Man yururam yona-yona,
Ishq bo‘yadi mani qona,
Olov tushdi-ku bu jona,
Qalbim misli otashxona,
Sani ishqing-la mastona
Qaniydi bo`lsam parvona,
Na oqilam, na devona,
Kel, ko‘r, mani ishq nayladi.
Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman,
Dunyoga ma’yus boqarman,
Ishq izlab qalbim qoqarman,
Na ko`lkaman, na loyqaman,
Yorimni o`ylab yig`larman,
Qonli jigarim tig’larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Yo qo`lim ol qoldir mani
Yo vaslingga qondir mani
Yo yuragim tishlab olib,
Maxluqlarga yedir mani,
Ne qilsang ham jonim manim,
Visolingga indir mani
Ko`p yig`latding, kuldir mani
Kel, ko`r mani ishq nayladi.
Majnun bo`lubon yuraman,
Sahroyu tog`lar kezaman,
Izlab sani, topolmasdan
Qonli yuragim ezaman.
Bag’rimni yerga beraman
Yorni tushimda ko`raman.
Uyg`onib malul bo`laman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Qo`shiladi yoshimga yosh,
Ne kunlarni ko`rdi bu bosh
Qaydan topay shuncha bardosh,
Nechun jimsan, ey bag’ritosh,
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
Boshginamni past ayladi.
Har nega payvast ayladi,
Qalbim ezib, pora qilib
Qiynadi, sarmast ayladi
O`ldirmakka qasd ayladi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.
Miskin Yunus bechoraman,
Boshdin oyog`i yoraman,
Do`st ko`yida ovoraman,
Yurak-bag’ri sadporaman,
Bir kun U tomon boraman
Yorimni ko`rsam zora man,
AbdulAziz, na chora man
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.