palov

Osh – ko’tarma bosh!

Endi bu safar onajonim bilan tayyorlagan oshimizni namoyish etaman. Masalliqlar (hammasi olinmabdi): Ming gaz yoki duxovka, pechda pishirilgan taom, o’choqda qilingan ovqatning ta’mini berolmaydi. O’choq uchun o’tin yorish menga topshirildi. Qoyilmaqom qilib uddaladim: Asta sekin oshni boshladik: Men biroz sovuqotib ichkariga kirgunimcha ayajon oshni suzib bo’lgan ekanlar. Qozonda qolgan oxirgisiga ulgurib qoldim: Mana oshimiz ham tayyor (uzr, bezatishga sabr yetmadi Давоми …

Iftorlik uchun 40 kishilik marg’iloncha osh

Marg’ilonda Ramazonlar juda fayzli o’tadi. Ayniqsa iftor paytiga yaqin hammaning yugur-yugurga tushib qolganini ko’rasiz. Kimdir uyiga, yana kimdir boshqa birodari taklif etgan iftorlik dasturxoniga shoshiladi. Ikki do’st ko’rishishi bilanoq, bir-birini iftorlikka taklif etadi. Bugun esa bizning xonadonimizga iftorga kelaverasizlar. Bugungi oshxonamizda marg’iloncha palovxonto’ra. Bosh oshpaz – mening dadam. Men esa ularga yordam berib turdim. Ko’pchilikka osh qilinganidan keyin albatta katta Давоми …