Kavkaz maqollari

Abazin xalq maqollari

• Ishyoqmas poliz qo‘riqchisidan ham yomon, poliz qo‘riqchisi hech bo‘lmasa qo‘rqitadi. • Topilmagan go‘shtdan bo‘rining tishi qamashadi. • Achchiq ovqat yemagan asalning shirinligini bilmaydi. • Eshakdan yiqilgan bolani arg‘umoqqa mindirma. • Tuxum tovuqqa aql o‘rgatarkan. • Eskini maqtab, yangini ol. • Haqiqatning yo‘li keng. • Ho‘kizning o‘limi ― itlarga bazm. • Bilimni belga bog‘lab yurmaydilar. • Hamjihatlik oilani mustahkamlaydi, birgalikda Давоми …

Gruzin xalq maqollari

• Itlar yo‘q joyda mushuklar huriydi. • Eshakdan: “Sening nechta xotining bor?”, — deb so‘rashdi. U butun podani ko‘rsatdi. • Tarbiyasiz otga minib Xudoni esdan chiqaradi, otdan tushib — otni. • Aroq bilan salomlashib, aql bilan xayrlash. • Ko‘rlar orasida bir ko‘zli ham qo‘mondon. • Odam yig‘lab tug‘ilib, ingrab o‘ladi. • Odamning tug‘ilishi — birinchi kun, uylanishi — ikkinchi kun, Давоми …

Avar xalq maqollari

• Boshing yorilmasdan avval bog‘lab ol. • Mushuklar yo‘q shiyponda sichqonlar tantana qiladi. • Tarix qaytmaydi, pakana o‘smaydi. • Asalari va pashsha bitta uyaga sig‘maydi. • Tog‘ toqqa mehmonga boribdi desa ― ishon, insonning fe’li o‘zgaribdi desa ― ishonma. • Ko‘rganing ― haqiqat, eshitganing ― yolg‘on. • Begonaning boshiga tekkan o‘q, go‘ngtepaga sanchilgan o‘q bilan barobar. • Bir bog‘ uzum Давоми …

Dog’iston xalq maqollari

• Ilon terisini har yil o‘zgartiradi, ammo zaharli tishi shundayligicha qoladi. • Ko‘piga yugurgan ozidan ham qoladi. • Kim yolg‘on gapirsa, u o‘g‘irlikdan ham toymaydi. • Ko‘p changallama, ko‘tarish qiyin bo‘ladi. • Yomon odam qarzdor bo‘lib qolmaydi: unga yaxshilik qilgan odamning uyini yoqadi. • Otasiz ― o‘g‘il xo‘jayin, onasiz ― qiz. • Qumsiz daryo bo‘lmaydi. • Yomon odamning og‘ziga moy Давоми …