iftor

Iftorlik uchun 40 kishilik marg’iloncha osh

Marg’ilonda Ramazonlar juda fayzli o’tadi. Ayniqsa iftor paytiga yaqin hammaning yugur-yugurga tushib qolganini ko’rasiz. Kimdir uyiga, yana kimdir boshqa birodari taklif etgan iftorlik dasturxoniga shoshiladi. Ikki do’st ko’rishishi bilanoq, bir-birini iftorlikka taklif etadi. Bugun esa bizning xonadonimizga iftorga kelaverasizlar. Bugungi oshxonamizda marg’iloncha palovxonto’ra. Bosh oshpaz – mening dadam. Men esa ularga yordam berib turdim. Ko’pchilikka osh qilinganidan keyin albatta katta Давоми …

Iftorlikdagi tomosha

Kecha bir do’stimni kutib olish uchun iftorga yaqin ko’chaga chiqdim. Do’stimni kutib oldim. Iftor payti yetdi. Yo’lda uchragan bir oshxona-kafega kirib og’iz ochmoqchi bo’ldik. Kirdik. Lekin ne ko’z bilan ko’rayki… Iftor paytida, ramazon oyida… deyarli har bir stolda odamlar, eng hayratlanganim ayollar, o’zbek ayoli, qizlar… o’zbek qizi aroq ichib o’tirishibdi… Astag’firulloh, dedim. Nahotki, hech ham o’ylamagandim. Axir Ramazon oyida-ya! Iftor Давоми …