib-uchib, burchaklarda, duch kelgan joyda to’planib, atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, aynan Kaliforniya teragi kelishi bilan o’zimizning teraklarga ham gullash dardi yuqqan.
Allergiyasi bor bemorlar uchun bu ancha xavfli bo’lib, turli kasalliklarning urchishiga olib keladi.
Shahar va viloyat ma’murlari ushbu muammoga ham e’tibor qaratishsa yaxshi bo’lardi. To’g’ri, terak asosiy qurilish mahsuloti, kimlarningdir daromad manbai. Lekin inson salomatligi barchasidan ustun bo’lmog’i kerak.