Ingliz xalq maqollari. 2-qism

• Kitobsiz uy ruhsiz tanaga o‘xshaydi. • “Ertaga” hech qachon kelmaydi. • Yaxshi kitobdan ortiq haqiqiy do‘st yo‘q. • Buyuklikdan telbalikkacha ― bir qadam. • Eng yaxshi vinoda ham zahar bo‘ladi. • Jahling chiqsa, erinmay yuzgacha sana. • Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig‘lasang yolg‘iz yig‘la. • Har bir odam o‘z baxtining me’mori. • Taqiqlangan mevalar shirin bo‘ladi. • Давоми …

Muazzinning so’nggi azoni

Bir otaxon hikoya qilib beradilar: “Har galgidek bomdodni “Oqmasjid”da o’qish uchun velosipedda yo’lga chiqdim. Mashad chorrahasiga yetganimda azonning so’nggi kalimalari aytilgan edi. Muazzin Abdurrahmon azonni aytib bo’lib, shoshilganchga uyi tomon ketayotgan ekan. Yo’lda ko’rishdik. “Men hozir, uyga kirib, sunnatni o’qib, so’ng jamoatga chiqaman”, dedi-da, yugurgancha uyiga kirib ketdi. Jamoat yig’ildi. Farz namoziga takbir aytildi. Belim og’rigani bois orqaroqdagi safda qolib Давоми …

Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz?

Aziz kitob muxlislari! Shaxsiy kutubxonangizni qanday yuritasiz. O’z tajribamdan ba’zi tavsiyalarni siz bilan baham ko’rsam: 1. O’z kitob katalogingizni tuzib qo’ying. Uni computerda amalga oshirish osonroq. Excel dasturida jadval tashkil etib, kitob nomi, muallifi, chiqqan yili, nashriyoti, shahri, tili, mavzusi bo’yicha to’ldirib chiqing. Bu narsani oddiy kundalik daftarda ham amalga oshirsa bo’ladi. 2. Kitobni qachon sotib olganingiz yoki sizga kimdir Давоми …

Fransuz xalq maqollari

• Toza vijdondan ko‘ra yumshoq yostiq yo‘q. • Ayol ― xudoning go‘zal ne’mati, agar uni shayton totib qo‘ymagan bo‘lsa. • Sirkadan ko‘ra asalning atrofida pashsha ko‘p bo‘ladi. • Cherkovga emas, xudoga yaqin bo‘l. • Yigirma yoshli qizni yigitlardan asragandan ko‘ra sichqonni mushukdan asragan osonroq. • O’lim sevgini qo‘rqitmaydi. • Faqatgina ahmoq o‘z fikrini o‘zgartirmaydi. • Shoirlar qishloqda tug‘ilib, Parijda vafot Давоми …

Ozodbekdan doood!

Marg’ilondan Toshkentga yo’lga chiqarkanman, haydovchidan ushbularni so’rab olaman: 1. Yo’lda chekmaysizmi? 2. Benzinda yurasizmi? 3. Xitoy tovariz yo’qmi? 4-savol yangi qo’shildi: Ishqilib, Ozodbekning diskini qo’ymaysizmi? Ko’pincha, 4-savol mavhum qoladi. To’rtta passajirdan kamida ikkitasi “Ozodbekdan bo’siin” deydi. Majbur bo’lasiz. 5 soatlik konsert boshlanadi. Qulog’ingizni mahkam yopib olsangiz-da, kimningdir “Yashavor, Ozod”idan uyg’onib ketasiz. Eshitaverib bezor bo’lib ketgan kuylaringizdan mast bo’lib, manzildagi bekatda Давоми …

«Hind sayyohi qissasi»dan hissalar

Bugun Abdurauf Fitratning «Hind sayyohining qissasi» asarini o‘qib tugatdim. Asar asli tojik tilida yozilib, 1912 yili Istanbulda chop etilgan. O’zbek tilida ilk bor Hasan Qudratullaev tarjimasida 1991 yili «Sharq yulduzi» jurnalida bosilgan. Asarda muallif Buxoroga tashrif buyurgan hind sayyohining hikoyasi orqali o‘sha davrdagi Buxoro xonligidagi birqancha muammolarni shafqatsiz fosh etadi va ularga yechim izlaydi. Hind sayyohi duch kelgan muammolar: – Давоми …

«ХАМСА» ИНТЕРНЕТДА. «Ўзбекистон адабиёти ва санъати». 17.12.2010

«ХАМСА» ИНТЕРНЕТДА Чинакам адабиёт ихлосмандлари Алишер Навоийнинг «Хамса» асарини интернетда www.ziyouz.com маънавий портали орқали тўлиғича ўқиш имконига эга бўлди. Мазкур асарни интернетга жойлаш ишлари шу йилнинг аввалида бошланган эди. Бугунга келиб бешта достон тўлиқ шаклга келтирилди. Адабиётимиз гултожи саналган “Хамса”га у ёзилган даврдан бошлаб қизиқиш ва талаб катта бўлган. Бугунга келиб ахборот технологияларининг ривож топиши онлайн кутубхона аталмиш зиё манбаини Давоми …

Digor xalq maqollari

Digorlar ― Shimoliy Kavkaz xalqi. Osetiyada yashaydilar. Osetin etnik guruhi tarkibiga kiradi. Osetin tilining digor lahjasi osetin tili kabi hind-evropa tillari oilasining eron guruhiga kiradi. • Bo‘riga yaxshilik qilsang, seni g‘ajib tashlaydi. • Katta bo‘lak tomoqqa tiqiladi. • Stolga ortiqcha ovqat qo‘yganing bilan uning oyoqlari tolib qolmaydi. • Otangni urgan tayog‘ing kun kelib o‘g‘lingga kerak bo‘lib qoladi. • O’ng ko‘z Давоми …

Алишер Навоий «Хамса»си Интернетда!

Бугун ўзбек интернети яна бир катта манба билан бойиди. Алишер Навоийнинг «Хамса» асари илк бор онлайн оламга тўлиқ жойланди. Марҳамат азизлар, буюк шоиримизнинг маънавият гулшанидан баҳраманд бўлинг: Жами 54 минг мисрадан иборат Навоийнинг «Хамса»си 1483-1485 йилларда ёзилган бўлиб, беш достондан иборат. Улар қуйидагилар: 1. «Ҳайрат ул – аброр» («Яхши кишиларнинг ҳайратланиши»). Асар 7976 мисра (3988 байт) бўлиб, 64 боб, 20 мақолатдан Давоми …