qor

Chimyon safari

Dam olish kunlarini juda maroq bilan o’tkazdim. Shanba kuni do’stimiz – Alihon ning tug’ilgan kunlari ekan. Ular bizni Toshkentdagi marg’ilonliklar choyxonasiga taklif qildilar. U yerda do’stlar bilan rosa maza qildik, suhbatlar, hangomalar… O’zimizning devzira guruchlardan juda qoyillatib osh damlab berishdi. Xuddi uydagidek maza qilib tanavvul qildik. Yakshanba kuni esa ishxonadagi yoshlar bir bo’lib Chimyonga chiqdik. Qorli tog’ bag’rida o’ynab rosa Давоми …

Qurbon bayram shukuhi

Bugun ertalabdan tahorat qilib, yangi kiyimlarni kiyib, musku anbarlarni sepib, joynamozlarni oldik-da, jome’ masjidiga hayit namozini o’qishga shoshildik. Uydagi barcha erkaklar, hatto yosh jiyanlarim ham oldimizga tushishdi. Mahallada ham allaqancha odam bo’lib, ko’chani to’ldirib, masjidga intildik. Hayit namozini o’qib olgach, hammamiz bir-birimizni muborak ayyom bilan tabrikladik. Hamma qidirgan insonlarimni masjiddan topdim. Ularni ham bayram bilan tabrikladik. Uydagi ayollar, qizbola jiyanchalarim Давоми …