qalb

Yunus Emroga tatabbu’ – 6-she’r

Qalbim yig’lar, chekar afg’on, Ohlarimdan olam hayron, Ko’ngil uyi bo’lib vayron, Kel, ko’r, mani ishq nayladi… Nahot shuncha dardu alam, Yozay desam yurmas qalam, Bitmay desam qilar alam, Kel, ko’r, mani ishq nayladi… Tinglab turib, ohu nolam, Onam aytar, jonim bolam, Artib ko’zdan oqqan jolam, Kel, ko’r, mani ishq nayladi… Sen tutqazgan yurak qani? Meni suygan malak qani? Visolingdan darak Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 3-she’r

Noming sani jonimda ham, Qaynab oqar qonimda ham, Bo’lmasang-da, yonimda ham Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ko’nglim siniq, qomatim dol, Karashmangdan bu aqlim lol, Majnuningman, anglamam hol, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ohlarimdan titraydi Oy, Hatto Quyosh qilar dod-voy, Yerda menga qolmadi joy, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ishqingda mast, xoring manam, Ko’yingda bir zoring manam, Dard-la kuylar toring manam, Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 1-she’r

Man yururam yona-yona, Ishq bo‘yadi mani qona, Olov tushdi-ku bu jona, Qalbim misli otashxona, Sani ishqing-la mastona Qaniydi bo`lsam parvona, Na oqilam, na devona, Kel, ko‘r, mani ishq nayladi. Oqar suvlardek oqarman, Dardli yuragim yoqarman, Dunyoga ma’yus boqarman, Ishq izlab qalbim qoqarman, Na ko`lkaman, na loyqaman, Yorimni o`ylab yig`larman, Qonli jigarim tig’larman, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Yo qo`lim ol Давоми …