AbdulAziz

Mening baxtim…

Biz albatta baxtli bo’lamiz, xudo xohlasa. Sen dunyodagi eng baxtli ayol bo’lasan. Bu qiynoqlaring, dardlaring hali barchasi unut bo’ladi… Hali to’yimizni ham ko’rasan. Dabdabani yoqtirmayman. Oddiy o’tadi to’yimiz. Do’st-yoronlarni chaqiramiz. To’kin dasturxon; mazmunli suhbatlar bo’ladi. Hamma bizga xavas qiladi. Duo qiladi, saodatimizni tilaydi. Yor-yorlar aytiladi… Keyin olib ketaman seni, o’z diyorimga. Onamning qanchalik sevinishini bilsang edi. Seni qanchalik yaxshi ko’rishini Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 5-she’r

Seni deyman, seni faqat, Kuydir meni, qilma shafqat, Azobing-la qilay rohat, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Boradurman vasling sari, G’amdan to’la dil daftari, Sendan o’zga g’alat bari, Kel, ko’r mani ishq nayladi. Dunyo – zindon, farog’at ne? O’lim aniq, haqiqat ne? Ishqing bor-ku, saodat ne? Kel, ko’r mani ishq nayladi. Ko’nglim siniq, peshonam sho’r, Sevib qo’ydim, qalbim-la g’o’r Ishqing bilan Давоми …

Yunus Emroga tatabbu’ – 3-she’r

Noming sani jonimda ham, Qaynab oqar qonimda ham, Bo’lmasang-da, yonimda ham Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ko’nglim siniq, qomatim dol, Karashmangdan bu aqlim lol, Majnuningman, anglamam hol, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ohlarimdan titraydi Oy, Hatto Quyosh qilar dod-voy, Yerda menga qolmadi joy, Kel, ko`r, mani ishq nayladi. Ishqingda mast, xoring manam, Ko’yingda bir zoring manam, Dard-la kuylar toring manam, Давоми …