ramazon

РАМАЗОН ОЙИ КЕЛДИ: УНИ ҚАНДАЙ ЎТКАЗИШ КЕРАК? “Vatandosh”. 01.07.2011

Мусулмон олами учун севимли бўлган Рамазон ойи остонасида турибмиз. Аллоҳ таоло ҳар бир соғлом ва вояга етган мусулмонга Рамазон ойида тўлиқ рўза тутишни буюрган. Рўза тутишда инсон соғлиғи учун кўп фойдалар борлиги олимлар томонидан исботланган. Масалан, америкалик олим Пол Брег эллик йиллик илмий таржибаси маҳсули ўлароқ “Мўъжизакор очлик” номли китоб ёзган. Дунёнинг кўп тилларига таржима қилинган бу китобда рўза инсон Давоми …

Xatmona

Shanba kuni mahalliy Oqmachit (Robiyaxon hoji ona) jome’ masjidida ham 12 kunlik xatmona nihoyasiga yetdi. Tumonat odam yig’ildi. Saflar juda zich bo’ldi, tor bo’ldi. Issiq mo’l bo’ldi. Ko’ylaklar terdan ivib ketdi. O’ylab qoldim: Qaniydi, terdan ho’l bo’lgan kabi kiyim-boshlarimiz Alloh uchun to’kilgan ko’z yoshdan ho’l bo’lsaa… Qori judayam chiroyli o’qidi, xatmona oxirigacha joyini tark etganlarni ko’rmadim. Xatmona so’nggida imom Rahmatulloh Давоми …

Ramazonning bir kuni

Soat 18.30. Iftorlikka 40 minutdan oshiqroq vaqt bor. Ishxonadan chiqaman. Ko’chada avtomobil harakati tezlashgan. Menga kerakli marshrutga chiqish ham o’ziga xos muammo. Nihoyat bo’shroq “Damas” keladi. Ikki shahar orasidagi postdan o’tarkan, haydovchi marshrut raqamini olib tashlaydi va xo’jako’rsinga tasmani taqib oladi. Soat 18.40. Yo’l-yo’lakay gazsuvxona, ayronxonalarda turnaqator navbatni kuzataman. Ro’zadorlar issiq kunlarda iftorlik uchun turli ichimliklarni ko’tarib ketayotganlari chanqagan nigohlarimga Давоми …

Xush keldingiz, Mohi Ramazon!

Shahri Ramazon, xush keldingiz. Qalbimizni sizga ochamiz. Bizning qalblarda ham bir mehmon bo’ling. Zora chirkin vujudimiz siz keltirgan yorug’ nur ila munavvar bo’lsa… Ey Mohi Ramazon, men sizni yaxshi eslayman. O’shanda rahmatli buvim hammamizni bir uyga yig’ib, sizning kelishingizni, xonadonimiz mehmoniga aylanishingizni kutardilar. Siz kelishingiz bilan esa o’rnilaridan turib, “Marhabo, Yo Mohi Ramazon, xush keldingiz, xush keldingiz” deya t’azim bajo Давоми …

Bizdan rozi bo’ling, Mohi Ramazon!

…Hammaning yuzida tabassum-u, lekin buvim hadeb yig’lardilar… Hayron bo’lib, ularning yonlariga bordim. Ular go’ya menga e’tibor bermas, hadeb: “Bizdan rozi bo’ling, yo mohi Ramazon, rozi bo’ling, hafa bo’lmasdan keting, ey mohi Ramazon. Sizni hurmatizi joyiga qo’yolmagan bo’ksak, bizdan rozi bo’ling. Bizdan rozi bo’ling…” – deya takrorlardilar. Bu holat odatda peshindan to asrga qadar davom etardi. Asr namozidan keyin ayollar osh Давоми …

Iftorlikdagi tomosha

Kecha bir do’stimni kutib olish uchun iftorga yaqin ko’chaga chiqdim. Do’stimni kutib oldim. Iftor payti yetdi. Yo’lda uchragan bir oshxona-kafega kirib og’iz ochmoqchi bo’ldik. Kirdik. Lekin ne ko’z bilan ko’rayki… Iftor paytida, ramazon oyida… deyarli har bir stolda odamlar, eng hayratlanganim ayollar, o’zbek ayoli, qizlar… o’zbek qizi aroq ichib o’tirishibdi… Astag’firulloh, dedim. Nahotki, hech ham o’ylamagandim. Axir Ramazon oyida-ya! Iftor Давоми …