Dam olish kunlarini juda maroq bilan o’tkazdim.
Shanba kuni do’stimiz – Alihon ning tug’ilgan kunlari ekan. Ular bizni Toshkentdagi marg’ilonliklar choyxonasiga taklif qildilar. U yerda do’stlar bilan rosa maza qildik, suhbatlar, hangomalar… O’zimizning devzira guruchlardan juda qoyillatib osh damlab berishdi. Xuddi uydagidek maza qilib tanavvul qildik.
Yakshanba kuni esa ishxonadagi yoshlar bir bo’lib Chimyonga chiqdik. Qorli tog’ bag’rida o’ynab rosa maza qildik.
Chimyon tog’iga qor juda yaxshi yog’gan, baxtimizga havo ham sovuq emas, oftob charaqlab chiqqan.
Chang’i, chanalarda uchib rosa huzur qiladi, odam. Ayniqsa, chanada 2-3 kmga sirpanishning gashti boshqacha bo’lar ekan. Eng zo’ri toqqa plyonka bilan ko’tarilib, shu bilan sirpanish maza ekan.
Tabiatning go’zalligiga qarab ko’z to’ymaydi. Archa tagida, qor ustida o’tirib, tamaddi qilishning ham o’z gashti bor ekan.
Xullasi kalom, Chimyonda maroqli hordiq chiqarish mumkin ekan. Sizlarga ham tavsiya qilaman.
23/01/2006.