Taksida ketayotgandim, “ochered” haqida gap ketdi. 90-yillar boshidagi nonga navbatda turgan murg’ak davrlarimiz eslandi. Orqadagi yo’lovchi aka hind kinolariga kirish uchun navbatda turgan yoshlik davrlarini esladi. Men esa so’nggi marta eng uzun – bir kilometrlik navbatni Berlindagi “Pergamon” muzeyi oldida ko’rganimni aytdim. Haydovchi indamay ketardi. Birozdan so’ng, u: “Hozir men sizga eng uzun “ochered”ni ko’rsataman. Bizda eng katta navbat mana bu” deya u Ohangaronda metan gazi uchun navbatda turgan 5 kilometrlik mashinalar karvonini ko’rsatdi…
Assalomu alaykum! Davron aka, sizning maqolalaringizni doim o‘qib boraman. Ulardan o‘zimga ko‘p narsa olaman.
Yangidan yangi maqolalaringiz, teran fikrlar, hammasi ajoyib. Uzim ham qog‘oz qoralab turaman. Sizni o‘zimga virtual ustoz hisoblayman.
Sizga ulkan zafarlar yor bo‘lsin!