Seni deyman, seni faqat,
Kuydir meni, qilma shafqat,
Azobing-la qilay rohat,
Kel, ko’r mani ishq nayladi.
Boradurman vasling sari,
G’amdan to’la dil daftari,
Sendan o’zga g’alat bari,
Kel, ko’r mani ishq nayladi.
Dunyo – zindon, farog’at ne?
O’lim aniq, haqiqat ne?
Ishqing bor-ku, saodat ne?
Kel, ko’r mani ishq nayladi.
Ko’nglim siniq, peshonam sho’r,
Sevib qo’ydim, qalbim-la g’o’r
Ishqing bilan ko’zlarim ko’r,
Kel, ko’r mani ishq nayladi.
Intizorman, zoring o’zim,
Yo’llaringga tutib ko’zim,
Bajo aylab so’nggi so’zim
Kel, ko’r mani ishq nayladi.
Bu besh kunlik dunyo o’tar,
Kuni kelib ro’zi Mahshar,
Yetar bo’lsam vaslingga gar,
Kel, ko’r mani ishq nayladi.
AbdulAziz, yig’lab chunon,
Ko’z yoshingdan to’lib ummon,
Ishqing gulin ko’rganing on,
Kel, ko’r mani ishq nayladi…