Rashk va da’yusiyat

Kecha televizordan bir ko’rsatuvni ko’rib qoldim: bu tok-shou bo’lib, nomini “Taqdir” deb qo’yishibdi.

Ikkita jurnalist va ishtirokchilar oila hayoti haqida o’z mulohazalarini bildirishdi. 2 ta oila ham mehmon sifatida chaqirildi. Birinchi oila hammaga mashhur san’atkor oilasi (Zokirovlar), ikkinchisi militsioner er va xotin oilasi.

Shundagi ba’zi mulohazalar meni judayam hayron qoldirdi:
Jurnalist savol berdi: Sizlarning oilada kim ko’p zarda qiladi? Ikkala oilada ham ayol eng ko’p zarda qilishini, eri esa uni ko’tarishini aytdi…

Jurnalist san’atkorlar oilasiga shunday savol bilan murojaat qildi: Masalan, spektakl, kinolarda ba’zida ayolingiz boshqa erkak bilan rol ijro etishi mumkin yoki aksincha, eringiz boshqa ayol bilan rol ijro etishi mumkin. Har xil oilaviy holatlarni yoritish kerak… Rashk qilmaysizmi?
Eru xotin bir xil javobni berishdi: Yo’q, biz bunga o’rganib qolganmiz. Erning gapi: “Rashk degani qayerdadir uzooqda bordir, lekin ishga buning ahamiyati yo’q… Hayot boshqa, ish boshqa…”

Aynan shu javobni bergan san’atkorimiz “Xotiningizdan qo’rqasizmi?” degan savolga ham “Xotinidan qo’rqmaydigan erkak bormi?” deya javob bergani yana-da achinarli edi…

Menimcha, izohga o’rin yo’q.

Bundan bir yilcha avval birga ishlaydigan jurnalist akamiz, “Davron, buni qarang, mana buni bir o’qing-da”, deb “Darakchi” gazetasining bir sahifasini bergandi. O’shanda ham bir teatr-kino san’atkoriga “Xotiningiz teatr, kinoda boshqa erkak bilan quchoqlashsa rashk qilmaysizmi?” degan savolga “Yo’q, bu kino, hayot emas, rashk qilmayman” degan javobini o’qib hayratdan yoqa ushlagandim…

Endi esa odamlar mana shu da’yusligini bemalol necha millionlik tomoshabin oldida uyalmay-netmay zihor qilayapti…

26.12.2007

One thought on “Rashk va da’yusiyat

  1. Assalomu Alaykum, Davronbek aka.

    Maqolaga gap yo’q.

    Bir-ikkita juz’iy xatolar:

    Endi esa odamlar mana shu da’yusligini bemalol necha millionlik tomoshabin oldida uyalmay-netmay zihor qilayapti…

    Bu yerda yoki zohir, yoki izhor bo’lishi kerak.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *