• Boshing yorilmasdan avval bog‘lab ol.
• Mushuklar yo‘q shiyponda sichqonlar tantana qiladi.
• Tarix qaytmaydi, pakana o‘smaydi.
• Asalari va pashsha bitta uyaga sig‘maydi.
• Tog‘ toqqa mehmonga boribdi desa ― ishon, insonning fe’li o‘zgaribdi desa ― ishonma.
• Ko‘rganing ― haqiqat, eshitganing ― yolg‘on.
• Begonaning boshiga tekkan o‘q, go‘ngtepaga sanchilgan o‘q bilan barobar.
• Bir bog‘ uzum yesang ham, bir bosh uzum yesang ham ― gunohi bitta.
• Yeyilgan va ichilgani ― o‘zimizniki, boshqasi ― begonaniki.
• Shamolsiz chalov ham qimirlamaydi.
• Go‘ngsiz va namsiz gul o‘smaydi.
• Buqa o‘lsa ― go‘sht, arava sinsa ― o‘tin.
• O’zingning narsang yoqadi, birovning ― xotini.
• Chumchuq faqat arpa dalasi haqida o‘ylaydi.
• O’g‘riga o‘g‘irlangan mol chaqadek tuyuladi, egasiga so‘mdek.
• Yaxshi narsaning oldida ― yomonlik, yomonlik oldida ― yaxshilik.
• Sichqonning bolasi qopni kemiradi, bo‘rining bolasi qo‘yni timdalaydi.
• O’rdakning bolasi tuxumdaligidayoq suvni biladi.
• Qarg‘aning uyini qag‘illashidan topasan.
• Kelgindining uyi ovulning chetida.
• Go‘ng solingan dalani Xudo ham sevadi.
• Asal ham ko‘p bo‘lsa taxir bo‘lib qoladi.
• Izlagan topadi.
• So‘qmoqdan ketgan qaytmadi, katta yo‘ldan ketgan omon qaytdi.
• Ertangi qo‘ydan, bugungi quyruq afzal.
• Ko‘p yashagan emas, ko‘p ko‘rgan ko‘p biladi.
• Er yaxshi bo‘lsa, xotin ham yaxshi, xotin yaxshi bo‘lsa ― er ham.
• Har bir fir’avnga bitta Muso.
• Guvohi yo‘q narsa ― yolg‘on.
• Eshakning merosxo‘ri ― it.
• Onang maqtaganga uylanma, qo‘shnilaring hurmat qilganga uylan.
• Kechqurun uxlab, tongda tur, sa’vaning odatidan yiroq yur.
• Qozondan ― qorakuya, yomondan ― kulfat.
• Ota zirk yesa bolalarning tishi qamashadi.
• Dovyurak Hasanali shu yerda ekan, yana bitta eshakni so‘yish uchun olib kel.
• O’tgan qaytmaydi, o‘chgan yonmaydi.
• O’zi kichkina, jasorati katta.
• Boshqaning o‘g‘lidan o‘z qizing yaxshi.
• Omadlining eshagi ham urg‘ochi eshak kabi tug‘adi.
• Cho‘loqning soyasi ham cho‘loq.
Davronbek Tojialiev tarjimalari